Global yashil o‘sish instituti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Harakatlar to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzolashdi
31 mart 2022
Global yashil o‘sish institutining (GGGI) O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi idorasi BMTning barqaror rivojlanish bo'yicha Hamkorlik Dasturi doirasidagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) erishishga hissa qo'shish bo’yicha Harakatlar to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyaniimzoladilar.
Ikki tomonning umumiy maqsadi Orolbo’yi mintaqasida ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatlar bilan bog‘liq Inson xavfsizligi masalalarini faol hal etish orqali BRMga erishishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategik hamkorlikdir. Orolbo’yi mintaqasini rivojlanishini muvofiqlashtirishni amalga oshirish platformasi boʻlgan BMT shafeligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasi (Trast jamg'arma) orqali BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi idorasi va Global yashil o‘sish instituti COVID-19-dan keyingi davrda iqlim o'zgarishini tiklash va chidamlilik bo'yicha, ayniqsa umumiy manfaatlarning asosiy kesishgan sohalari bilan birgalikda, muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilgan.
BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi idorasi va Global yashil o‘sish instituti Orolbo’yi mintaqasidagi mavjud muammolarning kompleks yechimlarini ilgari surish uchun hukumat, rivojlanish bo'yicha hamkorlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va ilmiy doiralarni birlashtirishni qo'llab-quvvatlaydi.
Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakili Aron Rassel: "Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan yangi hamkorlik dasturni amalga oshirish va uni hamkorlar bilan muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish, ma'lumot va bilim almashish, shuningdek, Orolbo'yi mintaqasini barqaror rivojlanishi uchun hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkonini beradi" deya takidladi.
BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana o‘z nutqida rivojlanish bo‘yicha yangi hamkor – Global yashil o‘sish institutini samimiy qutladi va BMT Bosh kotibining "biz tengsizlik, adolatsizlik va Yer yuzidagi shafqatsiz hukmronlikning eski me'yorlariga qaytolmaymiz” degan bayonotini alohida ta'kidladi. “Orolbo’yi mintaqasi uchun biz xavfsizroq, yanada barqaror va adolatli yo'lga qadam qo'yishimiz kerak. Shuning uchun men O'zbekistondagi rivojlanish bo'yicha hamkorlarni zudlik bilan va umid bilan harakat qilishga chaqiraman"dedi Roli Astxana xonim.
Malumot uchun:
Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2022 yilning fevral oyida rasmiy ravishda ochildi. Uning vazifasi O'zbekistonning ekologik barqaror iqtisodiy o'sishini yashil o'sish loyihalari orqali qo'llab-quvvatlashdan iborat bo'lib, hukumatning milliy va mahalliy rivojlanish sohasidagi tashabbuslariga boshqa rivojlanish hamkorlari bilan hamkorlikga tayanadi.
O'zbekiston 1992 yilning 2 mart kuni BMTga mustaqil suveren davlat sifatida a’zo bo'ldi. Kelasi yili Toshkentda BMT o'z vakolatxonasini ochdi. BMTning O‘zbekistondagi Mamlakat jamoasi hozirda 25 ta agentlik, jamg’arma va dasturlardan iborat bo'lib, ular mamlakatni Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda 2030 yilgacha mo'ljallangan rivojlanishning milliy ustuvor yo'nalishlariga muvofiq shakllantirishda ko'maklashmoqda.
BMT shafeligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik Trast jamg'armasi
2018 yilda BMT shafeligida tashkil etilgan Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik Trast jamg'armasi Orolbo‘yi mintaqasida istiqomat qiluvchi hamjamiyatlarning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hal qilishda milliy va xalqaro darajada hamkorlikni amalga oshirish va barqaror rivojlanish sohasida global maqsadlarga erishish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni tezlashtirish uchun yagona platformani taqdim etadi.