Loyiha takliflarini taqdim etish bo'yicha Uchinchi tanlov e'lon qilindi
25 dekabr 2021
BMT shafeligida Orolboʼyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʼyicha koʼp tomonlama sheriklik trast jamgʼarmasi (Trast jamgʼarma) loyiha takliflarini taqdim etish boʼyicha uchinchi tanlov boshlanganini mamnuniyat bilan eʼlon qiladi.
Trast jamgʼarmasi haqida qisqacha maʼlumot
BMT shafeligida Orolboʼyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʼyicha koʼp tomonlama sheriklik trast jamgʼarmasi 2018 yilning 27 noyabrida BMT Bosh Аssambleyasining 73-sessiyasida taqdimoti oʼtkazilgan va rasmiy ravishda faoliyatini boshlagan. Trast jamgʼarmasi Inson xavfsizligi kontseptsiyasiga asoslangan majmuaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va donorlar hamjamiyati resurslarini safarbar etishning yagona noyob platformasi boʼlib xizmat qiladi hamda hukumatning Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha Orolboʼyi mintaqasida olib borayotgan saʼy-harakatlarini toʼldiradi.

Trast jamgʼarmasining dasturiy strategiyasi
Trast jamgʼarmasining dasturiy yoʼnalishlari Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha mavjud milliy va BMTning saʼy-harakatlarini toʼldiradi. Loyiha takliflari Jamgʼarma dasturiy strategiyasining quyidagi bir yoki bir nechta yoʼnalishiga hissa qoʼshishi lozim:
- Ekologik xavfsizlikni taʼminlash.
- Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash.
- Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash.
- Sogʼliqni saqlash sohasida xavfsizlikni taʼminlash.
- Ijtimoiy xavfsizlikni taʼminlash.
Loyiha takliflarini uchinchi qabul qilish doirasidagi ustuvor yoʼnalishlar
Trast jamgʼarmasi Boshqaruv kengashining 2021 yil 23 dekabrdagi qaroriga muvofiq, «Yoshlar bandligi va innovatsiyalar, Sogʼliqni saqlash sohasida xavfsizlikni taʼminlash va Yashil oʼsish» ustuvor yoʼnalishlari Uchinchi loyiha takliflari tanlovining asosiy yoʼnalishlari boʼladi.
Qaysi tashkilotlar loyiha takliflarini taqdim etish huquqiga ega?
BMTning jamgʼarma faoliyatida ishtirok etuvchi tashkilotlari (BMTTD, BMTAJ, YUNISEF, YUNESKO, BMT NJQKB, FАO va JSST) loyiha takliflarini taqdim etish huquqiga ega. BMTning jamgʼarma faoliyatida ishtirok etuvchi tashkilotlariga milliy va xalqaro hamkor tashkilotlar (masalan, davlat idoralari, mahalliy hokimiyat organlari, xalqaro va mahalliy NNT, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqalar) bilan hamkorlikda loyiha takliflarini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Loyiha takliflari faqat BMTning jamgʼarma faoliyatida ishtirok etuvchi tashkilotlari tomonidan rasmiy ravishda taqdim etilishi mumkin.
Loyiha/dastur yoʼnalishlari, uning strategik va dasturiy ahamiyatini, boshqaruv mexanizmlarini, xavflarni, barqarorlikni va boshqa jihatlarni aniqlash uchun ishtirokchi tashkilotlar (BMT tashkilotlari, davlat organlari, mahalliy hokimiyat organlari, NNT, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, akademiya, xususiy sektor va boshqalar) oʼrtasida dastlabki muhokamalar oʼtkazilishi kerak.
Loyiha takliflari tanlovning quyidagi tamoyillari va mezonlari boʼyicha baholanadi:
Innovatsion:
- Texnologiyalarni uzatish va yangi yondashuvlarni sinab koʼrishga urgʼu berish.
- Mintaqa uchun AKT, tadqiqot va ishlanmalarga sarmoya kiritish.
- Uzoq muddatda himoya va imkoniyatlarni kengaytirishni taʼminlash uchun davlat va xususiy sektor oʼrtasida, jumladan, hukumat bilan yangi hamkorlikni rivojlantirish.
Insonlarning ehtiyojlariga asoslangan:
- Insonlar uchun ehtiyojlar, imkoniyatlar va tahdidlarni, shuningdek, mintaqa uchun xavflarni baholashga asosida.
- Oʼz intilishlari va odamlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, jamoalar ishtirokida ishlab chiqilgan hamda amalga oshirish va baholash rejalashtirilgan.
- Loyihalarni aniqlash, rejalashtirish, amalga oshirish va baholash jarayonlariga hamjamiyatlarni jalb qilish va safarbar etish taʼminlash.
- Erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlarni ragʼbatlantirish va gender tengligi masalalari taklif etilayotgan tadbirlarda aks etishini taʼminlash.
Аniq kontekstga yoʼnaltirilganlik:
- Orolboʼyi mintaqasi sharoitlarini hisobga olgan holda va maqsadli jamoalardagi vaziyat haqidagi bilimlarga asoslangan holda ishlab chiqilgan.
- Aholining ehtiyojlarini har bir ovul, qishloq, mahalla, qishloq hududlari darajasida atrof-muhit omillari, aholining joylashishi va transport infratuzilmasi mavjudligidan kelib chiqgan holda ishlab chiqilgan.
- Maqsadli hududlar uchun jamiyatni rivojlantirish rejalari asosida ishlab chiqilgan
- Barqarorlikni taʼminlash va salbiy taʼsirlarni yumshatishni qoʼllab-quvvatlash.
Yechimning majmuaviyligi:
- Trast jamgʼarmasining Oʼzgarishlar nazariyasiga asoslanishi va undan alohida ishlab chiqilmasligi kerak.
- Strategik va koʼp qirrali boʼlish, yaʼni inson xavfsizligi uchun bir nechta xavflarni bir vaqtning oʼzida bartaraf etishga qaratilgan loyihalarga ustunlik beriladi.
- Barcha tadbirlarni bir xil hududda/jamoalarda, maʼlum bir geografik mintaqada sinovdan oʼtkazish.
- Inson xavfsizligini taʼminlashning turli sohalaridagi faoliyatning oʼzaro bogʼliqligini maksimal darajada oshirish maqsadida turli sektorlar va turli ixtisosliklarga ega boʼlgan manfaatdor tomonlar oʼrtasida konsortsiumlar va sherikliklarni yaratish orqali dasturlar/loyihalarni (aralashuvlarni) amalga oshirish.
Loyiha takliflarini tanlab olish mezonlari
Jamgʼarma loyiha takliflarini quyidagi muhim mezonlar asosida baholaydi:
- Loyiha taklifining maqsad va vazifalarini Jamgʼarmaning dasturiy strategiyasiga moslik darajasi.
- Loyiha taklifini tanlovning bir yoki bir nechta mavzular va ustuvor yoʼnalishlariga (Yoshlar bandligi va innovatsiyalar, Sogʼliqni saqlash sohasida xavfsizlikni taʼminlash va Yashil oʼsish) mos kelishi.
- Gender masalalari qamrab olinganligi.
- Konteksga yoʼnaltirilganlik va dolzarblik.
- Samaradorlik, taʼsir eta olishlik va loyiha/dasturning natijalarini tarqata olish imkoniyatlari.
- Barqarorlik va iqtisodiy samaradorlik.
- Loyiha taklifinining milliy salohiyatlarni kuchaytirish, institutlarni mustahkamlash va mahalliy tashkilotlarga koʼmak berish boʼyicha salohiyati.
- Byudjetni aniq ravshan tavsiflash va uni natijalarga erishish bilan bogʼliqligini aks etganligi.
Takliflar 2021 yilning 24 dekabridan 2022 yilning 31 yanvariga qadar qabul qilinadi (Toshkent vaqti bilan 18:00 gacha).
Loyiha taklifining toʼldirilgan shakllari Trast jamgʼarmasining Texnik kotibiyati nomiga quyidagi elektron manzilga yuborilishi lozim (mamiit@un.org ).
Loyiha taklifi andozasi va budget shaklini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://aral.mptf.uz/site/news/page130.html.