Janob Schodder BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining (QBOKB) Markaziy Osiyodagi vakili lavozimiga 2020-yil sentabrida kirishdi. U QBOKBda deyarli 30 yil, jumladan, BMT QBOKBning Serbiyadagi vakili (2015 – 2020), Hindistondagi BMT QBOKB missiyasi rahbarining o‘rinbosari (2012 – 2015), Suriya inqirozi vaqtida favulodda vaziyatlar bo‘yicha katta muvofiqlashtiruvchi (2014), Qirg‘izistondagi vakil (2008 – 2012), Shri-Lanka, Sudan va Ukrainada himoya bo‘yicha katta zobit (2001 – 2008), BMT QBOKBning EXHT bilan aloqalari bo‘yicha katta zobit (1996 – 2001) bo‘lib, shuningdek, Viyetnam va Honkongda dala sharoitida (1991 – 1996) ishlagan. Janob Schodder Buyuk Britaniyaning London shahridagi Sharq va va Afrika tadqiqotlari maktabini bitirgan.