Press-reliz

Jahon immunizatsiya haftaligi: Hamma uchun uzoq umr

25 aprel 2022

Barcha yoshdagi odamlarni kasalliklardan himoya qilish uchun vaksinalardan foydalanishni rag'batlantirish va jamoaviy harakatlar zarur

Rasm: © UNICEF Uzbekistan

Jahon immunizatsiya haftaligi doirasida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Hamma uchun uzoq umr” da’vati bilan jahon hamjamiyatiga qo‘shiladi va O‘zbekiston hukumatini bolalar va kattalar uchun hayotni asraydigan vaksinalar ta’minlaydigan mustahkam immunizatsiya tizimini yaratgani bilan tabriklaydi.

O‘zbekiston COVID-19 virusi bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay, muntazam emlash darajasini 95-98% darajasida ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, mamlakatning emlash bo’yicha milliy rejasi aholini COVID-19ga qarshi emlashning global modeli sifatida maqtovga sazovor bo'ldi.

“So‘nggi ikki yil O‘zbekistonda yetkazib berish va logistikaning barqaror tizimiga sarmoya kiritishning afzalliklarini ko‘rsatdi,” dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. "COVID-19 pandemiyasini boshdan kechirar ekanmiz, vaksina omborlari hamda tuman va birlamchi sog'liqni saqlash darajasida markazlashmagan sovuqlik zanjiriga yillar davomida sarmoya kiritish o'z samarasini berdi, bolalar va kattalar uchun hayotni saqlaydigan vaksinalarni yetkazib berishni ta’minladi."

So‘nggi 5 yil davomida milliy darajada emlashni qo‘llab-quvvatlash uchun mustahkam infratuzilmani yaratish bo‘yicha UNICEF O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik qilib kelmoqda. UNICEF 21 ta zamonaviy sovuqlik zanjiri ob'yektlarini foydalanishga topshirdi, ularni sovuq xonalar, muzlatgichlar va sovutgichlar bilan jihozladi. Bundan tashqari, u vaksinalarni tashish uchun maxsus avtotransport vositalarini yetkazib berdi hamda vaksinalarni boshqarishning logistika axborot tizimini ishlab chiqdi. Bu tadbirlarga jami 20 million AQSh dollariga yaqin mablag’ sarflandi.

Bu yil Jahon immunizatsiya haftaligi COVID-19 pandemiyasi paytida o'tmoqda. Uning bu yilgi mavzusi "Hamma uchun uzoq umr"; Vaktsinalar: uzoq va farovon hayot sari" bolib, u emlash barcha uchun har qachongidan ham muhimligini yana bir bor ta’kidlaydi. UNICEF O‘zbekiston hukumatini xaridlar, yetkazib berish va dasturni amalga oshirish bo‘yicha yetakchi agentlik sifatida COVID-19 ga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatladi. 2021 yil mart oyidan buyon UNICEF COVID-19 vaksinalariga adolatli ravishda ega bo’lishga qaratilgan COVAX global mexanizmi orqali Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi vaktsinalarning 25 millionga yaqin dozasini yetkazib berdi. Sog’iqni saqlash vazirligining 2022 yil 21-aprel holatiga ko‘ra bergan ma’lumotiga ko’ra, emlanishi lozim bo’lgan aholining 76% to’liq vaksina kursini olgan.

UNICEF hamkorlarni emlanishga ehtiyoji bo’lganlarni vaksinalar bilan ta’minlash hamda hamjamiyatlarning immunizatsiyaga tayorligini oshirish bo’yicha ishlarni davom ettirishga chorladi.

“Oʻzbekistonda emlash boʻyicha erishilgan yutuqlarni saqlab qolish uchun jamoatchilik va siyosiy iroda zarur,” deya qoʻshimcha qildi janob Mamedzade. "Jamoalar xushyor bo'lishlari va xizmatlardan foydalanishlari, hukumat va hamkorlar esa emlashni moliyalashtirishi va kerakli darajada qamrab olinmaganlarning immunizatsiyasini ta’minlashlari zarur."

Jahon emlash haftaligi har yili aprel oyining so'nggi haftasida nishonlanib, barcha yoshdagi odamlarni kasalliklardan himoya qilish uchun zarur bo'lgan jamoaviy harakatlarni ta'kidlashga, vaksinalardan foydalanishni rag'batlantirishga qaratilgan. Jahon emlash haftaligining maqsadi ko'proq odamlarni va hamjamiyatlarni emlash orqali oldini olish mumkin bo'lgan kasalliklardan himoya qilishga qaratilgan.

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Umidjon Xudaykulov

Immunizatsiya masalalari boʻyicha maslahatchi

Telefon: +998 71 233 95 12

El.pochta: ukhudaykulov@unicef.org

***

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha maslahatchi 

Telefon: +998 71233 95 12

El.pochta: negamberdieva@unicef.org

 

Nargiza Egamberdieva

Nargiza Egamberdieva

UNICEF
Kommunikatsiyalar bo'yicha maslahatchi

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar