Burchlarga sodiq qolib va kelajakni o'ylab: UNOPS O’zbekistonda Butunjahon atrof-muhit kunini nishonlamoqda
Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni-dunyo bo'ylab tabiatni asrash bo'yicha xabardorlikni oshirishga va harakat qilishga undaydigan tadbirdir.
Joriy yilda UNOPS O‘zbekistonda turli tashabbus va loyihalar orqali atrof-muhitni asrashga bel bog'laganini namoyish etib, ushbu muhim kunni nishonlashda faol ishtirok etmoqda.
UNOPS O’zbekistondagi milliy laboratoriya tizimini modernizatsiya qilish orqali mamlakatning COVID-19 pandemiyasi va boshqa epidemiyalarga chidamliligini oshirish loyihasi doirasida baholash missiyasini boshlagan. Tashkilot ushbu dastur davomida nafaqat kerakli ma'lumotlarni to‘plashni, balki bu imkoniyatdan atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq harakatlarini namoyish etish uchun ham foydalanishni maqsad qilgan. Ushbu maqola UNOPS tomonidan O'zbekistonda amalga oshirilgan tashabbuslarni yoritib, ularning "yashil" kelajakni yaratishga tayyorligini namoyish etadi.
Yashil kelajak yaratish yo'lida ekologik laboratoriya loyihasi
Loyihalarning kontseptsiya bosqichidayoq UNOPS kelajakdagi rivojlanish uchun asos yaratadigan ekologik laboratoriya loyihasini tuzishga katta ahamiyat beradi. Ekologik tozalik bilan bog’liq tushunchalarni qabul qilish orqali UNOPS laboratoriya inshootlarida uglerod miqdorini kamaytiradi. Masalan, quyosh panellari kabi qayta tiklanadigan energiya manbalari energiya sarfini va chiqindilarni kamayishiga olib keladi; kam energiyali yoritish va energiya tejaydigan laboratoriya uskunalari ish samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmay, barqaror yondashuvga yordam beradi. Bundan tashqari, UNOPS tabiiy shamollatish tizimlarini targ'ib qilib, yuqori energiya iste'mol qiladigan konditsionerga bo'lgan ehtiyojni minimallashtirib, toza ichki havo sifatini ta'minlaydi.
"Aqlli bino avtomatlashtiruvi" tizimlari laboratoriyalarning funksionalligiga putur yetkazmasdan, xonada qancha odam borligiga qarab harorat, yorug'lik va ventilyatsiyani tartibga soladi va energiya sarfini optimallashtirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ushbu yondashuv nafaqat atrof-muhitga ta'sirni kamaytiradi, balki boshqalarni ham shunga o'xshash choralarni ko'rishga ilhomlantiradi va laboratoriya xodimlari uchun yanada barqaror va samarali muhitni ta'minlaydi.
Bundan tashqari, global suv tanqisligi inqirozini chuqur anglagan holda, UNOPS suvni tejash bo'yicha yechimlarni, jumladan, past oqimli kranlarni, “kulrang suv tizimlari” (oqova suvlarni qayta yo'naltirish)ni va suvdan foydalanishni kamaytirish uchun yomg'ir suvini yig'ishni faol ravishda qo'llab-quvvatlaydi.
Atrof-muhitni hisobga oluvchi xaridlar
Loyihalardagi xarid jarayoni, UNOPSning tabiatga zarar yetkazmaslik tamoyillariga to'liq amal qiladi. UNOPS laboratoriyalar uchun tibbiy asbob-uskunalarni tanlashda atrof-muhit omillarini albatta hisobga oladi. Bunda uskunaning energiya samaradorligini baholash, ishlatiladigan materiallar va ularni utilizatsiya qilish usullari kabi me'yorlar ko'rib chiqiladi. UNOPS shuningdek, barqaror va ekologik toza mahsulotlarni yetkazib beruvchilarga ustuvor ahamiyat beradi.
Bundan tashqari, o’z faoliyatida uzoq muddatli barqarorlik va samaradorlikni ta'minlash uchun UNOPS tranzaksiya faoliyatidan tashqari keng qamrovli xarid jarayonini ham tavsiya qiladi. Loyihalarning barqarorligini oshirish, moliyaviy resurslarni optimallashtirish va mahalliy imkoniyatlarni yaxshilashga qaratilgan xizmatlarni joriy etgan holda, UNOPS atrof-muhit va jamiyatga ijobiy ta'sirni maksimal darajada oshirishga intiladi. Ushbu xizmatlar barqaror rivojlanishga yaxlit yondashuvni qo'llab-quvvatlovchi, sotib olingan texnologiyani kiritish, o'rnatish, ishga tushirish, seminarlar olib borish va qabul qilish protokollarini o'z ichiga oladi.
UNOPS, shuningdek, sotib olish jarayonida ekologik toza mahsulotlardan foydalanishni targ'ib qiladi. Masalan, tabiatga zarar yetkazmaydigan mahsulot tanlash, qayta ishlangan materiallardan ishlab chiqarilgan yoki bir necha bor foydalaniladigan mahsulotlar ekologik laboratoriya loyihalariga ijobiy hissa qo'shadi. Shu sababli, UNOPS yetkazib beruvchilarni o'z mahsulotlarining ekologik atributlari, masalan, ekologik manbalari uchun sertifikatlari yoki eko-yorliqlari haqida ma'lumot berishni talab qiladi.
Xavfsizlik va ekologiklikni teng tutish: Bir martalik laboratoriya jihozlari
Atrof-muhitni asrashga sodiqligini yana bir bor ta'kidlab, UNOPS ko'p marta ishlatiladigan laboratoriya jihozlaridan bir martalik foydalanishga o'tishni tavsiya qiladi. Bu o'zgarish bir qarashda ekologik bo'lib ko'rinmasligi mumkin. Boshqa tomondan esa qayta foydalaniladigan laboratoriya jihozlarini takror ishga tushirish, xodimlar salomatligini ko’zda tutib rejalashtirish, ongli ravishda bajarish va jiddiy xavflarni nazorat qilish kabilarni talab etadi. Bu dastlabki tozalash, zararsizlantirish, chayish, dezinfektsiyalash va sterilizatsiyadan iborat bir qator bosqichlarni o'z ichiga oladi, va afsuski, ko'p miqdordagi suv va kimyoviy moddalarni sarflab atrof-muhitga zarar yetkazadi. Bundan tashqari, bu xodimlar salomatligini xavf ostiga qo'yadi. Bir martalik jihozlariga o'tib, laboratoriyalar kimyoviy moddalar va suv sarfini sezilarli darajada kamaytirish orqali atrof-muhitga ta'sirini minimallashtirishi va xodimlar salomatligini himoya qilishi mumkin. Shu sababli UNOPS ifloslanish xavfi va atrof-muhitni muhofaza qilish o'rtasidagi muvozanatni hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy asoslash paytida ongli qarorlar qabul qilish muhimligini ta'kidlaydi.
Suvdan samarali foydalanishni targ'ib qilish, ekologik laboratoriya jihozlarini tanlash, "yashil" xaridlarni birinchi o'ringa qo'yish va ekologik laboratoriya loyihasini qabul qilish kabi ekologik toza chora-tadbirlarni oldinga surgan holda, UNOPS nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishga sodiqligini namoyish etadi, balki yashil kelajakka yo'l ochadi chunki barqarorlik va samaradorlik yonma-yon yuradi. Shunday qilib, Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlayotgan UNOPS O'zbekistondagi tashabbuslari orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga kirishganini yana bir bor tasdiqlaydi.