BMT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi imkoniyati cheklangan insonlar uchun ishlab chiqilgan yangi dasturni olqishlaydi
04 dekabr 2017
Birlashgan millatlar tashkiloti O’zbekistondagi doimiy vakilining Xalqaro imkoniyati cheklangan insonlar kuniga bag’ishlangan muzokaralar chog’idagi bayonoti
Birlashgan millatlar tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi Prezidentning "Imkoniyati cheklangan insonlar uchun Davlat dasturi to’g’risida" gi qarori qabul qilinishini iliq kutib oldi.
Davlat dasturi O’zbekistonning eng og’riqli muammolaridan biri hisoblangan ushbu masalanibarqaror rivojlanish sa’y-harakatlari markaziga qo’yishga imkon beradi. Bu esa hukumatningBarqaror rivojlanish maqsadlari bo’yicha hech kimni e’tiborsiz qoldirmaslik tashabbuslarigato’liq mos keladi. Ushbu Davlat dasturi imkoniyati cheklangan insonlarning O’zbekistonda o’ziqtisodiy va ijtimoiy huquqlaridan foydalanishlarini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovlihukumat harakatidir.
BMT, xususan, quyidagi uchta yo’nalishda ijobiy o’zgarishlar bo’lishidan mamnun bo’ladi:
Birinchi yo’nalish bu ma’lumotlarni to’plash sohasi bo’lib, bu orqali biz O’zbekistondagiimkoniyati cheklangan insonlarning holatini aniqroq bilib olishimiz va aniq maqsadlargayo’naltirilgan harakat dasturini ishlab chiqishimiz mumkin.
Ikkinchi yo’nalish esa ushbu Davlat dasturi BMT ning imkoniyati cheklangan insonlarhuquqlari to’g’risidagi konvensiyasini imzolashga tayyorgarlik vazifasini o’tashi lozim.
Uchinchi yo’nalish shundan iboratki, Davlat dasturi "nogironlar" atamasini qayta ko’rib chiqishiva ushbu atama tibbiy ta’rifdan ijtimoiy ta’rifga aylanishini ta’minlashi lozim. Ushbu holat esaimkoniyati cheklangan insonlarga nisbatan inson huquqlariga asoslangan munosabatnita’minlash bo’yicha xalqaro sa’y-harakatlarga mos keladi.
Shuningdek, Davlat dasturi doirasida O’zbekiston hukumati BMT Bola huquqlari bo’yichaqo’mitasining 2013-yilda bergan tavsiyalarini inobatga olayotganini mamnuniyat bilan e’tirofetamiz.
Biz Prezidentning jamoatchilik bilan muloqotga bo’lgan e’tiborini inobatga olgan holda, Davlatdasturini tayyorlash jarayoni o’zaro muloqot va maslahatlashilgan holda o’tganinita’kidlashdan juda mamnunmiz. Birlashgan millatlar tashkiloti, boshqa ko’plab manfaatdortomonlar qatorida, Davlat dasturini ishlab chiqishda o’z hissasini qo’shishga taklif qilindi vabizning ko’pgina ma’lumotlarimiz dasturning yakuniy namunasiga kiritildi. Ushbu hamkorlikjarayonining davom etishi hamda imkoniyati cheklangan insonlar va tegishli tashkilotlar ularniqo’llab-quvvatlashi, ularning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan harakatni ishlab chiqishi vaamalga oshirishda doimiy ravishda ishtirok etishi juda muhimdir.
Prezident qarori ijrosi 2030-yilga qadar mo’ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlaribajarilishiga hissa qo’shishini ta’kidlashdan mamnunmiz. Birlashgan millatlar tashkilotiningO’zbekistondagi vakolatxonasi mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Davlatdasturi maqsadlarini amalga oshirishda hukumatni qo’llab-quvvatlashga doim tayyor.
Imkoniyati cheklangan shaxslar bo’yicha Davlat dasturining qabul qilinishi – bu O’zbekistonhukumatining barqaror rivojlanishga, xususan, hech bir fuqaroni e’tibordan chetdaqoldirmaydigan yo’ldan borishga azm-u qaror qilganligining yorqin belgisidir.