Press-reliz

O‘zbekistonda biznesni barqaror rivojlantirish

05 sentabr 2023

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda biznesni barqaror rivojlantirish mavzusida xususiy sektor, tadbirkorlar ishtirokida ochiq suhbat tashkil qildi. 

Bu yilgi tadbir mavzusi O‘zbekiston xususiy sektorining Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishdagi hissasiga bag'ishlandi.

"Oʻzbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ajoyib natijalarga erishmoqda. Xususiy sektor mamlakatning iqtisodiy o‘sishi, ijtimoiy taraqqiyotga erishishda hamkorlik naqadar muhimligini ko‘rsatadi", — dedi BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Konsuelo Vidal. Muloqot doirasida BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan xususiy sektorning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda amalga oshirgan ishlari va erishilgan natijalari bo‘yicha hisobot taqdim etildi.

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

DVI
Doimiy Vakil Idorasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar