Yevropa Ittifoqi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qo‘shma loyihasi doirasida xarid qilinib, O‘zbekiston sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va aholi salomatligi xizmatiga topshirilgan qariyb 5,500 tonna shaxsiy himoya vositalari Toshkentda ishlab chiqarildi. Mahsulotlar sifati barcha zarur talablarga javob beradi.
Qidirish
Bugun BMT taraqqiyot dasturi Qo'ng'irot, Mo'ynoq, Bo'zatau tumanlari va Nukus shahridan 18-30 yoshgacha bo'lgan yoshlar uchun tadbirkorlik asoslari va startap tashabbuslarini boshlash bosqichlari bo'yicha ikki kunlik trening o'tkazmoqda.
Chorvachilik Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumani aholisi uchun muhim daromad manbalaridan biridir. Ammo shuni tan olish kerakki, ushbu hududning qishloq aholisining ilg‘or texnologiyalar, ta'lim va maslahat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari birmuncha cheklangan. Ayni paytda, sog‘in sigirlarni to‘g‘ri parvarish qilish, sut mahsulotlari olishda sanitariya-gigiena me'yorlariga rioya qilish, yirik va mayda shoxli mollarni turli kasalliklardan himoya qilish bevosita sohaning samaradorligiga ta'sir qiladi.
YUNESKOning Oʼzbekistondagi Vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Oʼzbekistonning qishloq hududlarida ish bilan taʼminlash uchun koʼnikmalarni rivojlantirish" loyihasi doirasida, loyiha Boshqaruv Qoʼmitasining ikkinchi yigʼilishini oʼtkazdi.
Bugun 13 fevral Butunjahon radio kuni. Shu munosabat bilan, jamoamiz radio jurnalist Nozima Toshpulatova bilan suhbatlashdi.
BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi O‘zbekistondagi Termiz yuk markazidan Tojikistonga asosiy yordam buyumlari bilan birga 20 tonna gumanitar yordam jo‘natdi. Yetkazib berish BMTning Qochoqlar ishlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Tojikiston hukumatiga Afg‘onistondan ehtimoliy qochoqlar oqimiga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berish bo‘yicha sa'y-harakatlarining bir qismidir.
Jahon miqyosidagi maʼlumotlarga koʻra, Internet foydalanuvchilarining uchdan bir qismini 18 yoshgacha boʻlgan bolalar tashkil etadi va har yarim soniyada bir bola birinchi marotaba Internet tizimiga kiradi.