Press-reliz

BMT shafeligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasi Yevropa Ittifoqining ko‘magini yuqori baholaydi va moliyalashtirilgan loyihalar natijalarini taqdim etdi

30 aprel 2022

Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi (Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi) 2022 yilning 28-30 aprel kunlari Qoraqalpogʻistonga uch kunlik tashrifni amalga oshirdi. Mazkur tashrif Yevropa Ittifoqining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini ko’rsatadi.

30 aprel kuni Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi BMT shafeligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasi (Trast jamg'arma) tomonidan moliyalashtirilgan loyihaning ob’ektlaridan biriga tashrif buyurdi. BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlshtiruvchisi, Roli Astxana xonim va hukumat vakillari elchilarga Trast jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilgan BMT Taraqqiyot dasturi/YUNESKO qoʻshma dasturi – Tazakonis mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichimlik suvini tozalash inshooti va Taxtakoʻpir tumani oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasiga tashrifi chogʻida hamrohlik qildi. Mazkur loyiha qishloqlarning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish orqali Orolbo‘yi mintaqasida Inson xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan.

Rasm: © BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi

Taxtako‘pir tuman o‘rmon xo‘jaligi boshlig‘i Trast jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha tuman o‘rmon xo‘jaligining texnik salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlashtirish ishlari hajmini ko‘paytirishga hissa qo’shdi deb qisqacha ta’kidladi. Tashkilotnig texnik imkoniyatlarini mustahkamlanishi 3000 gektar maydonda saksovul va boshqa turlarni ekishga yordam berdi, bu loyihani amalga oshirishdan oldin  olti barobar ko'pdir. O‘rmonlar barpo etilishi O‘rmon xo‘jaligi xodimlarining daromadlarini oshishiga olib keldi. Loyiha doirasida “O‘rmonzorlashtirishning innovatsion usullari” mavzusida o‘tkazilgan treninglar orqali 16 tuman o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasining 100 nafardan ortiq xodimlarining kasbiy mahorati oshirildi.

BMTning O‘zbekistondagi Doimiy koordinatori, Roli Astxana xonim “Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasining Taxtako‘pir tumani va beshta mahalla fuqarolar yig‘inidagi faoliyati nafaqat BMTning Orolbo'yi mintaqasi aholisiga majburiyatidan dalolatdir, balki Yevropa Ittifoqi kabi BMT hamkorlari hamda O‘zbekiston, Finlyandiya, Norvegiya va Koreya Respublikasi hukumatlari, shuningdek, Al-Valid xayriya tashkilotlari bilan birgalikda Orol dengizi halokati sabab davom etayotgan inqiroz sharoitida Qoraqalpog‘istonda hech kim chetda qolmasligini ta’minlashga tayyor ekanliklari haqida butun dunyoga aniq xabardir” deya takidladi.

Rasm: © BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Badriddin Abidov Yevropa Ittifoqi bilan Trast jamgʻarmasi doirasida yanada yaqinroq hamkorlik qilishga umid bildirdi. “Shubhasiz, Qoraqalpog‘iston hamjamiyatlariga ko’mak ko‘rsatish – mahalliy hamjamiyatlarning barqarorligini oshirish va butun Orolbo‘yi mintaqasining barqaror rivojlanishini Yevropa Ittifoqi kabi hamkorlar ko‘magisiz amalga oshirib bo‘lmaydi”  deb takidladi janob Abidov.  

Malumot uchun:

2018 yilda BMT shafeligida tashkil etilgan Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasi Orolbo‘yi mintaqasida istiqomat qiluvchi hamjamiyatlarning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hal qilishda milliy va xalqaro darajada hamkorlikni amalga oshirish va barqaror rivojlanish sohasida global maqsadlarga erishish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni tezlashtirish uchun yagona platformani taqdim etadi.

2020 yilning 29 mayida Finlyandiya hukumati va BMT ko'psheriklik trast jamg'armasining Nyu-Yorkdagi Ofisi Finlyandiyaning Trast jamg'armaga 1 million yevro miqdorida hissa qo'shishi to'g'risidagi bitimni imzolangan. 2020 yilning 19 iyunida Finlyandiya hukumati 1 million yevro miqdoridagi mablag'ni Trast jamg'arma hisobiga o'tkazgan.

2020 yilning fevral oyida Yevropa Ittifoqi va BMT ko'psheriklik trast jamg'armasining Nyu-Yorkdagi Ofisi o‘rtasida Trast jamg’armaga 5,2 million yevro miqdoridagi badal to‘lash to‘g‘risidagi Bitim imzolangan va 2020 yilning mart oyida Yevropa Ittifoqi Trast jamg'armasi hisobiga 5,5 million AQSh dollari o‘tkazgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi
UNESCO
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, Fan va Madaniyat Masalalari Bo'yicha Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar