Press-reliz

Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan "O'zbekistonda barqaror oziq-ovqat tizimi" mavzusida milliy oziq-ovqat tizimlarining barqarorligi bo'yicha muloqot o‘tkazdi

29 iyun 2021

  • Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi va O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish tomonidan ilgari surilgan Oziq-ovqat tizimlari bo'yicha sammitga ko'maklashish va javob choralarini ko'rish doirasida bir qator milliy muloqotlar o'tkazdilar.

BMTning Hududiy muvofiqlashtiruvchi ofisi (RCO), BMTTD (UNDP) va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ko'magida Qishloq xo'jaligi vazirligi to'rtta asosiy muloqotda milliy vositachi bo'lib xizmat qildi. Birinchi muloqot 26-may kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. Keyingi ikkita milliy muloqot 9-iyun kuni Nukusda va 17-iyun kuni Namanganda tashkil etildi. Muloqot 2021-yil 29-iyunda Toshkentda yakuniga yetdi.

Barcha uchun xavfsiz va to'yimli oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishni ta'minlashning beshta asosiy global yo'nalishlariga e'tibor qaratgan holda, barqaror iste'mol tartibiga o'tish, tabiatga ijobiy ta'sir etadigan ishlab chiqarishni ko'paytirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zaifliklar va har xil zarbalarga chidamlilikni kuchaytirish kabi mavzular O'zbekistondagi milliy muloqot yig'inlariga asos bo'ldi.

Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer xonim 29-iyun kuni yakunlangan muloqotda shunday dedi: “Oziq-ovqat tizimlarining milliy va mahalliy darajada yaxshilanishi maqsadlar yo'nalishini o'zgartirish, milliy va global barqaror rivojlanish sari olg'a siljish uchun zamin yaratadi. Oziq-ovqat tizimlarining barqarorligi bo'yicha muloqotlar barcha manfaatdor tomonlarning faol ishtiroki asosida sog'liqni saqlash, o'z vaqtida ovqatlanish, iqlim o'zgarishiga qarshi kurash, biologik xilma-xillikni saqlab qolish va ifloslanishni kamaytirish usullarini oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste'mol qilish tarziga qanday qilib moslashtirish borasidagi munozaraga imkon berdi.

BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim "muloqotlar manfaatdor tomonlar uchun ularning oziq-ovqat tizimlaridagi roli, boshqalar bilan bog'liqligi va qanday qilib Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lidagi umumiy harakatlar atrofida birlashish mumkinligi borasida eng dinamik usullardan birini taklif qildi," deya ta‘kidladi.

Qishloq xo'jaligi sohasi vakillari, jumladan, ekinlar, baliq va chorvachilik mahsulotlarini ishlabchiqarish va sotish bilan shug'ullanadigan ko'plab ishtirokchilar muloqotga o'z hissalariniqo'shdilar. Hukumat ishtirokidan tashqari, ilmiy soha, moliyaviy xizmatlar va oziq-ovqatsanoati vakillari ishtiroki ham ta’minlandi. Bu ishtirokchilar kichik, o'rta va yirik hunarmandlarhamda tadbirkorlar, shuningdek, donor jamoalar bilan birgalikda oziq-ovqat tiziminingmuammolarini muhokama qilish va oziq-ovqat mahsulotlariga turli sohalar nuqtai nazaridanqarash imkoniyatiga ega bo'lishdi.

"Muloqotlar munozaralar, kelishuvlar va umumiy majburiyatlarni qabul qilish uchun hamkorlikmaydonini taqdim etadi", - deyilgan bir qator fermer ishtirokchilar suhbatlarida. Boshqa sohamanfaatdor tomonlari esa quyidagi fikrlarni bildirishdi: "Muloqotlar o‘zaro ishonchni oshiradiva bu javobgarlikni ta'minlash mexanizmlari bilan qabul qilingan o‘zaro majburiyatlarnibajarish uchun ishtiyoqni oshiradi".

Yakuniy muloqotda O'zbekistondagi xalqaro donorlik tashkilotlari, shu jumladan, YevropaIttifoqi (EU), Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) va AQSh Xalqaro TaraqqiyotAgentligi (USAID) mamlakatdagi qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoatini qo'llab-quvvatlashgatayyorligini bildirdilar. USAID fermerlar va agrobiznesni xavfsiz, sifatli va ekologik toza qishloqxo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo'llab-quvvatlash uchun biznes boshqaruvininginnovatsion amaliyotlarini va yangi texnologiyalarga sarmoyalarni birgalikda moliyalashtirishnijoriy qilmoqchi. Boshqa tomondan, JICA Orol dengizi mintaqasida ekinlar hosildorligi bo'yichasuvdan foydalanish samaradorligini nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsiontexnologiyalarni ishlab chiqishni boshlash niyatida ekanligini bildirdi. Yevropa IttifoqiningO'zbekistondagi delegatsiyasi Hamkorlik bo'limi boshlig'i janob Fransua Begeotningaytishicha, "Yevropa Ittifoqi qishloq xo'jaligining yashil va barqaror iqlim sharoitiga mosislohotlarini qo'llab-quvvatlashga tayyordir".

Yakuniy muloqot kelgusi o'n yil mobaynida barqaror milliy oziq-ovqat tizimlari yo'linishakllantirish bo'yicha mamlakat darajasidagi majburiyatlar va harakatlarni birlashtirdi. O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Qaxramon Yo'ldoshev, "Sentyabr oyida bo'libo'tadigan Xalqaro oziq-ovqat tizimlari sammiti yakunlanganidan keyin ham mamlakatda ko'ptomonlama muloqot jarayoni davom etishi kutilmoqda", deb ta'kidladi. Muloqot natijalarikelgusi oylar va yillarda oziq-ovqat tizimi milliy o'zgarishlar yo'li bilan oldinga siljishinita‘minlaydi.

Birlashgan millatlar tashkilotining 2021 yilgi Oziq-ovqat tizimlari sammiti haqida (Food Systems Summit)

Birlashgan millatlar tashkilotining 2021 yilgi Oziq-ovqat tizimlari sammiti BMT Bosh kotibi tomonidan 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun o'n yillik harakatlar ko'magida boshlangan hamda dunyoning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va iste'mol qilishga bo'lgan qarashini o'zgartirishni maqsad qilgan tashabbusdir. Sammit xalqaro va milliy darajada quyidagi to'rtta natijaga erishishga qaratilgan:

  • 2030-yilgacha mo‘ljallangan muhim harakatlar va o'lchovli yutuqlarni yaratish;
  • Ommaviy muhokama va xabardorlikni oshirish;
  • Hukumatlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan birgalikda Barqaror rivojlanish maqsadlarini qo'llab-quvvatlash uchun oziq-ovqat tizimidan foydalanish tamoyillarini ishlab chiqish;
  • Sammit natijalari yangi harakatlar va taraqqiyotni davom ettirish uchun kuzatuv va ko'rib chiqish tizimini yaratish.

Butun dunyo bo'ylab 126 dan ortiq a'zo davlatlar o‘zaro muloqot o'tkazdilar. Ushbu muloqot barqaror oziq-ovqat tizimlarida milliy yo‘nalishlarni ishlab chiqish nuqtai nazaridan sammitning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti
DVI
Doimiy Vakil Idorasi
BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar