M. Abdoulaye Mar Dieyening Orol dengizi konferensiyasidagi nutqi
01 noyabr 2019
I am delighted to be here in Uzbekistan, the “Cradle of Sciences and Islamic Thought”.
Hurmatli delegatlar, xonimlar va janoblar!
Bugun ushbu dargohda turib, Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadislari keng yoyilishida, hadisshunoslik ilmining rivoj topishida ulkan hissa qo’shgan al-Buxoriy va at-Termiziy ruhini his qilyapman.
Bugun bu dargohda Kalomning yirik namoyondalari bo'lgan Abu al-Mu'in al-Nasafiy va AbuMansur al-Moturidiyning "so'z ilmi" donoligini his qilyapman.
Bugun men bu dargohda Umar Xayyom, Abu Ali ibn Sino, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, AbuNasr Forobiy va Ulug'bekning falsafa, matematika va astronomiya bo'yicha kashfiyotlari vaizlanishlari ilhomini qalban tuyyapman.
Bu bilan O'zbekiston o'zining "Sehrli sharq timsoli" nomiga to'liq mos ekanligiga guvohbo’lmoqdaman.
Orol dengizi muammosi bo'yicha ushbu konferensiya "Yashirin san'at" qo'riqchisi – Nukusshahrida bo'lib o'tayotganligidan juda xursandman. Konferensiya ishtirokchilari ushbu maskansehridan ilhomlanmoqda, deb o’ylayman.
Xonimlar va janoblar!
O'zbekiston hukumati tomonidan Orol dengizi mintaqasiga yangidan katta e’tibor berilishini ko'rishinsonga umid baxsh etadi. Bu holat mamlakatning 2035 yilgacha bo’lgan rivojlanish strategiyasida ham muhim o'rin tutadi.
Barqaror rivojlanish bo'yicha 2030 yilgacha mo’ljallangan dasturning muhim tarkibiy qismi bu hech bir insonni e’tibordan chetda qoldirmaslik prinsipidir. Bu jihatdan Qoraqalpog'iston xalqi O'zbekistonning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.
Hukumatning ushbu tashabbuslarini kecha Mo'ynoqda amalda kuzatdik – yirik investitsiya loyihalari allaqachon boshlangan.
Inson sog'lig'iga zararlarni kamaytirish, chang bo'ronlari va degradatsiyaning oldini olish maqsadida qurigan dengiz tubi va atrofida yirik o'rmonlar barpo etish va yerlarni tiklash bo'yicha turli dasturlar amalga oshirilmoqda.
Ekologik va suv tizimlarni qisman tiklash, mintaqada suv ta'minotini yaxshilash uchun to'g'onlarga sarmoya kiritish orqali kichik ko'llar tizimi ishlab chiqilmoqda.
Kelgusi yilgacha O'zbekiston hukumati Orol dengizida barqaror rivojlanishga ko'maklashish uchun xalqaro hamjamiyatni jonlantirish maqsadida BMT Bosh assambleyasida qabul qilinishi mumkin bo'lgan tashabbusni ilgari surmoqda.
2017 yildan beri faoliyat ko’rsatayotgan BMT huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi BMT hamkorlari, O’zbekiston hukumati, Norvegiya va ularning safiga tez orada qo’shiladigan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalshtiriladi.
Maqsad hukumatlar bilan birgalikda eski muammolarga yangi usullardan foydalangan holda yechim topish.
Ushbu tamoyil Orol dengizi mintaqasini "ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarning yaxlit zonasi" ga aylantirish konsepsiyasida ham juda muhim o’rin tutadi. BMTTD ushbu konsepsiyani kuchaytirish va imkoniyatlarni kengaytirish uchun O’zbekiston hukumatini qo'llab-quvvatlab kelmoqda.
Orol dengizi hududining keskin qisqarishi mintaqadagi ekologik muvozanatni izdan chiqardi: yog'ingarchilik kamaydi, qurg'oqchilik ko'paydi, ekotizim yomonlashdi va ekinlar hosildorligi keskin pasayib ketdi. Ko'plab odamlar tirikchiligi qishloq xo'jaligiga bog'liqligini hisobga olsak, orolning qurishi daromad qisqarishi va qashshoqlik ortishiga kuchli ta'sir ko'rsatdi hamda yoshlar migratsiyasining kuchayishiga olib keldi. Biologik xilma-xillik ham katta zarar ko’rdi – odamlar va boshqa ko'plab tirik mavjudotlar uchun ham yashash sharoiti o'ta og'ir bo'lib qoldi.
BMTTD ushbu murakkab muammolarni hal qilishda O’zbekiston hukumatini tizimli loyihalash, ma'lumotlar va tahlillar, muqobil moliyalashtirish, ilm-fan va innovatsiyalar hamda yaxlit harakat dasturini o’z ichiga olgan kompleks yondashuvni qo'llagan holda qo'llab-quvvatlamoqda.
So'nggi ikki oy ichida BMTTD suv va qishloq xo'jaligini yaxshilash, chekka joylarda taraqqiyotni yuksaltirish, iqlim o'zgarishiga moslashish, iqtisodiyot va savdo sohalarini rivojlantirish bo'yicha turli soha vakillaridan iborat guruhlarni qamrab oluvchi ikkita missiyani safarbar qildi. BMTTD hukumat bilan birgalikda Orol dengizi inqirozini kompleks hal qilish yo'lidagi ba'zi to'siqlarni, oldingi urinishlardagi cheklovlar qanday bo'lganligini va qanday saboqlar olinishi mumkinligini o'rganmoqda.
Shuningdek, bu tashabbus mehnat bozorlari, iqtisodiyot va savdo sohasida yangi, innovatsion siyosatni o'rganishni anglatadi.
Bu tadbir taraqqiyot banklari va donorlarning qo’shma sa'y-harakatlarini ta'minlash uchun birlashtiruv platformasining osonlashtirilishini ham anglatadi.
Ishonchim komilki, ushbu konferensiya natijalari Orol dengizi atrofidagi murakkab vaziyatni hal qilishda bizning birgalikdagi harakatlarimizni yanada kuchaytiradi va qo'shimcha turtki beradi.
Muvaffaqiyatga erishish mumkin, bu quyidagi satrlarda ham o’z aksini topgan:
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
E'tiboringiz uchun rahmat!
Nutqning muallifi
Abdoulaye Mar Dieye
UN Assistant Secretary General and Special Advisor to the UNDP Administrator