Tinchlik, barqaror rivojlanish va barcha uchun inson huquqlarini o‘z ichiga olgan yaxshiroq kelajakni qurishga yordam berish bizning majburiyatimizdir.
Bilaman, bu bizning qo’limizdan keladi. Bundan 78 yil avval kuchga kirgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi bizga yo‘l ko‘rsatib turibdi.
Uning zamirida tafovutlarni yengish, munosabatlarni tiklash va tinchlik o‘rnatish uchun qat’iylik ruhi yotadi.
Yangi imkoniyatlarni topish va hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik.
Ayollar va qizlarga adolat, tenglik va imkoniyatlarni kafolatlash.
Ehtiyojga muhtojlarga hamisha yordam ko'rsatish.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti yaratilgan paytda mavjud bo'lmagan muammolarni, shu jumladan, iqlim inqirozidan tortib sun'iy intellekt tahdidi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti barqaror qadriyatlar va tamoyillarga amal qiladi, lekin u hech qachon bir joyda qotib qolmasligi kerak. Shuning uchun ham biz doimo ish uslubimizni takomillashtirib borishimiz va har bir ishimizga XXI-asr voqeliklarini hisobga olgan holda yondashishimiz kerak.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti kunida umid va qat'iyat bilan oldimizga o'zimiz xohlagan yaxshiroq dunyoni qurishga maqsad qilib qo’yaylik.
Tengi yo’q tashkilotimiz nomiga munosib kelajak qurishga harakat qilaylik.
Biz bo'lingan va har tomonlama ajralgan dunyoda yashamoqdamiz. Aslida, harakat qilsak birlashgan millatlar bo'la olamiz va bo'lishimiz ham shart.