So’nggi
02 iyun 2025
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni jadallashtirmoqda
29 may 2025
BMT Ayollar tashkilotining O‘zbekistondagi ofisini ochilishi — gender tengligi yo‘lidagi yangi bosqich
26 may 2025
Onkologiya sohasiga sarmoya: Yangi texnologiyalar kelishi bilan nimalar o'zgardi?
So’nggi
O'zbekistonda Barqaror Rivojlanish Maqsadlari



Seminarda Investitsiyalar, Sanoat va Savdo vazirligi, GIZ va UNIDO vakillari hamda boshqa xalqaro va milliy ekspertlar ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Muhokamalarning asosiy mavzulari ESP kontseptsiyasi va uning asosiy tarkibiy qismlari, siyosiy huquqiy bo‘shliqlarni tahlil qilish hamda ESPga mos keluvchi tartibga solish strategiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan edi.
Seminar kirish so‘zlari bilan boshlandi. Jumladan, Investitsiyalar, Sanoat va Savdo vazirligi vakili Uchqun Xudoyqulov o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi:
“O‘zbekiston sanoat rivojlanishida muhim bosqichda turibdi va uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash uchun ekologik sanoat prinsiplari integratsiyasi zarur. Sanoat zonalarini ekologik sanoat parklarga aylantirish resurslardan samarali foydalanishni oshirish bilan birga, global raqobatbardoshlikni kuchaytiradi hamda kelajak avlodlar uchun yashil iqtisodiyotni shakllantiradi.”
Shundan so‘ng, GIZ komponent menejeri Igor Eromenko so‘zga chiqib, quyidagilarni ta’kidladi:
“Ekologik sanoat parklari iqtisodiy o‘sishni atrof-muhitni himoya qilish bilan muvozanatlashtirish imkoniyatini beradi. Hukumat, biznes va xalqaro tashkilotlar birgalikda harakat qilib, iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiladigan, barqaror va inklyuziv kelajakni ta’minlaydigan sanoat zonalarini yaratishimiz mumkin.” UNIDO loyihasi rahbari Tatyana Chernyavskaya ham UNIDOning O‘zbekistonni barqaror sanoat rivojlanishi yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini qayd etdi:“ESP yondashuvi nafaqat sanoat o‘sishining strategiyasidir, balki u biznes, atrof-muhit va jamiyatga foyda keltiradigan barqaror tizimlarni shakllantirish uchun asosdir. UNIDO sanoat zonalarini ekologik sanoat parklarga aylantirish yo‘lida texnik yordam va ko‘nikmalarni oshirishda davom etadi.”Seminarda UNIDO xalqaro eksperti Dik van Beers ESPning afzalliklari haqida taqdimot o‘tkazdi. U boshqa davlatlardagi muvaffaqiyatli tajribalarni va yaxshi amaliyotlarni yoritib berdi hamda O‘zbekiston uchun moslashtirilishi mumkin bo‘lgan amaliy misollarni taqdim etdi. Tadbir davomida sanoat simbiozi resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyati sifatida muhokama qilindi. Xususan, korxonalar o‘rtasida materiallar, energiya va suvni birgalikda ishlatish orqali xarajatlarni va ekologik ta’sirni kamaytirish yo‘llari o‘rganildi. UNIDOning yetakchi siyosat eksperti Jan-Pol Gauthierning ma’ruzasida esa mavjud iqtisodiy zonalar, mehnat va atrof-muhit bo‘yicha qonunlarning ekologik sanoat parklari uchun yetarli emasligi, ushbu yo‘nalishda maxsus qonun-qoidalar zarur ekani ta’kidlandi.ILLP huquqiy siyosat bo‘yicha eksperti Kovshov O‘zbekiston qonunchiligi holatini tahlil qilib, ESP standartlarini qabul qilish istiqbollarini taqdim etdi. ILLP tomonidan o‘tkazilgan muhokamalarda moliyaviy, huquqiy va texnik to‘siqlarni aniqlash, shuningdek, davlat va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.Agentlikning Strategik islohotlar bo‘yicha katta mutaxassisi Muxtarov Xojiislom ekologik sanoat parklari sanoatni barqaror rivojlantirish uchun qanday ahamiyatga ega ekanini qayd etib, quyidagilarni ta’kidladi:“Ekologik sanoat parklari tashabbusi nafaqat barqaror sanoat rivojlanishiga qaratilgan muhim qadam, balki mintaqaviy iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning kuchli drayveri hamdir. Ayniqsa, ushbu loyihaning Samarqanddagi amalga oshirilishi men uchun muhim, chunki bu joy mening ota-onamning vatani hisoblanadi.”Seminarda ishtirokchilar savol-javob sessiyalarida faol ishtirok etishdi, onlayn va oflayn formatda o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, oldindan va tadbir yakunida to‘ldirilgan so‘rovnomalar orqali ishtirokchilarning ESP haqida tushunchalari va bilimlari baholandi.Seminar natijasida ishtirokchilar ESP kontseptsiyasini yanada chuqurroq o‘rgandilar. Yig‘ilgan fikrlar O‘zbekistonning qonunchilik va siyosiy asoslarini takomillashtirishga yordam beradi. UNIDO va uning hamkorlari milliy salohiyatni rivojlantirish, qonunchilikni takomillashtirish va ekologik sanoat parklarini rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilish yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi.
, filtered_html
, filtered_html


Kasallikni yengish strategiyalari bemorlar va ularning oilalari uchun muhim madad hisoblanadi
Kimyoterapiya Dianada aniqlangan o‘smalar hajmini kamaytirishga yordam berdi, ammo jiddiy, shu jumladan juda kam uchraydigan nojo‘ya ta’sirlarga, u esa jigarning jiddiy shikastlanishiga olib keldi. Biroq, bu kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘z tajribasini boshqalarga aytib berishga to‘sqinlik qilmadi. “Negaligini aniq bilmayman, ammo tashxis qo‘yilgandan keyin faolroq bo‘ldim. Hayotimni tubdan o‘zgartirgan va kasallik bilan kurashishimga yordam bergan juda ko‘p yangi mashg‘ulotlar topdim”, — deydi u. Diananing ta’kidlashicha, saraton bilan kurash nafaqat jismoniy, balki ruhiy kuch ham talab qiladi.
Uning aytishicha, ikki yosh farzandi unga kerakli ruhiy kuch topishga yordam bermoqda: “Kichigim maktabga borishni boshladi va men o‘z kasalligim undan bu qimmatli lahzalarni olib qo‘yishiga yo‘l qo‘yolmayman”.
Shu bilan birga, u aksariyat qarindoshlari uchun uning tashxisi haqidagi xabar og‘ir zarba bo‘lganini tan oladi. Ular bu kasallik keltirayotgan emotsional zararni birgalikda yengishga o‘rgandi. Diana tashxis qo‘yilganlar va ularning oila a’zolariga emotsional-psixologik yordam ko‘rsatish muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Shu munosabat bilan, u kimyoterapiya muolajasini o‘tayotgan paytdayoq psixologlikka o‘qishni boshladi. “Men ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan boshqa ayollarga o‘z qo‘rquv va qiyinchiliklari haqida ochiq gapira olishlariga yordam bermoqchiman”, — deydi u eng qiyin paytlarda o‘zgalarga kuch, umid va shifo topishga yordam berish istagini ta’kidlab.Saraton haqidagi xabardorlikni oshirish harakati faoliDiana saraton kasalligiga qarshi kurashni boshlaganida, u o‘z hikoyasini ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, avval moda va sayohatlar haqida yozgan Instagram'da bo‘lishishga qaror qildi.
U bu platformadan ayollarni ko‘krak saratoni haqida xabardorlikni oshirish va agar o‘zlarida qandaydir o‘zgarish sezsalar, tibbiy yordamga murojaat qilishga undashda foydalana boshladi.Bu faoliyat doirasida Diana stigma va keng tarqalgan yanglish fikrlar bilan kurashishga harakat qilmoqda. Ko‘pchilik hali ham saratonni asosan keksalarda uchraydigan kasallik deb hisoblaydi, lekin Diananing hikoyasi bu har kimda, yoshidan qat’iy nazar, yuz berishi mumkinligini ko‘rsatadi.
U o‘z akkauntidan foydalanib odamlarga saraton haqida gapirish hayotiy muhimligini anglab yetishlariga yordam berishga harakat qiladi, chunki muammoni aksariyat hollarda o‘rab turgan jimlikni buzish imkonini beradi.
Hamma ham Diananing chaqiriqlariga hayrixoh bo‘lishga tayyor emasdi. Sobiq obunachilarining ayrimlariga uning boshidan o‘tkazganlarini qabul qilish qiyin bo‘ldi va ular Diananing akkauntini kuzatishni to‘xtatdi.
U yaqin tanishlari bilan aloqalarni yo‘qotdi va ilgari do‘st deb hisoblaganlar qo‘llab-quvvatlashni susaytirganini sezdi. Lekin o‘zining sofdilligi va jasorati bilan yangi obunachilarni o‘ziga jalb qildi, ko‘plab do‘stlari esa Diana bilan yanada yaqinlashib, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga harakat qildi.
“Menga qo‘l uzatgan va minnatdorchilik bildirganlar, mendan yuz o‘girganlardan ancha ko‘p bo‘ldi”, — deydi u. Ko‘pchilik Diananing postlari tufayli shu mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot izlay boshlagan. “Bu meni ruhlantiradigan va olg‘a haraqat qilishga turtki beradigan narsadir”, deya qo‘shimcha qildi u. Diananing maslahatlari
“Saraton yosh, vaqt yoki joy tanlamaydi”, deya tez-tez eslatib turadi Diana o‘z obunachilariga. Uning shaxsiy yo‘li oson kechmagan, shuning uchun u barcha imkoniyatlarni ishga solib ko‘krak bezi saratoni haqidagi asosiy faktlarni yetkazishga harakat qiladi: Erta aniqlash omon qolish darajasiga ta’sir qiladi. Diana boshqa ayollarga aniq maslahatlar berib, ularni darhol harakat qilishga chaqiradi: “Ko‘kragingizni muntazam tekshiring. Agar siz shubhali narsani sezsangiz, kechikmang - darhol shifokorga murojaat qiling”.
• Ko‘krak bezi saratonining ko‘p turlar juda samarali davolanishi mumkin, ayniqsa kasallik erta bosqichda aniqlangan bo‘lsa. Diana davolanishning eng maqbul yo‘lini topishga harakat qilib, davlat va xususiy klinikalarga qatnab, qimmatli vaqtini yo‘qotdi. Bunday ssenariyning oldini olish uchun har bir onkologik bemor uchun aniq, qulay va keng qamrovli davolash yo‘nalishini ishlab chiqish kerak; Diana aynan shu fikrni mintaqadagi va undan tashqaridagi mamlakatlarga yetkazmoqchi.
• Saraton haqida ochiq gapirishdan qo‘rqmang. Ogohlikni oshirish boshqalarga kasallikni erta bosqichda aniqlash va davolashga yordam beradi. Shuningdek, u bemorlarning stigmatizatsiyasini kamaytirishga yordam beradi.
• Ruhiy va psixologik yordam nafaqat bemor, balki uning oilasi uchun ham juda muhimdir. Hech kim kasallik bilan yolg‘iz qolmasligi kerak. Qo‘llab-quvvatlash doirasi ham jismoniy, ham ruhiy tiklanish uchun juda muhimdir.
Bugungi kunda Diana saraton kasalligi bilan og‘rigan bemorlar va ularning oilalari uchun davolanish paytida ham, undan keyin ham yordam ko‘rsatish uchun reabilitatsiya markazini yaratish loyihasi ustida ishlamoqda. Davolanishdan so‘ng ko‘plab bemorlar o‘zlarini yo‘qotgandek his qiladi va ularga ko‘rsatilishi mumkin va kerak bo‘lgan yordamga muhtojdir".
Oktyabr oyi oxirida Dianaga ikki tomonlama mastektomiya qilinadi. U hammasi yaxshi bo‘lshiga umid qilmoqda va bu ko‘krak bezi saratoni haqida xabardorlik oyligida bo‘lib o‘tishini ijobiy belgi deb hisoblaydi.
“Ayni paytda men qila oladigan eng yaxshi narsa — saraton kasalligiga chalingan bemorlarning ehtiyojlari haqida gapirishni davom ettirishdir. Bu sohadagi siyosatni shakllantiruvchi shaxslar ko‘magida ko‘krak bezi saratonini oldini olish, aniqlash va davolashni yaxshilash mumkin, bu esp ko‘plab bemorlar va ularning oilalariga kasallikni yengishga yordam beradi”.
, filtered_html

Shuningdek, FAO don narxlari indeksi ham 0,9 foizga o‘sdi, bu bug‘doy va makkajo‘xori eksport narxlarining oshishiga bog‘liqligi bilan izohlangan.
Makkajo'xorining dunyo narxlari ham ko'tarildi, bunga qisman ichki talabning yuqoriligi va Braziliyadagi daryo sathining pastligi tufayli transport muammolari sabab bo'ldi. Aksincha, barcha guruch narxlari indeksi oktyabr oyida 5,6 foizga pasaydi.FAOning shakar narxlari indeksining o‘rtacha qiymati oktyabr oyida ketma-ket ikkinchi oyga o‘sib, 129,6 punktni tashkil etdi, bu sentyabr oyidagidan 3,3 punktga (2,6 foizga) yuqori; ammo baribir o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 29,6 punktga (18,6 foizga) past. Braziliyada 2024–2025 yilgi mavsumda davom etayotgan qurg‘oqchilik sharoitida ishlab chiqarish istiqbollari bo‘yicha xavotirlar saqlanib qolayotgani sababli oktyabr oyida shakar narxlari o‘sdi. Bundan tashqari, jahon bozorida neft narxlarining o‘sishi Braziliyada etanol ishlab chiqarish uchun shakarqamishni ko‘proq ishlatishga olib keldi va bu ham shakar narxlari o‘sishiga ta’sir qildi.
FAO sut mahsulotlari narxlari indeksi oktyabr oyida 1,9 foizga oshib, o'tgan yilgiga nisbatan 21,4 foizga yuqori bo'ldi. Bu o'sish asosan xalqaro miqyosda pishloq va sariyog' narxlarining oshishi bilan bog'liq bo'lsa, quruq sut narxlari pasayishda davom etdi.FAO go‘sht narxlari indeksining o‘rtacha qiymati oktyabr oyida 120,4 punktni tashkil etdi, bu sentabr oyiga nisbatan 0,3 foizga past, lekin o‘tgan yildagidan 8,4 punktga (7,5 foizga) yuqori. Eng katta pasayish cho'chqa go‘shti narxlarida kuzatildi, bu G‘arbiy Yevropada cho‘chqa go‘shtiga talabning sustligi bilan izohlanadi. Jahon parranda go'shti narxi oktyabr oyida biroz tushgan bo'lsa, qo'y go'shti narxi barqaror bo'ldi. Shu bilan birga, qoramol go'shti narxi xalqaro xaridlarning ortishi tufayli o'rtacha o'sdi.2024/25 yillarga yangilangan bashoratlar guruch va bug'doy ishlab chiqarishining ko'payishini, makkajo'xori ishlab chiqarishining esa pasayishini ko'rsatmoqda
FAO tomonidan e’lon qilingan Don taklifi va talabi bo‘yicha ma’lumotnoma va oktyabr oyi hisobotiga ko'ra, 2024 yilda global don ishlab chiqarishi o'tgan yilga nisbatan taxminan 0,4 foizga kamayib, 2 848 million tonnani tashkil qiladi, bu tarixda ikkinchi yirik natijadir.
Osiyoda ekin maydonlarining kengayishi va qulay ob-havo sharoitlari tufayli dunyo bo‘yicha bug‘doy ishlab chiqarishning o‘sishi kutilmoqda. Bu o‘sish Yevropadagi yirik ishlab chiqaruvchilarning sezilarli qisqarishini to‘ldiradi. Shu bilan birga, 2024/25 yilgi mavsumda jahon guruch ishlab chiqarishi rekord darajada 538,9 million tonnaga yetishi mumkin.
Jahon don iste'moli 2024/25 yilda 0,5 foizga o'sib, umumiy 2 857 million tonnaga yetishi kutilmoqda, bu asosan guruch va bug'doyning oziq-ovqat iste'molidagi o‘sish bilan izohlanadi. Global don zaxiralari 0,6 foizga oshib, 889 million tonnaga yetishi kutilmoqda, bunda asosan guruch zaxiralari kengayishi kutilmoqda. Bu o'sish global donning zahira-istе'mol nisbati 30,6 foizga, ya'ni so'ngi besh va o‘n yillik o‘rtacha darajalariga yaqinlashishiga olib keladi.
Don bo'yicha xalqaro savdo hajmi 485 million tonna miqdorida bashorat qilinmoqda, bu esa 2023/24 yil darajasidan 3,9 foizga pasayishini anglatadi. Jahon bo‘yicha guruch savdosi oshishi kutilmoqda, bug‘doy va yirik donlar savdosi esa kamayadi.FAO qoshidagi Qishloq xo'jaligi Bozor Ma'lumotlari Tizimi (The Agricultural Market Information System AMIS) ham juma kuni o‘zining oylik Bozor Monitori hisobotini chiqarib, muntazam tahlildan tashqari, 2007 yildan beri asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlariga eksport cheklovlari evolyutsiyasini tahlil qiluvchi yangi ma’lumotlarni taqdim etdi.45 ta mamlakat oziq-ovqat bo‘yicha tashqi yordamga muhtoj, besh mamlakat keskin oziq-ovqat xavfsizligi inqiroziga duch kelmoqda
FAOning Global Axborot va Erta Ogohlantirish Tizimi (Global Information and Early Warning System-GIEWS) tomonidan chop etilgan Hosil bashoratlari va oziq-ovqat holati (Crop Prospects and Food Situation) hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab taxminan 45 ta mamlakat oziq-ovqat bo‘yicha tashqi yordamga muhtoj deb baholangan.
Ushbu hisobotda mamlakatlardagi mavjud sharoitlar haqida ma’lumotlar berilgan. Bu mamlakatlar orasida Afrikadagi 33 mamlakat, Osiyodagi to‘qqiz mamlakat, Lotin Amerikasi va Karib dengizi mintaqasidagi ikkita mamlakat hamda Yevropadagi bitta mamlakat bor. Nizo va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar oziq-ovqat tanqisligining asosiy sabablari sifatida qayd etilgan bo‘lib, 2024 yilda G‘azo sektori, Gaiti, Mali va Sudanda aholining oziq-ovqat xavfsizligi inqiroziga duch kelishi kutilmoqda.
, filtered_html
Where we work: The UN’s programmatic interventions
The UN is implementing 0 programmatic interventions during the ongoing programme cycle. The map below displays the number of programmatic interventions per location (note that a programmatic intervention may be linked to more than one location). Click on the number on the map to get a summary description of the programmatic interventions. Programmatic interventions may be linked to the national level or specific locations/sub-national level. Note that some interventions linked to specific locations might also have components at the national level, even if they are not categorized as country-level interventions. Click on “Show location details” in the bottom right corner to view a summary table with locations, the number of programmatic interventions, and the UN entities working in those locations. For definitions of programmatic interventions, please refer to the Glossary section.