Press-reliz

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni jadallashtirmoqda

02 iyun 2025

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni jadallashtirar ekan, mamlakat sharoitiga moslashtirilgan sog’liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrovni ta’minlash yo’lida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish bo‘yicha yuqori darajadagi siyosiy muloqot va JSSTning Barselona kursi o‘tkaziladi.

Mazkur tadbir Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ) nomidan Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ O‘zbekiston va GIZ Backup Health) tomonidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. GIZ BACKUP Health O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordamini Shveysariya hukumati mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.

O‘zbekiston  barcha aholi uchun moliyaviy qiyinchiliklarsiz sog‘liqni saqlash xizmatlarini ta’minlash bo‘yicha islohotlarni jadal sur’atlarda amalga oshirmoqda. 2021-yildan boshlab mamlakatimizning Sirdaryo viloyatida an’anaviy bandma-bandbyudjetlashtirishdan sog‘liqni saqlash xizmatlarini strategik xarid qilishlashga qaratilgan davlat tomonidan moliyalashtirilgan tibbiy sug‘urta tizimi sinovdan o‘tkazildi. Prezidentning 2024-yilda imzolangan 311-sonli farmoni milliy miqyosda tibbiy sug‘urta islohotlarini kengaytirishga zamin yaratdi va bu islohotlar 2027-yilgacha to‘liq amalga oshirilishi kutilmoqda.

"Bizning maqsadimiz - avvalo insonlarga xizmat ko‘rsatadigan, har bir fuqaro uchun sifatli, arzon va qulay tibbiy xizmatlarni taqdim etadigan sog‘liqni saqlash tizimini yaratishdir," dedi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Farhodjon Tashpulatov. "Bu islohotlar ulkan va murakkab, ammo zarur. Hamkorlarimiz ko‘magida biz sog‘liqni saqlashning umumiy qamrovini ta’minlaydigan tizimni yaratmoqdamiz."

 

2-iyun | Yuqori darajadagi siyosiy muloqot 

Muloqotda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi (DTSJ), DTSJning hududiy bo‘linmalari, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari va rivojlanish bo‘yicha hamkorlardan iborat qaror qabul qiluvchi shaxslar ishtirok etadi.  Siyosiy muloqotning maqsadi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlardan  olingan yutuqlar va saboqlarni baholashdan iborat. Shuningdek, u kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, tarmoqlararo hamkorlikni rivojlantirish va islohotlarning barqaror hamda muvofiqlashtirilgan bo’lishini ta’minlash bo‘yicha amaliy qadamlarni kelishib olish uchun platforma vazifasini bajaradi.

"Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni o‘zgartirish O‘zbekistonning keng ko‘lamli iqtisodiy modernizatsiyasining bir qismidir," dedi Iqtisodiyot va moliya vaziri o’rinbosari Otabek Fozilkarimov.

"Biz sog‘liqni saqlashni xarajat sifatida emas, balki kelajakka sarmoya sifatida ko‘ramiz - bu oqilona, strategik rejalashtirish va tarmoqlararo hamkorlikni talab qiladi."

"Har bir inson - qayerda yashashi va daromadi qanday bo‘lishidan qat’i nazar - moliyaviy qiyinchiliklarsiz tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O‘zbekistonning sog‘liqni saqlashni isloh qilishga sodiqligi sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrov (UHC) erishish yo‘lidagi muhim qadamdir", - dedi JSSTning O‘zbekistondagi vakili, doktor Asheena Khalakdina. "Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishga sarmoya kiritish va birlamchi tibbiy xizmatga ustuvor ahamiyat berish orqali mamlakat barcha uchun xizmat ko‘rsatadigan va hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaydigan yanada adolatli tizimga asos solmoqda."

2-5-iyun | Sog‘liqni saqlash xzmatlari bilan umumiy qamrovga erishish  uchun sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish bo‘yicha JSST Barselona kursi 

Siyosiy muloqotdan so‘ng, JSSTning Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrovga erishish uchun sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish bo‘yicha Barselona kursi boshlanadi va unda milliy hamda mintaqaviy sog‘liqni saqlash organlaridan 50 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi. O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan to‘rt kunlik treningda quyidagi asosiy mavzularga e’tibor qaratiladi:

 • Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish islohotlarini sog‘liqni saqlash va rivojlanishning keng qamrovli maqsadlariga muvofiqlashtirish,

 • Moliyaviy himoya va xizmatlardan foydalanishni yaxshilash,

 • Strategik xaridlar orqali xizmat ko‘rsatuvchilarga to‘lovlarni amalga oshirish uchun aqlli va ko‘proq ma’lumotlarga asoslangan mexanizmlar,

 • Sog‘liqni saqlash mablag‘larini samarali safarbar etish va jamlash.

JSSTning Barselonadagi sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish byurosi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu kurs JSST Yevropa mintaqasi bo‘ylab 1000 dan ortiq siyosatchilarni o‘qitgan. Toshkentda o‘tkaziladigan mazkur trening manfaatdor tomonlarga moliyalashtirishdagi bo‘shliqlarni aniqlash, ma’lumotlarni baholash va vaziyatga mos siyosiy yechimlarni ishlab chiqishga ko‘maklashish orqali davom etayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kursda hayotiy misollar, guruh ishlari va ma’lumotlar tahlili orqali ishtirokchilarga jahon tajribasini o‘rganish va O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitiga mos yechimlarni topishga yordam beriladi.

"Ushbu o‘quv kursi O‘zbekistonning islohotlar yo‘lidagi muhim bosqichidir va biz hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaydigan tizimni yaratishda mamlakatni qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanamiz," deya ta’kidladi Korneliya Bekker, sog‘liqni saqlash portfeli menejeri, GIZ O‘zbekiston.

Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi iqtibosi:

"Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi uchun ushbu trening o‘z vazifamizni bajarish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va tizimlarni shakllantirishda juda muhim ahamiyatga ega," dedi Davlat tibbiy sug‘urta jamg’armasining ijrochi direktori Zoxid Ermatov

"Sog‘liqni saqlash xizmatlarida katta rolni oz zimmamizga olganimiz sababli, xodimlarimizning xalqaro bilim va vositalar bilan ta’minlangani juda muhimdir. Bu bizga sog‘liqni saqlash xizmatlarini adolatli, shaffof va samarali taqsimlashni ta’minlashga yordam beradi - natijada butun O‘zbekiston aholisi kerakli paytda o‘ziga zarur tibbiy yordamni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi."

O‘zbekiston islohotlar yo‘lini davom ettirar ekan, JSST va uning hamkorlari texnik ko‘rsatmalar berish, jahonning ilg‘or tajribalarini ulashish hamda har bir inson - daromadi va yashash joyidan qat’i nazar - o‘zi uchun zarur bo‘lgan tibbiy yordamni olishi mumkin bo‘lgan kelajakni qurish yo‘lida o‘z yordamini ko‘rsatishda davom etadi.

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

JSST
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar