Press-reliz

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va YUNESKO tomonidan amalga oshirilayotgan "Oʼzbekistonning qishloq hududlarida ish bilan taʼminlash uchun koʼnikmalarni rivojlantirish" loyihasi doirasida asosiy natijalar va rejalar muhokama qilindi

23 iyun 2022

YUNESKOning Oʼzbekistondagi Vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Oʼzbekistonning qishloq hududlarida ish bilan taʼminlash uchun koʼnikmalarni rivojlantirish" loyihasi doirasida, loyiha Boshqaruv Qoʼmitasining uchinchi yigʼilishini oʼtkazdi. 

Tadbirda Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirining oʼrinbosari, Qishloq xoʼjaligi va Suv xoʼjaligi vazirliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining xodimlari, shuningdek, YUNESKO bosh qarorgohi vakili va Yevropa Ittifoqining Oʼzbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi vakillari va loyihadan manfaatdor tashkilotlar ishtirok etdilar. Yigʼilishda loyihaning 2022-yil birinchi yarmida erishgan natijalari koʼrib chiqildi va 2022-yil ish rejasiga kiritilgan tadbirlarning qolgan qismi ko’rib chiqildi.

Rasm: © YUNESKOning Oʼzbekistondagi Vakolatxonasi

Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirining oʼrinbosari, loyiha boshqaruv qoʼmitasi raisi, Sadoqat Siddikova honim qutlov nutqida: "Biz loyihaning O‘zbekistonda professional ta’limni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholaymiz. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqaruvi tizimini  takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorida bu boradagi ishlar muhimligi ta’kidlandi va professional ta’lim  muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish Departamenti tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda ishtirok etgan barcha hamkorlarimizga vazirlik nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va samarali hamkorlikka umid qilamiz”,- dedi u.

YUNESKOning Oʼzbekistondagi Vakili v.v.b janob Аleksandros Makarigakis, loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishilganligi haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi: “Professional ta’lim  (TVET)  strategiyasi yaqinda yakunlandi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshirildi.  Milliy sifat kafolati tuzilmasini yaratish uchun asos bo‘ladigan professional ta’lim sifat asoslari loyihasi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, loyiha qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sohalarida sektor malaka kengashlarini ishga tushirishni qo‘llab-quvvatlamoqda va mehnat bozorini o‘rganish instituti bilan hamkorlikda ikki  sektor  uchun kasbiy xaritalar loyihasini ishlab chiqdi. Milliy kasbiy standartlarni ishlab chiqishda ushbu xaritalarga tayaniladi va  2022–yil davomida yakunlanishi kutilmoqda. Qoragalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridagi tajriba kollejlarining infratuzilmasini o‘rganishning dastlabki bosqichi amalga oshirildi va tenderlar tayyorlanishi bilan ishlar shu yildayoq boshlanishi rejalashtirilmoqda. Nihoyat, hamkor institutlar bilan birgalikda o‘quv dasturlarini yangilash va keying bosqichda xarid qilinadigan zarur jihozlarni aniqlash ishlari olib borilmoqda”.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasining hamkorlik bo‘limi rahbari janob Fransua Bejo loyihaning borishidan mamnunligini bildirdi: “Ushbu loyiha Yevropa Ittifoqi uchun strategik ahamiyatga ega, chunki uning maqsadi qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi sohasida tegishli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yangi avlodni tayyorlashdir. Bu qishloq aholisi farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishiga yordam berishi ko’zda tutligan”, - deb ta’kidladi.

Loyiha haqida maʼlumot:

YUNESKO va Yevropa Ittifoqi Oʼzbekiston hukumati bilan hamkorlikda, ushbu loyihani 2020-yilda ishga tushurishgan. Yevropa Ittifoqi 2020-2024-yillarda, Oʼzbekistonning Qoraqalpogʼiston, Xorazm, Buxoro va Surxondaryo kabi toʼrtta viloyatlarida ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida 9,6 million yevro mablagʼ ajratgan. Loyiha tugallangandan soʼng, uning natijalari ayollar va erkaklar barqaror, diversifikatsiyalangan va modernizatsiya qilingan qishloq xoʼjaligida yuqori mahsuldorlikka erishishlari uchun tegishli koʼnikmalarga ega boʼlishlari orqali qishloq hududlarida turmush darajasini yaxshilashga yordam beradi.

YUNESKO haqida

YUNESKO 1945-yilning 16-noyabr sanasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan muassasasi sifatida tashkil etilgan. U taʼlim, fan, madaniyat, aloqa va axborot orqali tinchlik, qashshoqlikni yoʻqotish, barqaror rivojlanish va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga yordam beradi. YUNESKOʻning Oʻzbekistondagi faoliyati YuNESKOʻning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan shtab-kvartira, Bangkok, Jakarta va Olmaotadagi mintaqaviy vakolatxonalar, shuningdek, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan yaqin hamkorlikda rejalashtiriladi va boshqariladi.

 

Veb sahifa:https://en.unesco.org/fieldoffice/tashkent/tvetuz

Facebook: www.facebook.com/UNESCO.Tashkent

 

 Yevropa Ittifoqi haqida

27 aʼzo-davlatlardan iborat boʻlgan Yevropa Ittifoqi dunyodagi eng katta yordam beruvchi donor hisoblanadi. Oʻzbekiston 2021-2024 yillar davomida 76 million-yevro miqdorida ikki tomonlama yordam oladi. Shuningdek, Oʻzbekiston chegaralarni boshqarish va giyohvand moddalarni nazorat qilish, taʼlim, demokratiya va inson huquqlari, energetika, transport, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish, tinchlik va barqarorlik, suv/ekologik va yadroviy xavfsizlik kabi sohalarda mintaqaviy va tematik yordam olmoqda. Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonda 1996-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va har yili rivojlanish maqsadida, yordam tariqasida 24 million yevroga yaqin mablagʻ taqdim etadi.

Veb sahifa: http://eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan

Facebook:  www.facebook.com/eudeluzb

Batafsil maʼlumot olish uchun:

Loyiha bilan bogʻlanish uchun:

eu.tvetuz@unesco.org

 

Batafsil maʼlumot olish uchun:

Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi

DELEGATION-UZBEKISTAN@eeas.europa.eu

 

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UNESCO
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, Fan va Madaniyat Masalalari Bo'yicha Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar