O'zbekiston hukumati BMT agentliklari bilan hamkorlikda BRM qo'shma jamg‘armasi homiyligida BMTning birinchi qo‘shma dasturini yakunladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-2022 yillar davomida Dastur doirasida ijtimoiy himoya tizimida erishilgan yutuqlar to‘g‘risida hisobot berdi.
Qidirish
2-3 mart kunlari Toshkent shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan urug‘ yetishtirish va sifatini nazorat qilish mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotlari Global Ekologik Jamg‘arma (GEF) tomonidan moliyalashtirilgan FAOning “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” loyihasi (CACILM-2) doirasida tashkil etildi.
BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va taraqqiyot vazirligi (FCDO) bilan birgalikda “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga yoshlarni jalb qilish” mavzusida loyiha doirasida ishlab chiqilgan “Iqlim o'zgarishi. Muzokaralar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konvensiyasi (COP-26) ” mavzusidagi yangi onlayn kursga ro'xatdan o'tgan ishtirokchilar uchun birinchi munozarani o‘tkazdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) qishloq xo‘jaligidagi innovasion tajribalarni Orolbo‘yidagi uy xo‘jaliklari darajasida targ‘ib qilish maqsadida treninglar seriyasini davom ettirmoqda. 9-11 mart kunlari Qoraqalpog‘iston respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida O‘zbekiston "Agrar soha ayollari" uyushmasi bilan hamkorlikda bog‘dorchilik va suvni tejaydigan texnologiyalar bo‘yicha treninglar tashkil etildi. Treninglar aholining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan zaif qatlamlari vakillari salohiyati, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning yer resurslaridan samarali foydalanishlari va shu orqali o‘z oilalari daromadlarini oshirishiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Orolbo‘yi mintaqasidagi aholini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasiga (Trast jamg'arma) navbatdagi 1,5 million dollar miqdoridagi salmoqli hissasini qo‘shdi. Bu O'zbekiston Hukumati tomonidan taqdim etilgan to'rtinchi moliyaviy yordamdir.
Global yashil o‘sish institutining (GGGI) O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi idorasi BMTning barqaror rivojlanish bo'yicha Hamkorlik Dasturi doirasidagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) erishishga hissa qo'shish bo’yicha Harakatlar to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar.
30-mart kuni Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida joylashgan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida Xalqaro kichik hajmli baliqchilik va akvakultura yili doirasida "Oʻzbekiston Respublikasida kichik hajmli baliqchilik va akvakulturani rivojlantirish istiqbollari" mavzusida amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Turkiya Respublikasi hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida FAO-Turkiya hamkorligi dasturining bir qismi boʻlgan FISHCap (Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Turkiyada baliqchilik xoʻjaligi va akvakulturani barqaror boshqarish uchun salohiyatni rivojlantirish) loyihasi doirasida tashkil etilgan boʻlib, ushbu dastur davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Joriy yilning 25 mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), Moliya vazirligi, Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi (ICD) va “Ansher Capital” hamkorligida “Sukuk – O'zbekiston kompaniyalari va banklari uchun istiqbolli muqobil moliyalashtirish manbai” mavzusida vebinar tashkil etildi. Tadbir Islom tashkilotlarining moliyalashtirish vositalarini o'zlashtirish va kelgusi ishlar yo'nalishini belgilash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish sohasida qulay maydonga aylandi.