Rehina Mariya Kastijio xonim - UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasining yangi rahbari
16 may 2024
Rehina Mariya Kastijio xonim Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi.
Rehina Mariya Kastijio xonim Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi.
Ushbu lavozimga tayinlanishdan avval Kastijio xonim UNICEFning Xorvatiya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari va UNICEFning Paragvaydagi vakolatxonasi rahbari lavozimlarida ishlagan.
2016 yilda UNICEF da mehnat faoliyationi boshlashdan oldin Kastijio xonim Boliviya, Ekvador va Perudagi UNAIDS direktori, Shveytsariyada UNAIDS xususiy sektor bilan hamkorlk bo‘limi rahbari va BMT Bosh kotibi Kofi Annan Ijroiya apparatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodimi bo‘lgan.
Kastijio xonim AQShning Vashington shtatidagi G‘arbiy Vashington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar bo‘yicha tahsil olgan, AQShning Indiana shtatidagi Notr-Dam universitetida davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistrlik darajasini olgan.
Rehina Mariya Kastijio xonim ispan, ingliz va frantsuz tillarida ravon so‘zlashadi. Oilali, ikki farzandi bor.