BMTning Qochqinlar bo'yicha agentligi O'zbekistonning qochqinlarni sog'liqni saqlash tizimi, ta'lim va sport sohasiga qo'shilishini qo'llab-quvvatlash borasidagi sa'y-harakatlarini e'tirof etadi
20 iyun 2021
- 20 iyun Butunjahon qochqinlar kunida BMTning Qochqinlar bo'yicha agentligi O'zbekistonning qochqinlarni sog'liqni saqlash tizimi, ta'lim va sport sohasiga qo'shilishi va shu orqali ularning jamiyatga integratsiyalashuvini qo'llab-quvvatlash borasidagi sa'y-harakatlarini e'tirof etadi.
2020 yil yakuniga ko’ra, Markaziy Osiyoda 7386 qochqin va boshpana izlovchilar bor, shularning 13 nafari O'zbekistonda. Ularning aksariyati tibbiy yordam, jumladan, COVID-19 ga qarshi emlanish va ta'lim olish imkoniyatiga ega. Qochqinlar bo’yicha agentlik barcha qochqinlarni sog'liqni saqlash, ta'lim, bandlik va ijtimoiy himoya bilan to'liq ta'minlanishini kafolat uchun hukumat va boshqa hamkorlarni qo'llab-quvvatlashda davom etadi, bu esa ularga o'zlari yashab turgan jamiyat rivojiga hissa qo’shish yo’lida mehnat qilish imkonini beradi.
"Joriy yilda biz Butunjahon qochqinlar kunini pandemiya sharoitida nishonlamoqdamiz. Ammo ushbu holat bizni birgalikda yanada kuchliroq bo’lishimiz mumkinligiga o'rgatdi. O'qish va ishlash imkoni berilgan qochqinlar xavfsiz, yorqinroq va barcha uyg’unlikda yashash imkoniga ega dunyo barpo etishimizda o’z hissalarini qo’shishda davom etadi, deb ishonaman”, dedi BMT Qochqinlar bo’yicha agentligining Markaziy Osiyodagi vakili Gans Fridrix Shodder.
Pandemiyaga qaramay, 2020 yilda urushlar, zo'ravonliklar, ta'qiblar va inson huquqlari buzilishidan qochib, yurtini tark etganlar soni 82.4 million kishiga yetdi, deyiladi BMTning Qochqinlar bo’yicha agentligi yillik hisobotida. Bu 2019 yil oxiridagi 79.5 milliondan to'rt foizga ko'p degani.
Butunjahon qochqinlar kuni – zo'ravonlik va ta'qiblardan qochishga majbur bo'lgan millionlab odamlarning boshdan kechirganlarini e’tirof etish va ularning holatini tasavvur qilish uchun bir imkoniyatdir. Shu bilan birga, bu kun dunyo davlatlarining, doimo yordamga shay qo'shni xalqlarning qo’llab-quvvatlashi bilan porloq kelajak sari intilishga qayta umid bog’lash uchun ham yaxshi bir sabab sifatida ko’rilishi mumkin.
Bu yilgi Butunjahon qochqinlar kuni ularni sog'liqni saqlash tizimi, ta'lim va sport sohasiga qo'shilishini rag'batlantirishga bag'ishlanadi. Sog'liqni saqlash pandemiyadan qutulishda birgalikda harakat qilish muhim bo’lgani uchun, ta'lim pandemiya tufayli o'qishi to'xtab qolgan millionlab bolalarni o’qitish uchun, sport esa odamlarni birlashtirish uchun ulkan ahamiyatga ega. 2021 yilda 29 qochqin sportchidan iborat jamoa BMTning Qochqinlar bo'yicha agentligi, Xalqaro Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari ko'magida Tokio o'yinlarida qatnashadi.