Press-reliz

COVID-19ning ta'siri to'g'risidagi ma'lumotlarni oilalar hayoti va tadbirkorlikda qo'llash

11 noyabr 2020

Bu tadbir O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi markazi tomonidan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR), Jahon Banki, Mahalla va Oila ishlari vazirligi hamda BMTTD (UNDP) bilan hamkorlikda o'tkazildi.

Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP) COVID-19 pandemiyasi va karantin oqibatida O'zbekistonning butun mamlakat miqyosida javob choralarini takomillashtirish hamda COVID-19 ning oilalarga ijtimoiy-iqtisodiy ta'siri, kichik va o‘rta biznesga qo'yiladigan cheklovlarni aniqlash maqsadida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) hamda Mahalla va Oila ishlari vazirligi bilan hamkorlik qildi. Bugungi onlayn konferensiyaning maqsadi – bu ma'lumotlarni asosiy qaror qabul qiluvchilarga taqdim etish va yig'ilgan ma'lumotlardan foydalanishning keyingi bosqichlarini aniqlashdir. Bu kelajakdagi harakat asoslari va COVID-19 ta'sirini minimallashtirishga qaratilgan qonunlar uchun asos bo'lishi taklif qilindi hamda O'zbekistonning pandemiyadan tiklanishini davom ettirishi kerakligi ta'kidlandi.

Rasm: © UNDP Uzbekistan

COVID-19 ning uy xo'jaliklariga ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirini o'rganish maqsadida 2020 yil may-iyun oylarida O'zbekistonning barcha hududlarida mahallalar yetakchiligida so‘rovnomao‘tkazildi. So'rovnomada 3670 nafar odam, shu jumladan, mahalla raislari (84,7%), ularningo'rinbosarlari (12,8%) va mahalla faollari (2,5%) ishtirok etdi, ularning 62,9% ini qishloqmahallalari tashkil etdi. So'rov natijalari pandemiya davrida kambag'al oilalar soni ortganiniko'rsatdi.

Pandemiya eng og'ir ta'sir ko'rsatgan uy xo'jaliklari sifatida kam ta'minlangan oilalar(so‘rovnoma ishtirokchilarining 48% qismi, ayniqsa Namangan va Samarqandda), ko'p sonlioilalar (so‘rovnoma ishtirokchilarining 40% qismi, ayniqsa Toshkent viloyatida) va ortgaqaytgan mehnat muhojirlari (so‘rovnoma ishtirokchilarining 55% qismi, ayniqsa Jizzax vaQashqadaryoda) qayd etilgan. Bu salbiy ta'sirlar, asosan, so‘rovnoma ishtirokchilarining 74% i tomonidan qayd etilgan daromadlarning kamayishi va 58% i tomonidan qayd etilgan isho‘rinlarining yo'qolishini o'z ichiga oladi.

Tadqiqot yana shuni ko'rsatdiki, ayollar va qariyalar uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqatmahsulotlarini tarqatish kabi moddiy yordam ko'ngilli yordamdan ko'ra muhimroqdir. Ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirlarni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Xususiy sektorga zarur bo‘lgan tovarlarni import qilish yoki mahalliy ishlab chiqarishnirag'batlantirish uchun iqtisodiy va ijtimoiy siyosat choralarini o'zgartirish;
  • Mahallalarda kichik xususiy tadbirkorlik subyektlari tashkil etilishini qo'llab-quvvatlashorqali yoshlar va ayollarni oilaviy tadbirkorlik bilan shug'ullanishga rag'batlantirish;
  • Ayollar va qizlarning yordam olishlari va ularning muammolari hal qilinishini osonlashtirish;
  • Ommaviy axborot vositalari orqali COVID-19 dan davolangan insonlarda xavf yo'qligini ommaga yetkazish.

Parallel ravishda o‘tkazilgan ikkinchi so'rovnoma butun mamlakat bo'ylab korxona va tashkilotlarning 887 ta intervyusiga asoslanib, COVID-19 pandemiyasining kichik va o‘rta biznesga ta'sirini ko'rib chiqdi. Unda aniqlanishicha, kichik va o‘rta biznes vakillari turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish sohalarida eng ko‘p zarar ko‘rgan, ularning katta qismi Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Toshkent shahri va Qoraqalpog'istonda joylashgan. Qishloq xo'jaligi, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari esa eng kam zarar ko‘rgan sohalardir. Ish jarayonlarini masofaviy shaklga o‘tkaza olmaslik, yoki internetga ulanish va zaruriy jihozlarning yetishmasligi tufayli masofadan turib ishlay olmaydigan korxonalar pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar bo‘ldi. 

Ushbu ikkinchi so'rovnoma hisobotida kichik va o‘rta biznesga ko'rsatiladigan yordam biznesni rivojlantirishdagi to'siqlarni bartaraf etish, soliq yuklarini kamaytirish, kredit stavkasini pasaytirish uchun institutsional muhitni yaratish orqali moliyaviy yordam olish imkoniyatlarini yaxshilash hamda masofaviy ishlashga o'tishni qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga olishi tavsiya qilingan.

11-noyabr kuni bo'lib o'tgan video konferensiyada ushbu tadqiqotlarning metodologiyasi va natijalari, qashshoqlikni kamaytirishning batafsil strategik yo'nalishlari, shu jumladan yordamga muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash ("temir daftarlar" da ko'rsatilganidek) va ishsizlik muammolarini hal qilish usullari taqdim etildi. Tadqiqot natijalarini O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishni kuchaytirish bo'yicha yangi qonunchilik va siyosatni ishlab chiqishda qo'llash zaruriyati barcha ishtirokchilar tomonidan ta‘kidlandi.

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi

Ushbu tashabbusda ishtirok etadigan boshqa tashkilotlar

Jahon Banki
Jahon Banki

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar