O'zbekistonda Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bo'yicha bizning faoliyatimiz

BMT Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini O'zbekistonda qanday qo'llab-quvvatlamoqda

BMT va uning O‘zbekistondagi sheriklari “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga erishish ustida ish olib bormoqda. 2030 yilgacha bo‘lgan O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi — Barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDG) amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 2030 yilgacha bo‘lgan O‘zbekistonni rivojlanish strategiyasi — Barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDG) amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi global kun tartibida qo‘yilgan vazifalarni bajarish va “Barqaror rivojlanish maqsadlari” sohasidagi 16 ta milliy maqsadga erishish uchun ko‘plab manfaatdor tomonlar ishtirokidagi sheriklikka keng qamrovli yondashuvga sodiq ekanini tasdiqladi. Barcha vazirliklarda BRM ustuvorligini ta’minlash uchun 2018-yil oktabrida hukumat 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun kun tartibini haqida qaror qabul qildi, ayni qaror BRMni milily strategiyalar va dasturlar bilan muvofiqlashtirish ishiga sodiqlikni tasdiqladi. Hukumat 16 ta milliy BRM, 125 ta vazifa va 206 ta ko‘rsatkichni ularni amalga oshirishni yengillashtirish uchun ma’qulladi.

O'zbekistonda Barqaror Rivojlanish Maqsadlari

Barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar Yer yuzida qashshoqlikka barham berish, atrof-muhit va iqlimni himoya qilish hamda dunyodagi barcha kishilar tinchlik va ravnaq topishdan bahramand bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha global miqyosda harakat qilishga da’vatdir. BMT O‘zbekistonda amalga oshirish uchun harakat qilayotgan maqsadlar: