Press-reliz

Korzinka BMTning Global Kompakt tashabbusiga qo’shilib, O’zbekistonning barqaror rivojlanish yo’lidagi harakatlarini qo’llab-quvvatlashda davom etadi

07 iyul 2021

  • Korzinka savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi O'zbekistondagi yetakchi oziq-ovqat chakana savdo tarmog'i Anglesey Food MChJ, Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) Global Kompakt tashabbusiga qo'shildi. Ushbu tashabbus 2000 yilda yo’lga qo’yilgan bo’lib, biznesga mas’uliyat bilan yondashish amaliyotini ishlab chiqish, joriy etish va tadbiq qilish bo’yicha platformadir.

Korzinka savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi O'zbekistondagi yetakchi oziq-ovqat chakana savdo tarmog'i Anglesey Food MChJ, Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) Global Kompakt tashabbusiga qo'shildi. Ushbu tashabbus 2000 yilda yo’lga qo’yilgan bo’lib, biznesga mas’uliyat bilan yondashish amaliyotini ishlab chiqish, joriy etish va tadbiq qilish bo’yicha platformadir.

2021 yil 7-iyun kuni Anglesey Food MChJ Birlashgan millatlar tashkilotining Global Kompakt tashabbusiga a’zo bo’lib qo’shilgan O'zbekistondagi ilk tadbirkorlik sub’yekti bo'ldi. 1996 yilda tashkil etilgan Anglesey Food MChJ barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlovchi turli tashabbuslar bilan faol shug'ullanib, so'nggi 12 yil mobaynida "Mehribonlik qutisi" loyihasiga va xususiy sektorning mamlakat rivojlanishi yo’lidagi rolini oshirishga hissa qo’shib kelmoqda. Anglesey Food MChJ Korzinka brendi ostida o'z faoliyatini va maqsadlarini BMTning inson huquqlari, mehnat huquqi, atrof-muhit himoyasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha harakatlariga moslashtirmoqda hamda e’tiborini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari kabi kengroq ijtimoiy loyihalarga qaratmoqda.

"Korzinka tashkil etilganidan buyon kompaniya sifatli va to'yimli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishga hamda insonlarga munosib ish muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Bizning ushbu BMT tashabbusiga qo’shilishimiz kompaniyamizning barqaror rivojlanish amaliyotini qo'llab-quvvatlashga sodiqligidan dalolat beradi", - deydi "Korzinka" bosh ijrochi direktori Zafar Xoshimov.

Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi "Anglesey Food" mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan olib borayotgan ishlarini e'tirof etadi. BMT Global Kompakt tashabbusi a'zosi sifatida ro'yxatdan o'tgan ilk tadbirkorlik sub’yekti bo’lgan Anglesey Food MChJ tashkilotning izdoshi hisoblanadi. Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer xonim "Korzinkaning ushbu progressiv harakati global pandemiya va iqtisodiy tanazzul sharoitida juda foydali qadam bo’ldi", deya ta'kidladi.

Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi barqarorlik tamoyillari sari intiluvchi xususiy sektor va korxonalar bilan hamkorlik qilishga, ishbilarmonlik xatti-harakatlarining o'zgarishi, mamlakatning barqaror rivojlanish rejalari va milliy rivojlanish maqsadlariga ko’maklashish uchun manfaatdor tashkilotlar o'rtasidagi muloqotni qo'llab-quvvatlashga tayyor. Freyzer xonim, "Anglesey Food MChJ ning hozirgi pandemiya sharoitida BMT Global Kompakt tashabbusi a'zo bo'lishi, xususiy sektor uchun salomatlik katalizatori bo'lish, xalqaro va mahalliy darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechimlar taqdim etish imkonini beradi," deb hisoblaydi. "Birlashgan millatlar tashkiloti va xususiy sektor kelajak avlod uchun zarur natijalarga erishishda o'zining harakatlari va resurslarini birlashtirishi va ulardan unumli foydalanishi mumkin".

Korzinka haqida

Anglesey Food 1996 yilda tashkil etilgan va O'zbekiston supermarketlar chakana savdo bozorida yetakchilardan biriga aylangan. Dastlab, do'konlar Anglesey Food brendi ostida faoliyat yuritgan. Ammo keyinchalik, 2005 yilda kompaniyaning nomini o'zgartirishga qaror qilindi. Bu korzinka.uz brendi ostida tarmoq rivojlanishining boshlanishi edi.

Birlashgan millatlar tashkilotining Global Kompakt tashabbusi haqida

2000 yilda yo’lga qo’yilgan Birlashgan millatlar tashkilotining Global Kompakt tashabbusi barqaror rivojlanish va biznesga mas’uliyatli yondashish amaliyotiga sodiq kompaniyalar uchun ham yetuk platforma, ham amaliy maydondir. Bu dunyodagi eng yirik korporativ barqarorlik tashabbusi bo'lib, 160 dan ortiq mamlakatlarda va 60 dan ortiq mahalliy tarmoqlarda joylashgan 10,000 dan ziyod kompaniyalar va 3000 ta nodavlat notijorat tashkilotlarini o’z ichiga oladi.

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UN
United Nations

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar