O'zbekistonda Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish uchun umumiy joriy etish, jadallashtirish va siyosatni qo'llab-quvvatlash (MAPS)
O'zbekistonning 2017-2021 yillardagi Milliy Harakatlar strategiyasida ko'rsatilganidek, BRMlarni milliy ehtiyojlarga moslashtirishga bo'lgan katta qiziqishi va sadoqati to'g'risida guvohlik berish uchun O'zbekiston xukumati 2018 yil aprel oyida MAPS missiyasini Toshkentga taklif qildi. MAPS missiyasining vazifasiga quyidagilar kirdi: (1) BRMlarning O'zbekistonning milliy sharoitlariga moslashishi va ularning O'zbekistonning milliy rivojlanish jarayonlari bilan muvofiqligi; (2) BRMni tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash; (3) BRMni moliyalashtirish imkoniyatlarini aniqlash; va (4) BRMni monitoring qilish va baholash (M&E) milliy doirasini yaratish.
Ushbu hisobotda MAPS missiyasi guruhining Toshkentdagi 27 ta milliy muassasa, shu jumladan vazirliklar, parlament, Oliy sud, Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz, taqqiqot markazlari, xalqaro rivojlanish bo'yicha sheriklar, nodavlat tashkilotlar va yoshlar, hamda BMTning mamlakat jamoasi bilan yuqori darajadagi aloqala va munosabatlar asosida topilgan xulosalar aks ettirilgan. U asosiy missiya oldidan olib boriladigan keng miqyosli tayyorgarlik ishlariga hamda ushbu hisobotda MAPS missiyasida ishtirok etuvchi idoralar va tashkilotlarning ixtisoslashtirilgan ekspertizalaridan foydalanilgan batafsil izlanishlarga asoslanadi.