Press-reliz

BMTTD Yaponiya hukumati koʻmagida Qoraqalpogʻistondagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan qator inshootlarni ishga tushirdi

25 noyabr 2021

Namunali inshootlar BMTTDning Oʻzbekistondagi dloimiy vakili Matilda Dimovska, Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Yoshinori Fudjiyama va YuNFPAning Oʻzbekistondagi vakili Yu Yu ishtirokida ishga tushirildi. 

Rasm: © UNDP Uzbekistan

Bugun Matilda Dimovska, Oʻzbekistondagi BMTTaraqqiyot Dasturining (BMTTD) doimiy vakili, Yoshinori Fudjiyama, Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi, Yu Yu, BMTni Aholishunoslik fondining (YuNFPA) Oʻzbekistondagi vakilining Qoraqalpogʻiston respublikasiga tanishuv tashrifi boʻlib oʻtdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad - milliy hamkorlar bilan uchrashish, kelgusidagi oʻzaro munosabatlar istiqbollarini muhokama qilish, Orolboʻyi hududida qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirilishi bilan tanishish, qishloq joylardagi infratuzilmani yaxshilash boʻyicha namunali inshootlarni ishga tushirish, hamda Xalqaro volontyorlar kunini nishonlashda ishtirok etishdan iborat. Tashrif BMTTD-YuNFPAning Yaponiya hukumati moliyalashtirayotgan “Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog’liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi doirasida tashkil etildi.

Rasm: © UNDP Uzbekistan

Tashrif dasturiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jokargi Kenesda yuqori darajada Murot Kamolov bilan dastlabki  uchrashuv  oʻtkazildi. Oʻzining qutlov soʻzida Matilda Dimovska BMTTD mintaqaning barqaror rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan Orolboʻyi hududi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi boʻyicha BMT Rezolyutsiyasini amalga oshirishda birgalikda ishtirok etishga katta umid bogʻlayotganini taʼkidladi. U mazkur muhim tashabbusni qoʻllab-quvvatlagani va saʼy-harakatlarni birlashtirganligi uchun Oʻzbekiston Hukumati, Qoraqalpogʻiston Hukumati va Yaponiya Hukumatiga tashakkurlar bildirdi.

Mazkur tashrif sinergizmni birgalikda tadqiq qilish va Orol dengizi hududiga muvofiqlashtirilgan yordam koʻrsatish maqsadida hamkorlikni yanada kengaytirish uchun tayanch nuqtasi boʻlib xizmat qilishiga ishonaman”, - deya qayd etdi Matilda Dimovska.

Koʻngillilar xalqaro kuni

Delegatsiya vakillari har yili 5 dekabr kuni nishonlanadigan Koʻngililar xalqaro kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi. BMTTD loyihalari doirasida Qoraqalpogʻistonning 11ta tumanida jamiyat salomatligini muhofaza qilish boʻyicha jami 2081 nafar koʻngilli  oʻqitilgan va faol ish yuritishmoqda. Bugun ularning ishi, Yaponiya hukumatining moliyaviy koʻmagida, salomatlik va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish masalalari boʻyicha aholini, shu jumladan, yoshlarni xabardorligini yanada oshirishga koʻmak berish maqsadida olib borilmoqda.

Rasm: © UNDP Uzbekistan

Volonterlarning aksariyati 2020 yildagi COVID-19 boʻyicha karantin davrida turli kasalliklar profilaktikasi va ularni tarqalishini bartaraf qilish boʻyicha maʼrifiy ishlarini toʻxtatmadilar. Ular telefon va “Telegram” messenjeridagi ixtisoslashgan guruh orqali hamqishloqlarining holidan xabar olib, maslahatlar berishni toʻxtatmadilar. Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi yordamida Yosh tomoshabinlar teatrida oʻtkazilgan bayram tantanasida ishtirok etish uchun Nukusga barcha hududlardagi namunali tumanlardan 100 nafardan ortiq koʻngillilar taklif etildi. Ularning eng faollari beshta maxsus nominatsiyalar boʻyicha hayʼat vakillarining esdalik mukofotlari va sovgʻalarini olishdi.

Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash inshootlari, Chimboy

Tadbirning tantanali qismi tugashi bilan delegatsiya aʼzolari BMTTD-YuNFPAning Qoʻshma dasturini namunali hamjamiyatlari joylashgan Qoraqalpogʻistonning Chimboy tumaniga yoʻl olishdi. 

2021 yilning boshida Qoʻshma dastur doirasida innovatsion gʻoyalar va loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun arizalarni qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qilingandi. Taqdim etilgan biznes-rejalar orasida fermerlar uchun sabzavot va mevalarning katta miqdorini saqlash boʻyicha yechim taklif qilgan “Ramazan Sarsenbaev” xususiy korxonasining rahbaridan ham arizasi bor edi. Hududda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan biznes - gʻoyani qoʻllash uchun hududda muzxona binosi qurildi va uskunalar oʻrnatildi. Hozirgi vaqtda muzlatgich majmuasi 100 tonnagacha sabzavot va mevalarni joylashtirish quvvatiga ega. Shuningdek, taqdim etilgan uskunalarni ishlatish uchun bu yerdagi xodimlarni oʻqitish maqsadida treninglar tashkil etildi.

Rasm: © UNDP Uzbekistan

Bugun mazkur inshootni foydalanishga topshirish marosimi oʻtkazildi, u tufayli Chimboy tumanining 112 ming nafardan ortiq aholisi yilning istalgan vaqtida barra qishloq xoʻjalik mahsulotlarini isteʼmol qilish imkoniga yetishdilar. Mana shunday inshootlar Bozatov va Qoraoʻzak tumanlarida ham qurilgan.

“Mayjap” qishloq fuqarolar yigʻinining “Qoʻshqarjiqqan” qoʻrgʻonida esa 550 nafar odam istiqomat qiladi. Yaqin vaqtlargacha bu yerda suvni tozalash qurilmasi ishdan chiqqani sababli undan umuman foydalanilmagan, uning oʻrnida esa faqat quduq bor edi. Mahalliy aholi toza boʻlmagan suvni yer ostidan tortib olishgan, uning sifati santiariya va gigiyena meʼyorlariga toʻgʻri kelmasdi. Muammo qishloq aholisi ehtiyojlarini aniqlash va rivojlanish rejalarini ishlab chiqish uchun hamjamiyatlarni safarbar qilish boʻyicha  navbatdagi uchrashuv chogʻida tilga olindi. Qoʻshma dastur, tuman maʼmuriyati va aholini oʻzini madadi bilan ushbu aholi qoʻrgʻonida suv loyihasini amalga oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar boshlab yuborilgandi.

Natijada suvni tozalash qurilmasi toʻliq taʼmirlandi, quvvati soatiga 8 kub metr boʻlgan suvni chuchiklashtiruvchi uskunasi oʻrnatildi, 4990 metrga suv tarmogʻi tortildi. 68ta uy xoʻjaligi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Shuningdek, 10 600 metr uzunlikdagi suv tarmogʻi “Baxitli” qishloq fuqarolar yigʻinining “Janamakan” qoʻrgʻonida va Chimboy tumanining “Gujimli” mahalla fuqarolar yigʻinida oʻrnatildi, bu esa 650 nafar aholini salomatliklariga zararsiz boʻlgan toza ichimlik suvi bilan taʼminlash imkonini berdi.

Izoh: UNDP Uzbekistan

Ayollarning salomatligi haqida qaygʻurib

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, har yili 1660 nafar ayolga bachadon boʻyni saratoni tashhisi qoʻyiladi va 800 nafari ushbu kasallik tufayli vafot etadi. Oʻzbekistonda saratonning bunday holati barcha yoshdagi xotin-qizlar oʻrtasida tarqalishi boʻyicha sut bezi saratonidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

Rasm: © UNDP Uzbekistan

Qoʻshma Dasturni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga insondagi papilloma virusini (IPV) aniqlash uchun testdan oʻtkazish uskunasi, test tizimlari va ishlatilinadigan materiallar taqdim etildi. Testdan oʻtkazish Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot, Chimboy, Bozatov, Moʻynoq, Qoraoʻzak, Shumanay, Xoʻjayli, Kegeyli, Qonlikoʻl va Nukus tumanlarida boshlandi va olib borilmoqda.  Loyihani amalga oshirish mobaynida testdan oʻtkazilishi rejalashtirilgan xotin-qizlarning 36 foizi tekshirildi, ularning besh foizida IPVning ijobiy tashhisi aniqlandi, 35 (bir foiz) nafar ayolda bachadon boʻyni saratoni gumonlanib, kelgusida tekshirish uchun onkoginekologlarga yuborildi.

Chimboyda koʻp tarmoqli tuman poliklinkasidagi uchrashuv chogʻida delegatsiya aʼzolari ushbu yoʻnalishdagi ishlar bilan tanishdilar. Bugungi kunga kelib 50 nafar ayol toʻliq davolandi, ikki nafari davolashning toʻliq kursini olish uchun Toshkentga yuborildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha hududlaridagi 34 000 nafardan ortiq qizlar va boʻlajak onalar temir preparati va foliy kislotasini olishdi. Gemoglobin darjasini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan monitoring loyihaning barcha ishtirokchilarida umumiy ahvol va qon koʻrsatkichi oʻrtacha 10 foizga yaxshilanganini koʻrsatdi.

Qoraqalpogʻistonga tashrifni yakunlar ekan, delegatsiya vakillari Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutida uchrashuv davomida birgalikdagi faoliyat natijalari va hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildilar.

BMTTD-YuNFPAning Yaponiya hukumati moliyalashtirayotgan “Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog’liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi 2019 yilning dekabr oyida ishga tushirilgan edi. Dasturning eng muhim yoʻnalishlari orasida quyidagilar oʻrin olgan: 1) olis qishloq joylarida texnik va institutsional bazani mustahkamlash orqali ularga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, hamda 2) daromad manbalarini yaratish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, hamda ichimlik suv bilan taʼminlashni ham qamrab olgan asosiy ijtimoiy xizmatlardan foydalanishni yaxshilash uchun inklyuziv biznes tashabbuslarni ishga tushirishga koʻmak berish.

 

 

 

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi
BMTAJ
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik Bo`yicha Jamg`armasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar