Sabine Mahl Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori etib tayinlandi
05 iyun 2024
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish avstriyalik Sabine Mahlni BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori etib tayinladi.
Sabine Mahl 2024-yil 1-iyundan boshlab o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi.
Ushbu tayinlovga qadar doktor Sabine Mahl 2019-2024-yillari davomida BMTning Gruziyadagi doimiy koordinatori lavozimida ishlagan.
Sabine Mahl 22 yildan ortiq vaqt davomida xalqaro tashkilotlarda faoliyat olib borgan. Jumladan, Indoneziya, Falastin va Qirg'izistonda BMT Ayollar vakolatxonasi rahbari, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchi vazifasida ishlagan.
2007-2011 yillarda Sabine Mahl Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotini (YXHT) Gaagadagi etnik ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissarining sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarini qamrab oluvchi bo‘limi rahbari/katta maslahatchisi lavozimida ishlagan.
2005-2007 yillarda Qirgʻizistonda YeXHTning markazi rahbari oʻrinbosari va ushbu tashkilotning bosh qarorgohida mojarolarning oldini olish markazida Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2001 yil davomida Sabine Mahl YeXHTning Estoniyadagi missiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan va 2000 yilda Avstriyaning YXHTga raisligi davrida u Avstriya doimiy vakolatxonasining birinchi kotibi lavozimida faoliyat yuritgan. U shuningdek, Avstriya Tashqi ishlar vazirligining Siyosiy boʻlimida Janubi-Sharqiy Yevropa boʻlimi boshligʻi, Yevropa Parlamentida, Venadagi uchta turli sudlarda va Kroydon/Londonda oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
Sabine Mahl, Vena universitetida tahsil olgan, ikkita magistr darajasiga ega (huquq va tillar) va huquq fanlari doktori. Sabine Mahl nemis (ona tili), ingliz, rus va frantsuz tillarini yaxshi biladi. Oilali, ikki o‘g‘li bor.