Press-reliz

​Germaniya Orolbo’yi mintaqasi bo‘yicha jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistondagi iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashda davom etmoqda

16 dekabr 2022

Xalqaro iqlim tashabbusi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim bilan bogʻliq koʻp sheriklik maqsadli jamgʻarmalariga asosiy hissa qoʻshuvchi boʻlgan Germaniya Federativ Respublikasi hukumati Orolbo'yi mintaqasi uchun Trast jamg‘armasiga (hozirda BMT shafeligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik Trast jamg'armasi deb nomlanadi) 700 000 evro miqdorida hissa qoʻshdi.   

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi doktor Tilo Klinner shunday dedi: “Germaniya Federativ Respublikasi xalqi va hukumati Orol dengizi inqirozi bilan bog‘liq aholining eng dolzarb muammolarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy yordamni taklif qilishdan mamnun. Ushbu ustuvor yo‘nalishdagi yutuqlar nafaqat O‘zbekiston fuqarolari, ayniqsa, ayollar va bolalar, balki Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari fuqarolari uchun ham manfaatli bo‘ladi va haqiqatan ham jahon miqyosida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Orolbo‘yi mintaqasi uchun Trast jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘ Germaniyaning iqlim bilan bog‘liq inson xavfsizligiga tahdidlarga qaratilgan yangi tashqi iqlim siyosatiga misoldir”.

Rasm: © BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi

Infratuzilmani rivojlantirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va mintaqaviy hamkorlik orqali Orolbo‘yi mintaqasining ekologik jihatdan barqaror iqtisodiy rivojlanishi Germaniya Federativ Respublikasi hukumati Markaziy Osiyodagi iqlim o‘zgarishi ta’sirini bartaraf etish vositasi sifatida qo‘llab-quvvatlayotgan natijadir. Germaniya Orol dengizi inqirozi G‘arbiy O‘zbekiston uchun o‘tkir muammoga aylanganini, uning ekologik va insoniy salbiy oqibatlari milliy va mintaqaviy chegaralardan oshib ketganini tan oladi. Dengizning tobora qisqarishi uning atrofidagi mintaqaning atrof-muhitiga, iqtisodiyotiga va ekologiyasiga katta ta'sir ko'rsatdi.

Orolbo‘yi mintaqasi uchun Trast jamg‘armasiga qoʻshgan hissasi orqali Germaniya rivojlanish boʻyicha milliy va mahalliy hamkorlar, ishtirok etuvchi BMT tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, va akademik doiralarning saʼy-harakatlarini koʻpaytirdi, shu bilan birga Orolbo‘yi mintaqasi jamiyatlarida yashovchi insonlar hayotiga ijobiy oʻzgarishlar kiritishda davom etdi. Germaniyaning qo‘shma dasturlari va moliyaviy ko‘magi tufayli, mavjud hamkorlar bilan birgalikda, Orolbo‘yi mintaqasidagi rivojlanish manfaatdor tomonlari oziq-ovqat, iqtisodiy, ijtimoiy, atrof-muhit va sog‘liqni saqlash masalalarini “hech kimni ortda qoldirmaslik” yondashuvi – bolalar, yoshlar, ayollar va qariyalar kabi zaif guruhlarni qamrab olish orqali hal qilishlari mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Orolbo‘yi mintaqasining barqaror rivojlanishiga erishishda Germaniya Federativ Respublikasi hukumatining asosiy ko‘magini e’tirof etadi. BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinaatori vazifasini bajaruvchi Konsuelo Vidal xonim Germaniyaning saxovatli ishorasini olqishladi va shunday dedi: “BMTning O‘zbekistondagi jamoasi Germaniya Federativ Respublikasi hukumatiga doimiy hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi. O‘zbekistonda ish boshlagach, men iqlim bilan bog‘liq dasturlar orqali bu hissa qoraqalpog‘istonliklar uchun foydali bo‘lishini ta’minlashga intilaman. BMTning O‘zbekistondagi oilasi Trast jamg‘armasiga maqsadli hissa sifatida Germaniya qo‘llab-quvvatlashi O‘zbekiston, Norvegiya, Finlyandiya, Koreya Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hukumatlari, Al-Valid xayriya tashkilotlari va kelajakdagi yordam ko‘rsatuvchi hamkorlarning badallariga mos kelishini hamda Orol dengizi inqirozidan jabr ko'rgan insonlar manfaati uchun katta ta'sirga erishishga xizmat qilishini tan oladi”.

BMT shafeligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik Trast jamg'armasi 

2018 yilda BMT shafeligida tashkil etilgan Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik Trast jamg'armasi Orolbo‘yi mintaqasida istiqomat qiluvchi hamjamiyatlarning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hal qilishda milliy va xalqaro darajada hamkorlikni amalga oshirish va barqaror rivojlanish sohasida global maqsadlarga erishish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni tezlashtirish uchun yagona platformani taqdim etadi.

Veb-sayt: https://www.aral.mptf.uz/

 

Ma’lumot uchun:

 

Rushan Jill Mamiit

Rivojlanish bo'yicha hamkorlik va moliya bo'yicha mutaxassis

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori idorasi

mamiit@un.org

Tel: +99893 5017838

 

O'ktam Abdurahmonov

Texnik kotibiyat boshlig'i

BMT shafeligida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha Ko'p tomonlama sheriklik Trast jamg'armasi 

uktam.abddurakhmanov@undp.org

Tel: +99891 1639314 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

DVI
Doimiy Vakil Idorasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar