BMT Inson xavfsizligi boʼyicha koʼp tomonlama sheriklik Trast jamg'armasining 2020 yilga bo'lgan yillik hisoboti.
Qidirish
Barcha yoshdagi odamlarni kasalliklardan himoya qilish uchun vaksinalardan foydalanishni rag'batlantirish va jamoaviy harakatlar zarur
2023-yil 7-aprel – 2022-yil mart oyida Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi (O‘zOSU) Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Global Compact Oʻzbekistondan beshinchi aʼzosi boʻldi. BMT Global Compact mas'uliyatli biznes amaliyotlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va oshkor qilish uchun ixtiyoriy etakchilik platformasidir. 2000-yilda boshlangan BMT Global Compact dunyodagi eng yirik korporativ barqarorlik tashabbusi boʻlib, 160 dan ortiq mamlakatlarda joylashgan 15 000 dan ortiq kompaniya va 4 000 dan ortiq biznes ishtirokchilari va 70 dan ortiq mahalliy tarmoqlarga ega.
Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi (Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi) 2022 yilning 28-30 aprel kunlari Qoraqalpogʻistonga uch kunlik tashrifni amalga oshirdi. Mazkur tashrif Yevropa Ittifoqining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini ko’rsatadi.
Hozirgi kunda dunyoda 146 000 000 kimyoviy moddalar mavjud. Biz qanday moddalar haqida gapirayapmiz?
Nogironlik masalalari boʻyicha vazirliklararo muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikromov, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana va UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade tomonidan UNICEF, BMTTD, UNFPA va Inson huquqlari bo’yicha oliy komissar idorasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Qoʻshma dastur ishga tushirildi. Ushbu qo’shma dastur O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar, yoshlar va ayollar uchun inson huquqlariga asoslangan yondashuvni joriy etish orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini o‘zgartirishga qaratilgan.