Press-reliz

FAO va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini monitoring qilish va tahlil qilish platformasini ishga tushirdi

19 dekabr 2022

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq–ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) oziq-ovqat narxlari ma'lumotlarini tarqatish va narxlarni monitoringini tahlil qilishni osonlashtirishga mo'ljallangan (FPMA) platformani ishga tushirdi.

 

 

FPMA platformasi katta hajmdagi narx bilan bo’lgan ma'lumotlarini oson olish imkonini beradi. Bu foydalanuvchilarga aniq bir mahsulot narxlarni tezda ko‘rib chiqish, mamlakatlar/bozorlar/tovarlar o‘rtasida taqqoslashlar o‘tkazish, grafikalar, ma'lumotlar va o‘rtacha ko‘rsatkichlar, standart og‘ishlar va foiz o‘zgarishlari kabi asosiy statistik ma'lumotlarni yuklab olish imkonini beradi.

Rasm: © Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq–ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)

Platformaning global versiyasi 2010 yilda ishlab chiqilgan. Global miqyosda oziq-ovqat narxlarini kuzatish va tahlil qilish platformasini ishlab chiqishda erishilgan yutuqlar va tajribalarga asoslanib, ushbu platforma O’zbekistonda foydalanishga moslashtirildi. TXVU vositani mamlakat darajasidagi "o‘z o‘rnida" muvaffaqiyatli o‘rnatishga erishgan FAOning birinchi hamkori bo‘ldi.

O‘zbekistondagi platforma uch tilda – o‘zbek, ingliz va rus tillarida mavjud. Bugungi kunda ushbu pltaforma 2019 yil yanvar' oyidan boshlab dehqon bozorlaridagi 77 ta oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu vosita TXVU Amaliy tadqiqotlar markazi (CPRO) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. CPRO O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi va boshqa vazirliklar va idoralar bilan ma'lumotlar bazasiga kirish huquqini olish bo‘yicha hamkorlik qiladi va, shu bilan birgalikda, Markaz mahalliy chakana bozordan ma'lumotlar yig‘ishni ham boshladi.

Shuningdek, ushbu platforma  O‘zbekiston hukumatiga 2020-2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda ham yordam beradi. Narxlar va bozor ma'lumotlari tizimlari qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun, ayniqsa, kichik yer egalari va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari uchun muhimdir. Ishonchli narx ma'lumotlari bozor shaffofligini, raqobatbardoshlikni oshiradi va asosiy bozor ishtirokchilari o‘rtasida daromadlar adolatli taqsimlanishini ta'minlaydi.

FPMAni ishga tushirishning maqsadi – uni milliy va xalqaro hamjamiyat va qaror qabul qiluvchilarga narxlar to‘g‘risida o‘z vaqtida va ishonchli ma'lumot berish uchun qimmatli ommaviy vositaga aylantirishdir. Narxlar to‘g‘risidagi ma'lumotlardan turli xil milliy institutlar, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar va ommaviy axborot vositalari foydalanishlari mumkin.

Vosita ushbu havola orqali mavjud: https://fpma.wiut.uz/

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar