Press-reliz

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga oʻzining barcha imkoniyatlari va salohiyatini safarbar etadi

16 iyun 2021

  • BMTTDning mintaqaviy rahbari Miryana Spolyarich Egger o‘zining rasmiy ikki kunlik tashrifini O‘zbekistonning yashil va inklyuziv rivojlanishi yo‘nalishida hamkorlikni faollashtirishga da’vat bilan yakunlamoqda.
Rasm: © UNDP

BMTTDning Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha Mintaqaviy byurosi direktori Miryana Spolyarich Egger 2021 yilning 15-16 kunlari O‘zbekistonga amalga oshirilgan ikki kunlik tashrifi davomida tashkilot tomonidan mamlakatning ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan, ayniqsa COVID19 pandemiyasi sharoitida yashil va barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan sodiqligini yana bir bora tasdiqladi. Spolyarich Egger xonim so‘zlariga ko‘ra, BMTTD O‘zbekiston hukumati va xalqi bilan birgalikda atrof-muhitga zarar keltirmagan holda inson salohiyatni rivojlantirish masalalarining barqaror yechimlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ish olib borishni davom ettiradi.

«Men O‘zbekistonning COVID19 pandemiyasiga nisbatan qabul qilingan choralarni nafaqat tezkorligini balki barqaror rivojlanishning o‘rta va uzoq muddatli ehtiyojlari bilan qanchalik bog‘liq bo‘lganligini yuqori baholayman», - dedi u. «Ushbu o’zgarishlar juda o’rinli, chunki O‘zbekiston o‘zining 2022-2026 yillar uchun rivojlanish strategiyasini shakllantirmoqda va o‘sishning kelgusi yo‘nalishlarini belgilab olmoqda».

Rasm: © UNDP

O‘z tashrifi davomida Spolyarich Egger xonim samarador davlat boshqaruvini mustahkamlash va barcha fuqarolarga foyda keltiruvchi «yashil» iqtisodiy o‘sishni ta'minlash, shuningdek sof energiyani va atrof-muhit himoyasining yanada samarador vositalarini targ‘ib qilish borasida BMTTDning mahalliy hamkorlari bilan o‘zaro aloqalarini yangi darajaga kotardi. Shuningdek, u ko‘p yillik, jumladan Orolbo‘yi mintaqasi to‘qnashuvchi muammolarning yangicha yechimlarini izlashga yordam berish uchun BMTTDning doimiy tayyorligini tasdiqladi.

«BMTTD Barqaror Rivojlanish Maqsadlar (BRM) integratsiyasini targ‘ib qiladi hamda siyosat va boshqaruv, ijtimoiy himoya, yashil iqtisodiyot va raqamlashtirishga – biz «BRMni chorlovchi kuch» deb atalgan to‘rt sohaga investisiyalarni birlashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi», - deya ta'kidladi Spolyarich Egger xonim.

Rasm: © UNDP

15 iyun kuni Spolyarich Egger xonim O‘zbekistondagi va butun Markaziy Osiyodagi ayollarning iqtisodiy huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish mavzusi bo‘yicha Forumda qatnashdi. Mazkur tadbirda u gender masalalarini O‘zbekistonning o‘ta muhim tadbirkorlik sektoridagi asosiy mavzuga aylantirish hamda ayollarning iqtisodiyotdagi ishtirokiga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy va me'yoriy to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha BMTTDning maqsadini tasdiqladi.

Shuningdek, 16 iyun kuni yuqori darajadi mehmon «Ishga marhamat» Monomarkaziga uskunalarni topshirdi. Ushbu uskunalar Monomarkaning tehnik salohiyatini takomillashtirishda va O‘zbekiston yoshlari orasida bandlikni oshirishga katta hissa qo‘shadi. O‘zbekistonda 2021 yil «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb nomlangani munosabati bilan ushbu tashabbus e’tiborlidir.

Rasm: © UNDP

O‘zbekistonga tashrifi doirasida Spolyarich Egger xonim rivojlanishning eng muhim milliy yo‘nalishlari bo‘yicha BMT Taraqqiyot Dasturining sodiqligini tasdiqladi. Ular BRM ijrosi ustidan parlament nazoratini takomillashtirish, aholining zaif qatlamlariga urg‘u bergan xolda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish strategiyasini amalga oshirishni rag‘batlantirish, O‘zbekistonning COVID-19 pandemiyasidan so‘ng yashil tiklanishini qo'llab-quvvatlash, shuningdek Milliy gender tenglikni ta'minlash strategiyasini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha Mintaqaviy byurosi direktori sifatida 2018 yil oktyabr oyidan Spolyarich Egger xonim 17 mamlakat va bitta hududda loyihalarni boshqarib kelmoqda. Ushbu tashrif Spolyarich Egger uchun COVID19 pandemiyasi tarqalishidan keyingi birinchi xorijiy safar bo’ldi.

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar