Nogironlik masalalari boʻyicha vazirliklararo muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikromov, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana va UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade tomonidan UNICEF, BMTTD, UNFPA va Inson huquqlari bo’yicha oliy komissar idorasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Qoʻshma dastur ishga tushirildi. Ushbu qo’shma dastur O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar, yoshlar va ayollar uchun inson huquqlariga asoslangan yondashuvni joriy etish orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini o‘zgartirishga qaratilgan.
Qidirish
Qidiruv natijalari: barqaror rivojlanish
30-mart kuni Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida joylashgan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida Xalqaro kichik hajmli baliqchilik va akvakultura yili doirasida "Oʻzbekiston Respublikasida kichik hajmli baliqchilik va akvakulturani rivojlantirish istiqbollari" mavzusida amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Turkiya Respublikasi hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida FAO-Turkiya hamkorligi dasturining bir qismi boʻlgan FISHCap (Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Turkiyada baliqchilik xoʻjaligi va akvakulturani barqaror boshqarish uchun salohiyatni rivojlantirish) loyihasi doirasida tashkil etilgan boʻlib, ushbu dastur davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Men Prezident Mirziyoyevning global va mintaqaviy muammolarni aniq baholaganligini yuqori baholayman va taklif va tashabbuslarini mamnuniyat bilan qabul qilaman
Birlashgan millatlar tashkiloti O’zbekistondagi doimiy vakilining Xalqaro imkoniyati cheklangan insonlar kuniga bag’ishlangan muzokaralar chog’idagi bayonoti
Xalqaro iqlim tashabbusi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim bilan bogʻliq koʻp sheriklik maqsadli jamgʻarmalariga asosiy hissa qoʻshuvchi boʻlgan Germaniya Federativ Respublikasi hukumati Orolbo'yi mintaqasi uchun Trast jamg‘armasiga (hozirda BMT shafeligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik Trast jamg'armasi deb nomlanadi) 700 000 evro miqdorida hissa qoʻshdi.
- Bugun O'zbekistonning BMTning oziq-ovqat tizimlari bo'yicha sammitiga tayyorgarligi doirasida Ikkinchi submilliy dialog bo'lib o'tdi. Ushbu dialog O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) manfaatdor vazilriklar va davlat idoralari, shuningdek xalqaro va jamoat tashkilotlari va hususiy korhonalar vakillari ishtirokida o’tkazildi.
BMTning O'zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzerning kirish so'zi