Press-reliz

Orol dengizi mintaqasining imkoniyatlarini kengaytirish: barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish

16 sentabr 2023

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O'zbekiston hukumati va Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati bilan hamkorlikda, "Orol dengizi mintaqasida barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) mahalliylashtirish" qo'shma seminarini o'tkazdi.

Tadbirda hukumat, mahalliy rivojlanish tashkilotlari, oliy o'quv yurtlari, fuqarolik jamiyati va xalqaro hamkorlar vakillari Barqaror rivojlanish maqsadlarini mahalliylashtirish  , Orol dengizi kabi hududlarning zaifligini ta'kidladilar.

Izoh: Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O'zbekiston hukumati va Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati bilan hamkorlikda, "Orol dengizi mintaqasida barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) mahalliylashtirish" qo'shma seminarini o'tkazdi.
Rasm: © BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi

Barqaror rivojlanish maqsadlari mahalliylashtirish  deganda Barqaror rivojlanish maqsadlarni hududiy darajada amalga oshirish jarayoni tushuniladi, bu ularni mahalliy ehtiyojlarga moslashtirish orqali mas'uliyat va faollikni oshirishga yordam beradi, qabul qilinayotgan qarorlarni izchilligini ta'minlaydi, ma'lumotlarni yig'ish va monitoring tizimlarini yaxshilaydi va manfaatdor tomonlarning ishtirokini rag'batlantiradi.

Tadbirda, shuningdek, Orol dengizi bo’yicha Trast jamg'armasi tomonidan 2023 yilgacha bo’lgan Orol dengizi ehtiyojlarini baholash natijalari taqdim etildi.

BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori Konsuelo Vidal o'z nutqida shunday dedi: "2030 yilgacha bo'lgan Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirishning ushbu oraliq bosqichida mavjud muammolarni hal qilish uchun shoshilinch choralar ko'rishimiz kerakligi aniq. Majburiyat, hamkorlik va o'zgartirish choralarini sezilarli darajada oshirmasdan, biz Barqaror rivojlanish maqsadlariga, jumladan, qashshoqlikni kamaytirish, tengsizlikning oldini olish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim maqsadlarga erisha olmasligimiz xavfi bor."

O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o'rinbosari Sarvar Hamidov shunday dedi: "Orol dengizi bo’yicha Trast fondi doirasidagi birgalikdagi sa'y-harakatlar beshta mintaqada sog'liqni saqlash tizimini yaxshilashga, asosiy infratuzilmani isloh qilishga, qishloq  jamoalarini raqamlashtirishga, ish o'rinlari yaratish va ularning daromadlarini oshirish orqali yoshlar va ayollarni qo'llab-quvvatlashga yordam berdi. Bizning Jamg'armani rivojlantirish bo'yicha keyingi tushunchamiz shundan iboratki, Orol dengizi mintaqasi hozirgi va kelajak avlodlarga foyda keltiradigan samarali iqlim o'zgarishi innovatsiyalarini joriy etish zonasiga aylanishi kerak."

Tadbir yakunida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi raisining o'rinbosari Rustam Saparbayev shunday dedi: "Men bunday tadbirlarni muntazam ravishda o'tkazish dolzarb masalalar va ularni hal qilish yo'llari to'g'risida xabardorlikni oshirish uchun muhim deb bilaman. Barcha darajadagi hukumat a’zolari rivojlanish bo'yicha sheriklarimizni qo'llab-quvvatlashga, ularga resurslar va qarorlar qabul qilish imkoniyatlarini taqdim etishga harakat qiladi. Sizni ishontirib aytamanki, hukumatimiz aholi hayotini yaxshilashga qaratilgan barcha tashabbuslarni doimo qo'llab-quvvatlaydi".

Izoh: Barqaror rivojlanish maqsadlari mahalliylashtirish deganda Barqaror rivojlanish maqsadlarni hududiy darajada amalga oshirish jarayoni tushuniladi.
Rasm: © BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi

Orol dengizi inqirozi bilan bog'liq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarga javoban 2018 yilda Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan Norvegiya hukumati, Evropa Ittifoqi, Finlyandiya, Koreya Respublikasi, Germaniya hukumatlari va Alwaleed Philanthropies xayriya jamg'armasi ko'magida O'zbekiston hukumati bilan birgalikda Orol dengizi bo’yicha Trust jamg'armasini tashkil etildi.

Birlashgan Millatlar tashkilotining FAO, BMTTD, UNICEF, UNFPA, JSST, UNOPS, UNODC va YUNESKO kabi sakkizta ishtirokchi tashkilotlarining turli qo'shma dasturlari doirasida BMT barqaror qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash va atrof-muhitni tiklashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirdi. Ushbu tashabbuslar 274 ming kishi, jumladan, yoshlar, ayollar va qariyalarni hayotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.  

 

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

DVI
Doimiy Vakil Idorasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar