Press-reliz

Andijonda “Barqaror taraqqiyot” mavzusida muloqot

14 dekabr 2022

Barqaror Rivojlanish Maqsadlari qashshoqlikka barham berish, sayyoramiz atrof-muhiti va iqlimini muhofaza qilish hamda butun dunyodagi insonlar tinchlik va farovonlikdan bahramand bo‘lishlarini ta’minlash uchun global harakatlarga chaqiriqdir.

 

 

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi "Yuksalish" umummilliy harakati  bilan hamkorlikda Andijon davlat universiteti talabalari va Andijon viloyatida shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan “Barqaror taraqqiyot” mavzusida muloqot o‘tkazdi.

Rasm: © BMT axborot markazi

Muloqotda ta’lim sifati, tengsizliklarga barham berish, inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlash yuzasidan fikrlar almashildi. Ishtirokchilar, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlarini samarali amalga oshirish uchun jamiyatning barcha bo‘g‘inlari – yoshlar, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarini safarbar etish zarurligini ta'kidlab o’tishdi.

Rasm: © BMT axborot markazi

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

DVI
Doimiy Vakil Idorasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar