Hikoya
20 noyabr 2025
Ikki yurak urib turibdi
Uning hikoyasi umid, ilm va insoniy qat'iyat bir bo’lganida har qanday qiyinchiliklarga qaramay hayot uchun kurashda g’olib chiqish to’g’risida."Ultratovush tekshiruvida shifokor bizga egizaklar bir-biriga bog'langanligini, ammo yuraklari urib turganini aytdi", deb eslaydi Zuhra opa. "Shuni bilib turib, umid juda kam bo’lsa-da, nevaralarim uchun qanday qilib kurashmasligim mumkin? Bu qizlar yashaydi dedim, va biz yutdik". Uning kelini O‘g‘iloy shoshilinch tug‘ruqni boshidan o‘tkazdi. Va mo‘jiza katta shahar kasalxonasida emas, balki Toshkent viloyatidagi Chirchiq perinatal markazida sodir bo‘ldi.Ilgari bu tibbiyot muassasasi murakkab jarrohlik amaliyotlariga tayyor emas edi. Biroq O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini keng ko‘lamli modernizatsiya qilish tufayli Chirchiq perinatal markazi yuqori darajadagi tibbiyot amaliyotlarini ham bajarishga qodir ekanligini ko‘rsatdi – siam egizaklari dunyoga keldi va ularni ajratish bo‘yicha noyob operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasidagi repatriatsiya shartnomasiga asosan amalga oshirilayotgan "Ishonch 2030" dasturi doirasida mamlakat bo‘ylab 230 ta perinatal markaz, jumladan Chirchiqdagi ham qayta jihozlandi. Ushbu shartnomaga muvofiq akusherlik va perinatal yordamni modernizatsiya qilish uchun 43,5 million dollar ajratildi. Ushbu mablag‘ infratuzilmani har tomonlama mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan xizmatlar sifatini yaxshilashga sarflanmoqda. Dastur UNICEF, UNFPA va JSSTning texnik yordamida amalga oshirilmoqda.O‘g‘iloy va uning egizaklari uchun bu haqiqiy hayotni saqlab qolgan voqea bo‘ldi. Har bir lahza juda muhim bo‘lgan jarayonda mo‘jiza ro‘y berishi uchun zamonaviy uskunalar va tibbiyot xodimlarining mahorati hal qiluvchi omil bo‘ldi."Respublika perinatal markazi professori Baxtiyor Ergashev bilan maslahatlashgandan so‘ng, biz shoshilinch kesarev uslubidagi tug‘ruqni o‘tkazib, so‘ngra egizaklarni ajratish uchun yana bir o‘ta murakkab operatsiyani amalga oshirdik", deydi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Toshkent viloyati filiali direktori doktor Doniyor Asadov. "Ushbu noyob operatsiya muvaffaqiyatli o‘tishida "Ishonch 2030" dasturi doirasida keltirilgan zamonaviy jihozlarning borligi hamda tibbiyot xodimlarini doimiy ravishda o‘qitish muhim omil bo‘ldi".Endilikda Chirchiq perinatal markazi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayotini saqlab qolish maqsadida eng murakkab muolajalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar - muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar uchun inkubatorlar, sun’iy nafas olish apparatlari, puls oksimetrlari va jarrohlik lampalari bilan jihozlangan."Ishonch 2030” dasturining o‘ziga xosligi shundaki, biz barcha viloyatlarda muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni, shu jumladan vazni 500 grammdan kam bo‘lganlarini ham parvarish qila olamiz", deya ta’kidlaydi doktor Asadov.Umid uchqunlari bo‘lgan qo‘shaloq yuraklarning tarixi kuchli iroda va professionallik ramziga aylandi. Murakkab tug‘ruqqa xos bo‘lgan xavf-xatarlarga qaramay, Chirchiqdagi kabi shinam perinatal markazlarida har kuni qil ustida turgan hayot saqlanib qoladigan mo‘jizalar sodir bo‘lmoqda. Xulq-atvorni o‘zgartirish bo‘yicha kampaniyalar homilador ayollarga o‘z vaqtida tibbiy yordam olish zarurligini eslatib, onalar va bolalar salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish madaniyatini targ‘ib qilmoqda.Bugungi kunda egizaklar o‘z uylarida, quvonch va mehrga to‘la oila bag‘rida ulg‘aymoqdalar. Egizaklar oilaning diqqat markaziga aylandilar, va butun oila a’zolari ularni parvarish qilishda O‘g‘iloy va Zuhra opaga yordam bermoqda. "Qizlarimning ahvoli juda yaxshi", deydi O‘g‘iloy. "Men ularni ko‘krak suti bilan oziqlantiryapman. Qizlarim kelgusida ularning hayotini saqlab qolganlar kabi shifokor bo‘lishlarini orzu qilaman".Bu hikoya shunchaki qutqarilgan ikkita hayot haqida emas. Bu ilm-fan, insoniylik hamda har bir urayotgan yurak yashash imkoniyatiga loyiq ekaniga ishonch haqidagi hikoyadir.