Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer nutqi: Xalqaro onlayn konferensiya: "Orolga hayot bag'ishlang"
04 noyabr 2020
BMTning O'zbekistondagi jamoasi nomidan men ushbu konferensiyada taniqli jamoat vakillari bilan birgalikda ishtirok etishdan xursandman.
Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi jamoasi hukumatning Orol dengiziga yangi hayot baxsh etish, shu asosda Orol dengizi mintaqasiga ijobiy ta’sir ko'rsatish va barqaror rivojlanishni tezlashtirish harakatlarini qo'llab-quvvatlashdan mamnun.
Xonimlar va janoblar!
Bugungi tadbir o’zaro muloqot haqida. Belgilagan asosiy maqsadimiz – bu butun dunyo bo'ylab hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, xayriya jamg'armalari, ekologlar, olimlar va bu ishlarga aloqador barchani birlashtirish, Orol fojiasi haqida umumjahon xabardorligini oshirish, ijtimoiy axborot vositalarida "Orolga hayot bag'ishlang" tashviqotini olib borishdir.
Bizning Strategik aloqa mutaxassisimiz Melissa Fleming hamdardlik harakatini rag'batlantirish uchun insoniy hikoyalarni aytib berish kuchi haqida doim eslatib turadi. Shu asosda biz Orol dengizi inqiroziga turli insonlar hikoyalari orqali yondashishimiz mumkin.
Sizlarga bir nechta holatlarni tasvirlab berish va har biri haqida qisqacha ma'lumot taqdim etishga ijozat bergaysiz.
Birlashgan millatlar tashkiloti uchun ham aytilishi lozim bo'lgan bir hikoya bor. Bu insonlar manfaati uchun sheriklikni yo'lga qo'yish, hukumat va jamoalar bilan ishlash haqidadir. Hukumatning, xalqaro sheriklarning va eng muhimi mahalliy aholining Orol dengizi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash uchun inson xavfsizligi inqirozini hal qilishdagi sa'y-harakatlarini ishga solish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun hamkorlik qilish juda muhimdir. Mahalliy jamoalar bilan ishlashning yangi usullaridan foydalanib, Orolga hayot baxsh etishga yordam beradigan saboqlarni ko'rsatish lozim.
Bu hamkorlik Prezidentning 2018 yil BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasida ilgari surgan Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha ko'psheriklik trast jamg'armasini tashkil etish to'g'risidagi qaroriga sabab bo'ldi. Biz bundan mamnunmiz hamda Birlashgan millatlar tashkiloti oilasi mahalliy hamjamiyatlar va milliy sheriklar bilan hamkorlikda bu qarashlarni amalga oshiradi.
O'tgan 3 yil ichida BMT vakolatxonasi New York Times, Al Jazeera English, CGTN, Russia 24, VOA kabi qator nomdor ommaviy axborot agentliklariga BMTning mintaqadagi dasturlariga tashrif buyurib, voqeani yoritishga yordam berdi. Bugungi tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari Orol dengizi hududini yoritishda hal qiluvchi rol o'ynashini, ularga sayohat qilish va o'z faoliyatini amalga oshirishga imkoniyat berayotganini ko'rsatadi.
Xulosa qilib quyidagi ikkita fikrni aytishga ijozat bergaysiz:
Birinchidan, dengiz yo'qlikka yuz tutdi, lekin odamlar - ularning umidlari va orzulari - yo'qolgani yo’q. Biz bu holga inson ko'zlari bilan boqib, unga shu nuqtai nazardan yondoshishimiz zarur.
Ikkinchidan, Orol dengizida hammamizning ulushimiz bor. Shunga ko'ra, hikoyalar va ijtimoiy tarmoqlarning kuchidan foydalanib, Orol dengizi falokati, uni tiklashda hamkorlikning zarurligi haqida barchaga yetkazaylik, tajriba almashib, qarashlarimizni birlashtiraylik. Mo’ynoqlik Manzura kabi biz ham o’zgarishlarga hissa qo'shishimiz lozim.