O'zbekistonda biznes qurishning huquqiy asosi
Bu yil O'zbekistonning Jahon Banki Biznes yuritish indeksi 7 pog'onaga ko'tarilib, 69 -o'ringa chiqdi va Lyuksemburg, Qatar va Janubiy Afrikani ortda qoldirdi.
Ushbu raqam nimalarni anglatadi?
Bu yil O'zbekistonning Jahon Bankining Biznes yuritish indeksi bo'yicha o‘rni 7 pog'onako'tarilib, 69-o'ringa chiqdi hamda Lyuksemburg, Qatar va Janubiy Afrikani ortda qoldirdi. Shuningdek, indeksda O'zbekiston milliy biznes muhitini yaxshilash borasida eng ilg'oryutuqlarni ko'rsatayotgan davlatlar ro'yxatida keltirilgan va "Shartnomalarni bajarish" bandibo'yicha 41-o'rindan 22-o'ringa ko'tarilgan.
Shu bilan birga, Financial Post, Economist va CNN kabi yirik xalqaro ommaviy axborotvositalari o‘z e'tiborini O'zbekistonning yangi biznes imkoniyatlariga, xususan, turizmsohasiga qaratdi.
Darhaqiqat, mamlakat xalqaro investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha faol ish olib borayotgan birvaqtda bu kabi reytinglar biznes sohasidagi mamlakat milliy imidjni ancha mustahkamlaydi. Tadbirkorlar uchun O'zbekistonning Jahon Banki Biznes yuritish indeksida oldinga siljishiularni yuzaga kelishi mumkin bo'lgan mojarolarni qonuniy hal qilish mumkinligigaishontirishga yordam beradi.
O'zbekiston mahalliy tadbirkorlar uchun ham, xalqaro investorlar uchun ham o'zini biznesqilish uchun xavfsiz va ishonchli joy sifatida namoyish etmoqda. Bu natija biznes va qonunustuvorligi o’rtasidagi hamkorlik mahsulidir.
Rivojlanish, biznes va adolat
Biznesni rivojlantirish O'zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan buyon milliyustuvor vazifa bo'lib kelmoqda, uni hukumat ham, fuqarolik jamiyati ham qo'llab-quvvatlamoqda. Darhaqiqat, o'tgan yilning oxiriga kelib, band bo'lgan har to'rt kishidanuchtasi kichik va o'rta biznesda mehnat qilardi, bu korxonalar iqtisodiyotning qariyb 60 foizinitashkil etadi degani. Biroq, 2016 yilgacha bo'lgan davrda tadbirkorlar ko'p hollarda haddantashqari byurokratiya va korrupsiyadan jabr ko‘rgan.
Biznes yuritish cheksiz halqalardan sakrashni, ba'zan esa ta'qib va tovlamachilik tahdidlarigaduch kelishni anglatardi. Uyushgan jinoyatchilik xavfi va qonun ustuvorligining yo'qligi yangimahalliy korxonalarni bo'g'ib qo'yardi, xalqaro sarmoyadorlar esa tuzilgan shartnomalar ijrosikafolatlanishiga ishonishmasdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi hamda undan keyingi milliy islohotlar jarayoni varivojlanish strategiyasi hukumat va sudlarning birinchi navbatda odamlarning ehtiyojlariniqondirish, ommaviy axborot vositalarining erkinligini mustahkamlash va fuqarolarmanfaatlarini birinchi o'ringa qo'yishini ta'minlashga qaratildi.
Ushbu islohotlar adliya tizimi orqali mahalliy va xalqaro tadbirkorlarning huquqlarini yaxshiroqhimoya qilishga turtki bo'ldi. Bunga misol mamlakatda ilk bor Biznes Ombudsman tizimi yaratilishi bo‘ldi.
Agar BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi faoliyatiga nazar tashlasangiz, biznes o'n yildan oshiq vaqt mobaynida milliy rivojlanish tashabbuslari markazida bo'lganligini ko‘rishingiz mumkin. Biz tadbirkorlar hamda mahalliy, mintaqaviy va milliy biznesni rivojlantirish, ularni xalqaro bozorlarga olib chiqish va global sarmoyalarni jalb qilish tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaymiz.
Shu bilan birga, mahalliy korxonalarning, xalqaro investorlarning O'zbekistonda tuzilgan bitimlari himoyalanishi va mamlakatga nisbatan ishonchning mustahkam bo'lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Biznes yuritish jarayonlarini soddalashtirish va sarmoyaviy ishonchni mustahkamlash bizning O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi va USAID bilan birgalikda amalga oshirayotgan "Qonun ustuvorligi yo’lida hamkorlik" loyihamiz asosiy natijalaridan bo'ldi.
O'zbekiston ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi yirik xalqaro brendlarni o‘ziga jalb qilgan bo'lsa-da, biz kichik biznes ham islohotlardan foyda ko'rishini ta'minlashimiz kerak. Hozirgacha biz quyidagi yo‘nalishlarni qo'llab-quvvatladik:
- Shaffoflik va odil sudlovdan foydalanishning ilg‘or raqamli imkoniyatlarini yaratish.Bizning loyiha bilan hamkorlikda tashkil etilgan Oliy Sudning yangi veb-saytida sud faoliyati va qarorlari to'g'risidagi ma'lumotlarni osongina olish mumkin hamda unda qonunchilik to'g'risidagi ma'lumotlar bazasi, murojaat etuvchilarga ko'rsatmalar va sud to'lovlarini to'lashning markazlashtirilgan vositalari mavjud. "Vaqt puldir" deyilganidek, bu xususiyatlar korxonalarga nizolarni tez va arzon hal qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, xalqaro miqyosda e'tirof etilgan E-SUD tizimi arizalarni ko'rib chiqish samaradorligi va sifatini oshirib, sudga murojaatlarni onlayn tarzda yuborish imkoniyatini beradi.
- Vositachilik amaliyotini sud nizolarini hal qilishning tezkor usuli sifatida tadbiq etish.BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekiston Oliy Sudi bilan hamkorligi fuqarolarga sudga murojaat qilmasdan, keraksiz xarajatlardan qochish va ishbilarmonlik aloqalarini saqlab qolish imkonini beruvchi "Vositachilik to'g'risida"gi qonunni yaratishga yordam berdi.
- Sud tizimlarini takomillashtirish. Da'volarni ko'rib chiqish bo'yicha sud tartib-taomillarini soddalashtirish va nizolarni hal qilish uchun sudgacha eshituv jarayonlarini joriy etish, ishni davom ettirishni qisqartirish choralari va sud axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish sud tizimi biznes egalari uchun ishlayotganiga ishonchni oshiradi.
Ushbu o‘zgarishlar fuqarolarga ham, tadbirkorlik subyektlariga ham O'zbekiston sudlariga kirishni ancha osonlashtirdi va ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari yetarli darajada himoya qilinishini ta'minladi.
Oldinga va yuqoriga
O'zbekistonning Jahon Banki Biznes yuritish indeksidagi ijobiy ko'rsatkichlari xursand bo’lishga arziydi va ayni paytda, tegishli zaruriy huquqiy asoslar yaratilsa, O'zbekiston xususiy biznes sektori uchun qanchalik foydali bo‘lishini ko'rsatadi.
2020-yilda mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish va yuritishni osonlashtirish, odil sudlovga erishishni tezlashtirish va sud tizimi qulayligini yaxshilash kabi o‘zgarishlar kutilmoqda. Yuridik shaxslar soliq to'lovchilarning hisob varaqlari orqali elektron shaklda da'vo va qo'shimcha arizalarni sudlarga taqdim etishlari mumkin bo'ladi. Bu nafaqat arizani ko'rib chiqishni tezlashtiradi, balki Biznes yuritish indeksidagi "Da’volarni ko"rib chiqish" ko'rsatkichi bo'yicha O'zbekistonning reytingini yaxshilaydi.
Va nihoyat, eng muhimi, tadbirkorlik to'g'risidagi qonunlar birinchi marta qonunni buzgan shaxslarga nisbatan kechirimliroq bo'linishiga harakat qilinmoqda. 2020-yil iyun oyidan boshlab birinchi marta bojxona qoidalarini buzgan, lekin keyinchalik ixtiyoriy ravishda tovar uchun to'lovlarni amalga oshirgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o'tgan tadbirkorlar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.
O'zbekiston o'zining biznes qonunchiligini isloh qilish va takomillashtirishni davom ettirar ekan, fuqarolar manfaati uchun uning yangi biznes makoni sifatidagi obro'si o'sib boraveradi.