Xalqaro inson huquqlari konferensiyasi - "Inson huquqlari sohasida taraqqiyotni baholaydigan qiyosiy ko'rsatkichlar: O'zbekistonning xalqaro amaliyoti va tajribasi"
BMTning O'zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi janob Sascha Graumanning inson huquqlari bo'yicha xalqaro konferensiyadagi bayonoti.
Hurmatli tashkilotchilar va ishtirokchilar!
Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi nomidan sizni inson huquqlari bo'yicha taraqqiyotni baholash mezonlari bo'yicha o’tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ko’rib turishdan mamnunman.
Kecha professor Saidov bilan birgalikda Yoshlar Parlamenti a’zolari bilan uchrashib, ularning huquqlari to’g’risida fikr almashdik.
Ta'kidlab o'tishim joizki, biz ular ko'targan masalalarning ahamiyati va saviyasidan quvondik va ayni damda hayratlandik. Ushbu yoshlar inson huquqlariga oid amalga oshirilayotgan ishlarning o’z hayotlari va tengdoshlari hayotiga qanday ta'sir qilishini juda yaxshi anglaydilar hamda jamiyatda ushbu qadriyatlarni keng tadbiq qilishga va hissa qo'shishga tayyor.
Ular uchun inson huquqlari masalasi juda dolzarbdir.
Qashqandaryolik Marjona uchun, masalan, maktabga bormaydigan lo'lilar yoki boshqa bolalar bilan darsga qatnashishi uchun maktabda pandus kerak bo'lgan nogironlar aravasidagi do'sti haqida qayg’urish muhim.
Bu bilan yoshlar inson huquqlari ular uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini va qanday qilib o'z huquqlarini talab qilishlari mumkinligini ko'rish mumkin.
Prezident BMT Bosh Assambleyasida aytganidek, agar biz yoshlarning jamiyat hayotiga ijobiy hissa qo'shishini va salbiy ta'sirlardan saqlanishini istasak, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishimiz lozim.
Shu asnoda, ushbu yoshlar bilan biz qanday qilib muloqotga kirishishimiz ularning mamlakatdagi davlat boshqaruv tizimiga bo'lgan ishonchini va ular uchun inson huquqlari institutlari qanchalik ahamiyatli bo'lishini belgilaydi.
Biz ushbu tadbirni O'zbekiston Milliy inson huquqlari markazi, Birlashgan millatlar tashkilotining inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari, BMT Taraqqiyot dasturining Istanbul mintaqaviy markazi, YXHTning O'zbekistondagi vakolatxonasi, Fridrix Ebert jamg'armasi va O'zbekistondagi Birlashgan millatlar tashkiloti jamoasi bilan hamkorlikda o'tkazishdan mamnunmiz.
2017-yil O'zbekiston uchun inson huquqlari sohasida muhim yil bo'ldi.
Prezident Mirziyoyev ushbu yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qildi hamda fevral oyida hukumat o'zining 5 yillik Harakatlar strategiyasini qabul qildi. Unda inson huquqlari masalasi ham o’z aksini topdi.
Bu yil, shuningdek, BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari va BMT Din va e'tiqod erkinligi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi O’zbekistonga tashrif buyurdi.
Birlashgan millatlar tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining O'zbekistondagi bir qator missiyalari hamda hukumat bilan inson huquqlari tashkilotlari, shu jumladan Human Rights Watch va milliy guruhlar o'rtasida kengaytirilgan muloqotlar bo'lib o'tdi.
BMT jamoasi ushbu uchrashuvlar ahamiyatini yuqori baholaydi.
Hukumatning inson huquqlari bo'yicha majburiyatlari O'zbekiston Prezidenti hamda Parlament tomonidan qabul qilingan bir qator harakat rejalarida o’z ifodasini topayotganidan ham mamnunmiz.
Ushbu majburiyatlarni hukumatning Harakatlar strategiyasiga va uning insonlarga yo'naltirilgan yondashuviga muvofiq amalga oshirish uchun inson huquqlari masalasi O'zbekiston fuqarolariga xizmat qiladigan har bir davlat xizmatchisi e’tibor markazida bo'lishi kerak.
Odamlar har kuni o'z huquq va erkinliklaridan foydalanishlari lozim.
Ushbu ajralmas va bo'linmas huquq va erkinliklar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotning barcha sohalarida ta’minlanishi, himoyalanishi va hurmat qilinishi lozim, chunki islohotlar davrida odatda tezkor o'zgarishlar yuz beradi.
Buni amalga oshirish uchun biz quyidagilarni ta'minlashimiz kerak bo'ladi:
- birinchidan, hech kim e’tibordan chetda qolmasligi va inson qadr-qimmati saqlanib qolishi uchun kuchli qonunlarga asoslangan davlat siyosatini ishlab chiqish;
- ikkinchidan, shaffof, o’zaro hamkorlikdagi muloqot usullaridan foydalangan holda dasturni amalda qo'llash;
- uchinchidan, islohotlar natijalarining odamlarga, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ta'sirini diqqat bilan kuzatib borish va baholash.
Bularning bari inson huquqlari va barcha sohalarda inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishini baholash uchun ko'p o'lchovli ko'rsatkichlar va ishonchli ma'lumotlarga ehtiyojni nazarda tutadi.
Ushbu ko'rsatkichlarni ishlab chiqish va tegishli ma'lumotlarni qo’lga kiritishni ta'minlash bugungi muloqotimizning asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Darhaqiqat, hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik va insoniyatning barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun yanada sifatli ma'lumotlar juda muhimdir.
Ayrim mahalliy va hududiy ma'lumotlarni o'z ichiga olgan statistika ma’lumotlari nafaqat milliy manfaatdor tomonlar, balki xalqaro tashkilotlar uchun ham tezkor o'zgarishlar davrida to'g'ri vazifalarni va zarur jihatlarni aniqlash uchun o'ta ahamiyatli.
Inson huquqlari ko'rsatkichlari, mezonlari va ma'lumotlariga ko'p qirrali e'tibor hukumatning Harakatlar strategiyasi, BMT va mamlakat o'rtasidagi yo'l xaritasi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari amalga oshishida beqiyos ahamiyatga ega.
Ishonamanki, ushbu konferensiya inson huquqlari va erkinliklarini yanada himoya qilish yo'lidagi uzoq, ammo hayajonli sayohatda boshlanish nuqtasi bo'lib xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, barchangizni yaqinlashib kelayotgan 10-dekabr Xalqaro inson huquqlari kuni bilan tabriklayman.
Kelajakda barchangizdan ushbu sohada qiziqarli g'oyalar, bahsli munozaralar va noan'anaviy yechimlarni kutib qolaman.
Rahmat.