O'zbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti

An Uzbek family having a lunch.
Rasm: © Sanobar Khudaybergenova / FAO Uzbekistan

Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi O'zbekiston 1992 yil 2 mart kuni Birlashgan millatlar tashkilotiga mustaqil suveren davlat sifatida a’zo bo'ldi. Shundan bir yil o'tib, BMT Toshkentda o'z vakolatxonasini ochdi. Ushbu vakolatxona hozirda 25 ta agentlik, jamg’arma va dasturlardan iborat bo'lib, ular mamlakatni Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda 2030 yilgacha mo'ljallangan rivojlanishning milliy ustuvor yo'nalishlariga muvofiq shakllantirishda ko'maklashmoqda.

2025 yil 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan BMT Barqaror Rivojlanish sohasidagi Hamkorlik Dasturini imzoladilar.

Yangi Hamkorlik Dasturining maqsadi — inson taraqqiyotini ilgari surish, tengsizlikni kamaytirish va jamiyatdagi har bir inson taraqqiyot samarasidan bahramand bo‘lishini ta’minlashdir. Keyingi besh yil davomida ushbu Dastur O‘zbekistonning milliy rivojlanish ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlovchi 25 ta BMT agentliklari, jamg‘armalari va dasturlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Hamkorlik Dasturida oltita asosiy yo‘nalish belgilangan:

  1. Samarali boshqaruv va adolat;
  2. Munosib turmush va ijtimoiy himoya;
  3. Sifatli sog‘liqni saqlash va farovonlik;
  4. Inklyuziv va teng imkoniyatli ta’lim;
  5. Iqlim o‘zgarishiga qarshi chora-tadbirlar va ekologik barqarorlik;
  6. Orolbo‘yi mintaqasining kompleks rivojlanishi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti kunida o‘tkazilgan imzolash marosimi BMT Nizomi qabul qilinganligining yilligi munosabati bilan o‘tkazildi hamda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik va do‘stlik aloqalarini yana bir bor tasdiqladi.

Muhim bosqichlar

O'zbekistonda Barqaror Rivojlanish Maqsadlari

Barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar Yer yuzida qashshoqlikka barham berish, atrof-muhit va iqlimni himoya qilish hamda dunyodagi barcha kishilar tinchlik va ravnaq topishdan bahramand bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha global miqyosda harakat qilishga da’vatdir. BMT O‘zbekistonda amalga oshirish uchun harakat qilayotgan maqsadlar: