Ekin ekishda samaradorlikni oshirish: Organik dehqonchilikning yangi usullari
11 sentabr 2020
Qoraqalpog'istonning shimoliy hududlari qishloq xo’jaligida yuzaga keladigan asosiy qiyinchiliklar tuproqdagi organik moddalarning kamayishi va qurg’oqchilik bi
Unda o’n nafar ayol qatnashib, ular ekinlarni qo’lda ekish, organik o’g’itlar bilan tuproqni qayta tiklash va quruq yerlarni tomchilab sug’orish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’ldilar. Seminarda so’z ketgan amaliyotlarning barchasi ''Qoraqalpog'istonning shimoliy hududlari uy xo'jaliklari yerlarida organik dehqonchilikni qo'llash'' deya nomlangan nashrda batafsil bayon qilingan bo’lib, uning nusxalari seminar qatnashchilari orasida tarqatib berildi.
Iqlimni barqarorlashtirish loyihasi teskari osmos tizimidan foydalangan holda ushbu muammoga barham berishga qaratilgan bo’lib, ekin maydonlariga har soatda 6 kub metr tuzsizlangan suv yetkazib beradi va tomchilab sug’orish tizimida qo’l keladi. Bunday infratuzilmani organik dehqonchilikning ilg’or tajribalarini joriy etish uchun qo’llaniladigan amaliy mashg’ulotlar bilan to’ldirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’quv tadbiri davomida trening ishtirokchilari organik o’g’itlardan foydalanish va tomchilab sug’orish tizimlarini qo’llash usullari bilan tanishishdan tashqari, ekinlarni qo’lda ekish vositalaridan foydalanishni ham o’rgandilar. Bu kabi texnika ishtirokini minimal talab qiladigan usullar ishonchli hisoblanadi, ular orqali har kuni 20-30 gektar maydonga turli ekinlar ekish mumkin. Bundan tashqari, ekin ekish jarayonida hisob-kitoblardagi aniqlik sabab urug’ uchun harajatlar va mehnat sezilarli darajada kamayadi.
Trening davomida piyoz ko’chatlari ekilib, oldindan tayyorlab qo’yilgan kompost bilan tizma sirtlarini mulchalash ko’rsatib berildi. Ushbu ekilgan ekin mahsulotlari tahminan 40 million so’m qiymatga ega 20 tonna piyoz hosil berishi kutilyapti. Bu usul mahsulot yetishtirishda iqlimga qaramlilikni kamaytirish bilan bir qatorda tejamkorligi bilan ham ko’pchilikka ma’qul keladi.
O’quv mashg’ulotidan so’ng qo’lda ekin ekish vositalari Ko’k Suv ovulidagi ayollarga hadya qilinadi. Bundan 500 dan ortiq oila vakillari manfaat ko’rishi mumkin.
BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar
BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi
Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar