Andijonda “Barqaror taraqqiyot” mavzusida muloqot
14 December 2022
Barqaror Rivojlanish Maqsadlari qashshoqlikka barham berish, sayyoramiz atrof-muhiti va iqlimini muhofaza qilish hamda butun dunyodagi insonlar tinchlik va farovonlikdan bahramand bo‘lishlarini ta’minlash uchun global harakatlarga chaqiriqdir.
BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi "Yuksalish" umummilliy harakati bilan hamkorlikda Andijon davlat universiteti talabalari va Andijon viloyatida shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan “Barqaror taraqqiyot” mavzusida muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda ta’lim sifati, tengsizliklarga barham berish, inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlash yuzasidan fikrlar almashildi. Ishtirokchilar, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlarini samarali amalga oshirish uchun jamiyatning barcha bo‘g‘inlari – yoshlar, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarini safarbar etish zarurligini ta'kidlab o’tishdi.