Press-reliz

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Oʻzbekiston hukumati nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlari boʻyicha qoʻshma dasturni ishga tushirdi

24 may 2022

Nogironlik masalalari boʻyicha vazirliklararo muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikromov, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy  koordinatori Roli Astxana va UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade tomonidan UNICEF, BMTTD, UNFPA va Inson huquqlari bo’yicha oliy komissar idorasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Qoʻshma dastur ishga tushirildi. Ushbu qo’shma dastur O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar, yoshlar va ayollar uchun inson huquqlariga asoslangan yondashuvni joriy etish orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini o‘zgartirishga qaratilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq, nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari va inklyuziyasini rag‘batlantirish maqsadi BMTning mamlakat jamoasi uchun O‘zbekistonda hamkrorlikda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifa bo‘lib kelgan.

2021-yil iyun oyida O‘zbekiston Respubliaksi tomonidan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyani ratifikatsiya qilindi. Natijada mamlakatning inson huquqlariga sodiqligi, Konventsiya tamoyillariga muvofiq nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarini rag‘batlantirish va “Hech kimni ortda qoldirmaslik” tamoyiliga sodiqligi yana bir bor tasdiqlandi.

Rasm: © Anna Usova

Afsuski oldingi davrda mamlakatda nogiron kishilarning aksariyati bemorlar yoki xayriya obyektlari sifatida qabul qilingan. Mazkur qo’shma loyiha esa O’zbekistonda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun huquqiy, siyosiy, moliyaviy va kommunikatsiya sohalarida izchil va tizimli islohotlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etadi.

Ishga tushirilgan yangi dastur o’z faoliyatini quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratadi:

  1. Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan milliy rivojlanishni baholash, byudjet rejalari, dasturlari va monitoring mexanizmlari mamlakatda inklyuziv rivojlanishga koʻmaklashishini taʼminlash uchun BMTning Oʻzbekistondagi faoliyati doirasida nogironlikning integratsiyasini kuchaytirish..
  2. Kuchli qonunchilik va oqilona siyosat bazasi orqali muvofiqlashtiruvchi tuzilmalar va nogironlar bilan ishlovchi tashkilotlarini jalb qilish va tomonlarning majburiyatlarini birlashtirish.
  3. Jamiyatda nogiron bolalar, ayollar va erkaklarning mustaqilligini va jamiyatga qo'shilishini qo'llab-quvvatlashga, shuningdek institutsionalizatsiya, zo'ravonlik va beshavqat munosabatlarni oldini olishga qaratilgan inklyuziv shaxsga yo'naltirilgan va yoshga mos xizmatlarni rivojlantirish.
Rasm: © Anna Usova

“Nogironlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash barqaror, inklyuziv va yangi kelajakni barpo qiladi, unda har bir kishi oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi va hech kimni ortda qoldirmasdan, 2030-yilgacha belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish sari harakat qilishi mumkin”, - deya ta’kidladi BMTning doimiy koordinatori Roli Astana.

“Mazkur qo‘shma dastur Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyani joriy etish va amalga oshirish bo‘yicha ba’zi dolzarb vazifalarni hal qilish uchun muhim poydevor yaratadi, – dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammadzoda. "Biroq, bu zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun barcha manfaatdor tomonlarning jamoaviy mas'uliyatini talab qiladi", deya qo'shimcha qildi u.

Ushbu qo'shma dasturning qiymati 600 000 AQSh dollarini tashkil etadi va u keyingi ikki yil davomida amalga oshiriladi.

Qo‘shma dastur hukumat, xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, turli vazirlik va nogironligi bo’lgan shaxslar tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

 

 

 

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

BMTIQOKB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari Boʻyicha Oliy Rkomissari Boshqarmasi
BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi
BMTAJ
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik Bo`yicha Jamg`armasi
UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar