O'zbekiston hukumatining majburiy mehnatga barham berish borasidagi qarori bo'yicha Helena Freyzerning bayonoti
01 noyabr 2018
BMTning O'zbekistondagi oilasi Hukumatni milliy Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda qo'llab-quvvatlashga sodiq qolmoqda.
Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi doimiy vakili bugun Oqqo'rg'onda (Toshkent viloyati) olti kishiga nisbatan noo'rin qo’llangan rasmiy sanksiyalarning kelib chiqishiga oid ayblovlarni tekshirish va ko'rib chiqish bo'yicha O'zbekiston hukumati tomonidan ko'rilgan tezkor choralarni mamnuniyat bilan e’tirof etadi.
"Biz Bosh vazirning ushbu hodisani keskin qoralab, majburiy mehnatga qarshi kurash davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligini ta'kidlaganidan mamnunmiz", dedi Frayzer xonim.
"BMT Mamlakat jamoasi bu sohada erishilgan muhim yutuqlarni e'tirof etadi va Bosh vazir o'rinbosari Tanzila Norboyeva, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev va Xalqaro mehnat tashkilotining ish beruvchilar, kasaba uyushmalari, prokuratura, huquq himoyachilari va jurnalistlar bilan hamkorligini yuqori baholaydi. Keltirilgan hisobotlardan so'ng qisqa fursatda masalaga e’tibor qaratilgani ishonch telefonlari yaxshi ishlayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, bu O'zbekiston Konstitutsiyasining majburiy mehnatni taqiqlovchi 37-moddasi hamda O'zbekiston Mehnat kodeksining buzilishi oldini olish va bunga javob qaytarish uchun haqiqiy siyosiy iroda borligini tasdiqlaydi”, deya qo'shimcha qildi BMTning O’zbekistondagi doimiy vakili.
“XMT Prezident farmoni bilan amalga oshirilgan ushbu harakatni mamnuniyat bilan qabul qildi. Ushbu qaror mamlakat fuqarolariga bu kabi xatti-harakatlarga hech qachon yo'l qo'yilmasligi haqida muhim eslatma vazifasini o’taydi, deb ishonaman. Hech kim - martabasi va maqomidan qat'i nazar - qonundan ustun emas. O'zbekiston majburiy mehnatga barham berish qarorida qat’iy, XMT esa ushbu maqsadga erishishda mamlakat hukumatiga yordam berishga doim tayyor. So'nggi ikki yil ichida ulkan yutuqlarga guvoh bo'ldik. Endi hamma birlashadigan vaqt keldi", dedi XMTning O'zbekistondagi bosh texnik maslahatchisi Jonas Astrup.
BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi hukumatni 2017-2021 yillarda rivojlanishga mo'ljallangan Milliy harakatlar strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda qo'llab-quvvatlashga hamisha shay. Biz fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kafolatlash bo'yicha o'z majburiyatlarimizni bajarishni, shuningdek, qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirish va mehnat munosabatlarini tartibga solish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni dastaklashni maqsad qilganmiz.