Press-reliz

O’zbekistonda “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” qo‘shma kampaniya boshlandi

22 noyabr 2021

Turli manfaatdor tomonlar va ishtirokchilarni O‘zbekistonda barcha ko‘rinishdagi zo‘ravonliklarga barham berish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rishga undovchi “Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz”mavzusidagi 16 kunlik qo‘shma kampaniya  boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiya, BMT tizimi hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegasiyasi tomonidan tashkil qilingan mazkur tadbir joylardagi hududiy loyihalardan tortib media loyihalargacha bo‘lgan bir qator axborot kampaniyalarini amalga oshirish rejalashtirilgan Ushbu  tadbirda 100 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, milliy va xalqaro hamkorlar, diplomatik korpus vakillari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, yoshlar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.


Izoh: ‘The 16 Days of Activism against Gender-Based Violence’ Joint Campaign kicks off in Uzbekistan

2019 yil sentyabr' oyida O‘zbekistonda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar'-sentyabr' oylarida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 29 541 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonning gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi ko‘p tarmoqli chora-tadbirlarini kuchaytirish, jumladan, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar va uni boshidan kechirgan xotin-qizlarga reabilitasiya va moslashish markazlari hamda nodavlat shelterlar orqali xizmatlar ko‘rsatish borasidagi sa'y-harakatlarini muhokama qildilar.

Shuningdek, ishtirokchilar bu sohadagi muammo va imkoniyatlarni ta'kidlashlari barobarida, barcha manfaatdor tomonlar gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurashni kuchaytirish, zo‘ravonlikning oldini olish usullarini ta'minlash, barcha tegishli idoralar va faollarning salohiyatini oshirishni davom ettirish va xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish uchun qanday samarali hamkorlik qilishlari mumkinligi masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar gender asosidagi zo‘ravonlikka nisbatan munosabatni o‘zgartirish va bu boradagi mavjud stereotiplarini bartaraf qilishda ommaviy axborot vositalarining roliga urg‘u berdilar.

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik inson huquqlarining jiddiy buzilishi hisoblanadi. Zo‘ravonlik oqibatlari xotin-qizlar uchun jiddiy jismoniy, jinsiy va ruhiy oqibatlarga olib keladi. Bu ayollarning umumiy farovonligi, salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatib, xotin-qizlarning jamiyat hayotida to‘liq ishtirok etishiga to‘sqinlik qilibgina qolmay, oilalar, jamiyat va butun mamlakatga jiddiy zarar yetkazadi.

“Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” mavzusidagi kampaniya 1991 yildan beri har yili o‘tkaziladigan xalqaro tadbirdir. Bu kampaniya 25 noyabr' – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kunidan boshlanib, 10 dekabr' – Inson huquqlari kuniga qadar davom etadi. Bundan maqsad esa, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik butun dunyo bo‘ylab inson huquqlarining eng keng tarqalgan buzilishi ekanligini yana bir bor eslashdir. Bu yil bu kampaniya tashkil qilinganligiga 30 yil to‘ladi.

 

Anvar Meliboev

Anvar Meliboev

UNIC
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha milliy maslahatchi

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

MBXT
Migratsiya Bo'yicha Xalqaro Tashkilot
BMTIQOKB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari Boʻyicha Oliy Rkomissari Boshqarmasi
BMTOITS
Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV / OITS Bo'yicha Qo'shma Dasturi
BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi
UNESCO
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, Fan va Madaniyat Masalalari Bo'yicha Tashkiloti
BMTAJ
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik Bo`yicha Jamg`armasi
UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi
JSST
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar