Onkologiya sohasiga sarmoya: Yangi texnologiyalar kelishi bilan nimalar o'zgardi?

«Onkologik kasalliklarning oqibatlarini davolash ularni eng dastlabki bosqichlarida davolashdan ancha murakkab», deydi Lola Zokirova, tibbiyot fanlari doktori.
Hozirgi kunda O'zbekistonda 100 000 dan ortiq onkologik bemor ro'yxatga olingan. Achinarlisi shundaki, bemorlarning yarmidan ko'pi kasallikning III yoki IV bosqichida tibbiy yordamga murojaat qiladi, bu esa jarrohlik amaliyoti, kimyoterapiya va nurlanish terapiyasini o'z ichiga olgan murakkab davolanishni talab qiladi.
Onkologik kasalliklar orasida ko'krak bezi raki mamlakatdagi ayollar orasida eng ko’p tarqalgan kasalliklardan biridir. 2022 yilda barcha yangi saraton holatlarining 14% ini tashkil etdi va ularning 45% o'lim bilan yakunlandi. «Yigirma yil oldin ko'krak bezi saratoni asosan 60 yoshdan kattaroq ayollarning kasalligi hisoblanardi. Bugungi kunda bu kasallikka chalinganlar yosharlar. Endi 20-25 yoshdagi ayollarda ham uchramoqda, — deydi shifokor Lola.

Bugungi kunda ayollar uchun xabardorlik, mustaqil tekshiruvlar va erta diagnostika — nafaqat tavsiya, balki hayotiy zaruratga aylangan. Ayniqsa, hozirda profilaktik tibbiyot har qachongidan ham ko'proq mavjud bo'lib, yangi tibbiy uskunalar O'zbekistonning barcha hududlariga o'rnatilgan.
2024-yilda O'zbekiston Respublikasi Hukumati, Islom Taraqqiyot Banki va UNOPSning hamkorlikdagi tashabbusi doirasida 14 ta shifoxona 62 million dollardan ortiq qiymatdagi 1 500 dona ilg'or tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Ushbu texnologiyalar, ularning ko'pchiligi mamlakatda birinchi marta joriy etilgan va Markaziy Osiyoda hali ham kam uchraydigan uskunalar, onkologik kasalliklarni davolashga yondashuvni o'zgartirmoqda. Shifokor Lola Zokirova bu o'zgarishlar haqida batafsil to'xtalib o'tdi.
«Bir necha yil avval mamografiya apparatlaridan foydalanish cheklangan edi — butun mamlakatda faqat bir yoki ikki apparat bo’lib, ularni faqat xususiy klinikalarda topish mumkin edi. Bugungi kunda esa har bir onkologiya va radiologiya markazining viloyat filiali mamograf bilan jihozlangan», — deydi Lola.

Shuningdek, ilgari PET-KT tekshiruvi faqat bir nechta xususiy klinikalarda amalga oshiriardi. «Uzoq kutish ro'yxatlari va cheklangan kirish imkoniyatlari tufayli ko'plab bemorlar bu tekshiruvni o'tkazish uchun chet elga borishga majbur bo'lishardi. Hozirda markazda o'rnatilgan PET-KT bepul taqdim etilmoqda, bu esa ushbu muhim diagnostik xizmatni barcha o'zbekistonlik bemorlarga taqdim etadi’’, — qo'shimcha qiladi u.
Hozirgi zamon talablariga javob beradigan, xalqaro standartlarga mos jihozlangan markazlar endi onkologik kasalliklarni davolashda kompleks va yuqori texnologik yordam ko'rsatish imkoniyatiga ega. Butun mamlakat bo'ylab 1,2 million dollar qiymatidagi 37 dona yangi ko'p funktsiyali ultratovush apparatlari o'rnatildi — bu ko'krak bezi saratonini, ayniqsa 40 yoshgacha bo'lgan ayollarda aniqlash uchun asosiy vosita hisoblanadi.

Bundan tashqari, butun mamlakat bo'ylab 2,5 million dollar qiymatidagi 12 ta raqamli mamografiya tizimi o'rnatildi, bu esa ko'krak bezi skrini sifatini sezilarli darajada yaxshiladi. Yuqori darajadagi nurlanishga ega eskirgan modellardan farqli o‘laroq, markazlarda qo‘llanilayotgan zamonaviy uskunalar xavfsiz bo‘lib, ancha yuqori sifatli tasvirlarni olish imkonini beradi.. «Bu yangi avlod mamografiyasi — ko'krak bezi vizualizatsiyasida haqiqiy inqilobdir. Ular tomosintez va vakuum yordamida biopsiya qilish imkonini beradi, bu esa hatto guruch donasidan ham kichikroq 0,5 mm o'lchamdagi o’smani juda erta bosqichda aniqlashga yordam beradi! Shuningdek, ular jarrohliksiz aniq to'qima namunalarini olish imkonini beradi, bu esa davolanishni o’smaning klinik jihatdan ko'rinadigan bo'lishidan ancha oldin boshlash imkonini beradi», — deydi Lola.
PET-KT skaneri, poytaxtda 2,3 million dollar qiymatida o'rnatilgan, zarur diagnostik vosita hisoblanadi. Bu ilg'or va kam uchraydigan uskunalar, o'simta jarayonining tarqalishini baholash, metastazlarni aniqlash va kasallikning aniq bosqichini belgilash imkonini beradi, shuningdek, eng samarali davolash strategiyasini tanlash va uning samaradorligini kuzatish imkonini yaratadi.
Endi mamlakatning har bir hududida 40 yoshdan kattaroq ayollar uchun, shu jumladan ko'krak bezi vizualizatsiyasi bo'yicha muntazam tekshiruvlar o'tkaziladi. Olingan tasvirlar Toshkentdagi markaziy tahlil markaziga yuboriladi, u yerda radiologlar ularni zamonaviy texnologiyalar yordamida tahlil qilishadi. Agar saraton alomatlari aniqlansa, bemorlar qo'shimcha tekshiruvga chaqiriladi.

Tizimdagi o'zgarishni faqat bir turdagi saraton misolida ko'rsatish mumkin. Bugungi kunda markaz onkologik kasalliklar bilan kasallangan bemorlar uchun nafaqat aniq diagnostika, balki to'liq davolash siklini, jarrohlik, kimyoterapiya va nurlanish terapiyasini ham taqdim etadi. Bularning barchasi bir joyda.
Biroq, ehtimol eng muhimi, yangi uskunalar nafaqat tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, balki ayollarning kasallikka yondashuvining o'zgartirishiga ham olib keldi. «Bu sohadagi taraqqiyot bilan men ayollarning xatti-harakatlarida haqiqiy o'zgarishni ko'ryapman. Avvallari ko'p ayollar o'z muammolarini aytishga tortingan bo’lsa, endi o’z xoxishi bilan tekshiruvlardan o'tishadi va davolanishni boshlashadi. Bu juda ko'p narsani anglatadi», — deya ta'kidlaydi Lola.
Bunday intilish — sog'liqni saqlash tizimiga bo'lgan ishonchning ortib borayotgani dalolati. Bunga yuqori sifatli texnologiyalar va xizmatlarga — bepul tibbiy yordam, erta tashxis qo‘yish hamda takomillashtirilgan tibbiyotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish tufayli erishildi. Bunga ilg‘or tibbiy uskunalarning xarid qilinishi katta ahamiyatga ega, bu esa tashhis va davolash vositalarining imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshiladi. Natijada ayollar xavf omillarini, erta aniqlashning ahamiyatini va muntazam tekshiruvlar muvaffaqiyatli davolanish imkoniyatlarini oshirishining mohiyatini chuqurroq anglashdi.