Press-reliz

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qo‘shma Muvofiqlashtiruvchi Kengashining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

13 iyul 2021

Joriy yilning 13 iyul' kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari bilan hamkorlikda 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan BMTning barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan Doiraviy dasturni amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 1-yig‘ilishini tashkil etildi.

Joriy yilning 13 iyul' kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari bilan hamkorlikda 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan BMTning barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan Doiraviy dasturni amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 1-yig‘ilishini tashkil etildi.

Rasm: © Ministry of Economic Development and Poverty Reduction

Yig‘ilishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, vazirlik departament direktorlari Ilhom Mamatkulov va Miryusup Umarov, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, BMT, BMTTD, YuNISEF, Yaponiya elchixonasi va boshqa O‘zbekistondagi xalqaro tashkilotlar va diplomatik konsulliklar vakillari ishtirok etishdi.

Rasm: © Ministry of Economic Development and Poverty Reduction

Ushbu yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar BMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi 2020 yilga mo‘ljallangan hamkorligining asosiy natijalarini muhokama qilish, BMT jamoasining 2021-2022 yillarga rejalashtirilgan natijalarini muvofiqlashtirish va tegishli Qo‘shma ish rejalarini tasdiqlash masalalari bo‘ldi. Bundan tashqari, yig‘ilish davomida hamkorlik Doirasining taklif etilgan boshqaruv tuzilmasi ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi, shuningdek, 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Doirasining uzoq muddatli moliyalashtirish asoslari ko‘rib chiqildi.

Ta'kidlash joizki, yig‘ilishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov so‘zga chiqdi. O‘z ma'ruzasida pandemiyadan keyingi davrda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishini tezlashtirishda BMTning yetakchi rolini alohida ta'kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, BMTning jahon amaliyoti va innovasion ishlanmalari asosida inson kapitalini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish strategiyasini amalga oshirish kabi masalalar va boshqa sohalarda yanada hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Rasm: © Ministry of Economic Development and Poverty Reduction

Ushbu yig‘ilishda xalqaro tashkilotlar vakillari, xususan, Xelena Freyzer (BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori), Matilda Dimovska (BMTTD O‘zbekistondagi doimiy vakili), Munir Mammadzade (Yunisefning O‘zbekistondagi doimiy vakili) ham so‘zga chiqishdi. O‘z nutqi davomida ishtirokchilarning har biri Birlashgan Millatlar Tashkilotining strategik ustuvor yo‘nalishlari va 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan yakuniy natijalar hamda ko‘p yillik moliyalashtirish asoslarini taqdim etdilar.

Yig‘ilish natijasida hamkorlik asoslari dasturini amalga oshirishda samarali yutuqlarga erishishni nazarda tutuvchi bir qator konseptual hujjatlar tasdiqlandi. Xususan, hukumat tomonidan muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi, BMT jamoasining ish rejalari, shuningdek, ishchi va texnik guruhlar tarkibini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti
XMT
Xalqaro Mehnat Tashkiloti
MBXT
Migratsiya Bo'yicha Xalqaro Tashkilot
XSM
Xalqaro savdo markazi
BMTIQOKB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari Boʻyicha Oliy Rkomissari Boshqarmasi
DVI
Doimiy Vakil Idorasi
BMTOTOIK
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch Okeani Iqtisodiy Komissiyasi
BMT Ayollari
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender Tengligi va Ayollarning Imkoniyatlarini Kengaytirish Bo'yicha Tashkiloti
UN
United Nations
BMTOITS
Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV / OITS Bo'yicha Qo'shma Dasturi
BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi
UNDRR
UN Office for Disaster Risk Reduction
BMT YEIK
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi BMT YEIK
BMTAMD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof muhit dasturi
UNESCO
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, Fan va Madaniyat Masalalari Bo'yicha Tashkiloti
BMTAJ
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik Bo`yicha Jamg`armasi
BMTQOK
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar Bo'yicha Oliy Komissari
UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi
BMTJAOMI
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jinoyat va Adolatni O'rganish Bo'yicha Mintaqalararo Instituti
BMTSRT
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti
BMTGJB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand Moddalar va Jinoyatchilikka Qarshi Kurashish Bo'yicha Boshqarmasi
BMTLXKB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyihalar Bo'yicha Xizmat Ko'rsatish Boshqarmasi
JSST
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar