Press-reliz

O‘zbekiston Hukumati Orolbo‘yi mintaqasi aholisini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda

28 mart 2022

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Orolbo‘yi mintaqasidagi aholini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasiga (Trast jamg'arma) navbatdagi 1,5 million dollar miqdoridagi salmoqli hissasini qo‘shdi. Bu O'zbekiston Hukumati tomonidan taqdim etilgan to'rtinchi moliyaviy yordamdir.

Hukumat Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda Trast jamg'armaning hamraisi sifatida 2018 yilda jamg'armaning birinchi donoriga aylandi. Davlatning misli ko‘rilmagan ko‘magida Qoraqalpog‘istonda 20 mingdan ortiq aholi jamg‘arma dastur va loyihalari samarasidan bahramand bo‘ldi. Xususan, Tazakonis, Beltau, Mulk, Marjonko‘l va Jandaryodagi beshta qishloq fuqarolar yig‘inida 3500 nafar aholi toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, 2021 yilda Nukus shahri, Qo‘ng‘irot va Beruniy tumanlaridagi uchta perinatal markazda 12 mingdan ortiq ona va chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatildi. Kichik biznesning 13 ta loyihasi qo‘llab-quvvatlanib, 60 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.

Rasm: © BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi

BMTning jamg'arma faoliyatida ishtirok etuvchi tashkilotlari, rivojlanish bo‘yicha milliy va mahalliy hamkorlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, Trast jamg'arma o‘zining rivojlanish dasturlari orqali Orolbo‘yi mintaqasidagi jamoalar hayotini o'zgartirishga intiladi. Jamg‘armaning maqsadi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, tibbiy xizmatni takomillashtirish, “hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik” keng qamrovli tamoyil asosida inson kapitalini mustahkamlash hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri janob Sardor Umurzoqovning ta’kidlashicha “Orolbo‘yi mintaqasida barqarorlikka erishish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish, shuningdek, muvofiqlashtirishni takomillashtirish uchun inklyuziv, shaffof va samarali mexanizmni qo‘llash zarur”.

Ma'lumot uchun:

2018 yilda BMT shafeligida tashkil etilgan Trast jamg‘armasi Orolbo‘yi mintaqasida istiqomat qiluvchi hamjamiyatlarning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hal qilishda milliy va xalqaro darajada hamkorlikni amalga oshirish va barqaror rivojlanish sohasida global maqsadlarga erishish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni tezlashtirish uchun yagona maydonni taqdim etadi.

2018 yilning 27 noyabr kuni O‘zbekiston Hukumati va BMTning Ko‘p sheriklik trast jamg‘armasining (MPTF) Nyu-Yorkdagi vakolatxonasi o‘rtasida BMT shafeligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasiga 6,5 ​​million dollar miqdorida mablag‘ ajratish bo‘yicha Standart ma’muriy kelishuv imzolanib, unga asosan O‘zbekiston Hukumati mazkur mablag’ni 2019 yildan 2022 yilgacha to‘rtta transhda o‘tkazishi belgilab qo’yilgan.

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti
BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi
UNESCO
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, Fan va Madaniyat Masalalari Bo'yicha Tashkiloti
BMTAJ
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik Bo`yicha Jamg`armasi
UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi
BMTGJB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand Moddalar va Jinoyatchilikka Qarshi Kurashish Bo'yicha Boshqarmasi
JSST
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar