Doimiy vakil idorasi
BMTning doimiy vakil idorasi BMTning mamlakatdagi jamoasini boshqaradi hamda kelishilgan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun BMT tizimini hukumat, parlament, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor bilan hamkorlik chog‘ida tamsil qiladi.
Doimiy vakil idorasi BMTning “Hamkorlik borasidagi hadli dasturi”ni (ilgarigi UNDAF) ishlab chiqish, joriy va monitoring qilish va u bo‘yicha hisob berishda hamda O‘zbekistondagi 2030-yilgacha bo‘lgan kun tartibi bilan bog‘liq barcha qo‘shma tadbirlarda doimiy muvofiqlshtiruvchini va BMTning mamlakatdagi jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi.
BMTning doimiy muvofiqlashtiruvchisi idorasi 5 ta asosiy vazifani bajaradi:
- strategik rejalashtirish;
- iqtisodiyot;
- hamkorlik va rivojlanishni moliyalash;
- ma’lumotlar va natijalarni boshqarish, hisobdorlik;
- kommunikatsiya va ma’rifiy faoliyat.
BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi
Konsuelo Vidal Bryus (Peru) 2022-yil 12-dekabrda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar Konsuelo Vidal Bryus BMTning Kubadagi doimiy koordinatori, BMTning Gondurasdagi doimiy koordinatori va BMT Taraqqiyot Dasturi rahbari (2014-2017) sifatida faoliyat yuritgan. 2012-2014 yillarda u BMT Taraqqiyot Dasturini bosh qarorgohida strategik monitoring va qo‘llab-quvvatlash guruhi rahbari bo‘lgan.
Bungacha u ikki marta – Eron Islom Respublikasida (2009-2012) va Armanistonda (2005-2009) BMTning doimiy koordinatori va BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili lavozimlarida ishlagan. Konsuelo Vidal Bryus rivojlanish sohasida boy tajribaga ega. Turli yillarda Konsuelo Vidal Bryus Shimoliy Makedoniya Respublikasida (2002-2005), Salvadorda (1988-2002) va Kosta-Rikada (1996-1998) BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek 1994-1996 yillarda, BMT Taraqqiyot dasturining Boliviyadagi ofisida rivojlanish dasturlari uchun mas'ul bo'lib, u erda Dastur xodimi/doimiy koordinator yordamchisi sifatida ishlagan. Konsuelo Vidal Bryus BMTdagi oʻz faoliyatini 1992-1994-yillarda Namibiyada BMT Taraqqiyot dasturining xodimi sifatida boshlagan.
BMT tizimida ishlashdan oldin Vidal xonim o’z mamlakati Peruda milliy neft kompaniyasi Petroleos del Peruda advokat bo‘lib ishlagan va korporativ huquq va energetika sohasi bilan bog‘liq huquqiy masalalarga mas’ul bo‘lgan (1983-1989).
Konsuelo Vidal Bryus Perudagi Katolik universitetida huquq bakalavri, Ispaniyadagi Korxonalar Institutida korporativ huquq bo‘yicha magistr va Angliyaning Sasseks universitetida fan, texnologiya va sanoatlashtirish siyosati bo‘yicha magistr darajasiga ega. U ispan, ingliz va biroz fransuz tillarida so’zlashadi.
