Press-reliz

SILVERLEAFE Birlashgan millatlar tashkilotining Global Kompakt tashabbusiga O'zbekiston agrosanoat sektoridan qo'shilgan ilk tashkilot bo'ldi

19 iyul 2021

2018 yildan buyon qishloq xo'jaligining mexanizatsiyalashgan klasterlari innovatsion modelini taqdim etuvchi o'zbek-amerika qo'shma korxonasi hisoblangan Silverleafe MChJ, Birlashgan millatlar tashkilotining Global Kompakt (United Nations (UN) Global Compact initiative) tashabbusiga qo'shildi. Ushbu tashabbus 2000 yilda yo’lga qo’yilgan bo’lib, biznesga mas’uliyat bilan yondashish amaliyotini ishlab chiqish, joriy etish va tadbiq qilish bo’yicha platformadir.

Izoh: Den Patterson, "Silverleafe International" kompaniyasining bosh direktori.
Rasm: © “Silverleafe International” company

2018 yildan buyon qishloq xo'jaligining mexanizatsiyalashgan klasterlari innovatsion modelini taqdim etuvchi o'zbek-amerika qo'shma korxonasi hisoblangan Silverleafe MChJ, Birlashgan millatlar tashkilotining Global Kompakt (United Nations (UN) Global Compact initiative) tashabbusiga qo'shildi. Ushbu tashabbus 2000 yilda yo’lga qo’yilgan bo’lib, biznesga mas’uliyat bilan yondashish amaliyotini ishlab chiqish, joriy etish va tadbiq qilish bo’yicha platformadir.

Silverleafe MChJ O'zbekiston agro-biznes sohasida Birlashgan millatlar tashkilotining Global Kompakt tashabbusiga qo'shilgan ilk tashkilot bo'ldi. Silverleafe 2018 yilda tashkil etilgan bo'lib, asosan qishloq xo'jaligi, sug'orish va to'qimachilik sohalarida faoliyat yuritadi. Oxirgi uch yilda Silverleafe O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasidagi ma'lumotlarni raqamlashtirish bilan bir qatorda yangi texnologiyalarni joriy etish orqali qishloq xo'jaligi islohotlarini modernizatsiya qilishda muhim rol o'ynadi. Ayniqsa, O'zbekistonning yirik sanoati bo'lgan paxta yetishtirish samaradorligini oshirishda ularning hissasi katta bo'ldi. Silverleafe, shuningdek, ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishni qo'llab-quvvatlovchi kuchli himoyachidir, buni o'tgan yili tashkilot tomonidan Ayollar Innovatsiya va Taraqqiyot Jamg'armasi tashkil etilgani ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari, ular jamoat xavfsizligi loyihalari, bolalar onkologiyasini qo'llab-quvvatlash va O'zbekiston agrosanoatida barqaror rivojlanish maqsadlari va barqaror milliy maqsadlarni ilgari surishda xususiy sektorning rolini oshirish kabi turli jamoatchilik tashabbuslari bilan faol ishtirok etishdi.

Silverleafe Bosh direktori Den Patterson, "Silverleafe ning BMT global tashabbusida ishtirok etishi bizning ishbilarmonlik etikasining eng yuqori standartlari, inson huquqlariga hurmat hamda mahalliy, mintaqaviy va milliy doirada insonlar hayotini yaxshilash va himoya qilish bo'yicha qarorlarni qabul qilish majburiyatimizni yana bir bor tasdiqlaydi", deya izoh berdi. Silverleafe ning axloq kodeksida belgilangan standartlar uning sho‘ba korxonalari, bo'linmalari, filiallari va pudratchilari bo'lgan mahsulot ishlab chiqarishga aloqador barcha obyektlarga qo'llaniladi. Bu standartlar Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan normalar va ko'rsatmalarga asoslanadi. Janob Patterson, "Birlashgan millatlar tashkilotining Global Kompakt tashabbusida ishtirok etishimiz, barqaror qiymat zanjirini ta'minlaydigan ijobiy iqlim o‘zgarishlari va qishloq xo'jaligi innovatsiyalariga hissa qo'shishning muhim bosqichidir", deb qo'shimcha qildi.

BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi Silverleafning mamlakatdagi islohotlarga qo’shgan hissasini e‘tirof etadi. Birlashgan millatlar tashkilotining Global Kompakt shartnomasiga a'zo bo'lib ro'yxatdan o'tgan agro-biznes sohasidagi birinchi tijorat tashkiloti sifatida Silverleafe haqiqatan ham kashfiyotchidir. BMTning O'zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer xonimning ta'kidlashicha, "Silverleafe ning ilg'or harakatlari boshqa tashkilotlarga O'zbekistondagi sarmoyaviy muhit haqidagi eski qarashlarni yo’q qilishga yo'l ochdi. Silverleafe o'zining yorqin faoliyati va xulq-atvor kodeksi orqali mahalliy, milliy va global miqyosda qanday qilib barqaror rivojlanish katalizatori bo'lish mumkinligini ko'rsatdi".

Izoh: Dan Patterson, BMTning O'zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer bilan
Rasm: © Silverleafe

Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi barqarorlik tamoyillari sari intiluvchi xususiy sektor va korxonalar bilan hamkorlik qilishga, ishbilarmonlik xatti-harakatlarining o'zgarishi, mamlakatning barqaror rivojlanish rejalari va milliy rivojlanish maqsadlariga ko’maklashish uchun manfaatdor tashkilotlar o'rtasidagi muloqotni qo'llab-quvvatlashga tayyor. Freyzer xonim, "Birlashgan millatlar tashkiloti va xususiy sektor kelajak avlod uchun zarur natijalarga erishishda o'zining harakatlari va resurslarini birlashtirishi va ulardan unumli foydalanishi mumkin", deya ta'kidladi.

Silverleafe MChJ haqida

Silverleafe O'zbekistonning Jizzax viloyatida boshlangan O'zbekiston- AQSh qo'shma agroklasteridir. U O'zbekiston qishloq xo'jaligi, sug'orish va to'qimachilik sanoatiga zamonaviy amaliyot va texnologiyalarni olib kirdi. Silverleafe mahalliy, mintaqaviy va milliy doirada insonlar hayotini quyidagi vazifalar orqali yaxshilashni maqsad qilgan:

  • o'qitish va amaliy mashg'ulotlar orqali mahalliy aholini modernizatsiya jarayoniga qo'shish;
  • ichki bozorni yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar bilan to'ldirishga hissa qo'shish, uni xalqaro bozorga chiqarish;
  • ta'lim, tibbiyot va sport sohasidagi ijtimoiy va gumanitar dasturlarni amalga oshirish.

Birlashgan millatlar tashkilotining Global Kompakt tashabbusi haqida

2000 yilda yo’lga qo’yilgan Birlashgan millatlar tashkilotining Global Kompakt tashabbusi barqaror rivojlanish va biznesga mas’uliyatli yondashish amaliyotiga sodiq kompaniyalar uchun ham yetuk platforma, ham amaliy maydondir. Bu dunyodagi eng yirik korporativ barqarorlik tashabbusi bo'lib, 160 dan ortiq mamlakatlarda va 60 dan ortiq mahalliy tarmoqlarda joylashgan 10 000 dan ziyod kompaniyalar va 3 000 ta nodavlat notijorat tashkilotlarini o’z ichiga oladi.

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UN
United Nations

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar