Yevropa Ittifoqi va UNESCO O'zbekistonda qishloq xo'jaligini rivojlantirish maqsadida 2021 yil uchun yo'l xaritasini taqdim etdi
24 fevral 2021
- 2021 yil 23-fevralda Toshkentda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va UNESCO tomonidan amalga oshiriladigan "O'zbekistonning qishloq joylarida bandlik ko'nikmalarini rivojlantirish" loyihasining Boshqaruv qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Tadbir Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyasi, Birlashgan millatlar tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat tashkiloti (UNESCO), Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan tashkil etildi.
Loyihaning faoliyati O'zbekistonning to'rtta viloyatida (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari) qishloq xo'jaligi va sug'orish sohalarida malaka oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
UNESCOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari janob Yan Hladik o'zining tabrik nutqida Boshqaruv qo'mitasi loyihaning yuqori darajadagi boshqaruv organi ekanligini, asosiy dastur va strategiya bo'yicha ko'rsatmalar berib, barcha milliy manfaatdor tomonlarning qat'iyatliligi va ishtirokini ta'minlashini qayd etdi. Boshqaruv qo'mitasi – bu loyihaning asosiy muvaffaqiyat omili va milliy mulkchilikning asosiy mexanizmidir.
Boshqaruv qo'mitasi ishtirokchilari quyidagilarga to'xtalib o'tdilar:
- Rejaga ko'ra resurslarni samarali taqsimlash va ulardan foydalanish maqsadida byudjet muvofiqligini ta'minlash;
- Harakatlar to'g'risidagi hisobotlarni, shuningdek boshqa baholash hisobotlarini ko'rib chiqish va Kotibiyatga ko'rsatmalar berish;
- Milliy siyosiy muloqotda asosiy rol o‘ynash, loyiha tomonidan aniqlangan va taklif qilingan strategik va siyosiy o'zgarishlarga ochiq majburiyatni olish;
- Loyihani amalga oshirish siyosatini muhokama qilish;
- Manfaatdor tomonlarning ishtirokini ta'minlash va boshqa tashabbuslar bilan loyihalarni muvofiqlashtirish va sinergiyani rag'batlantirish.
Qishloq xo'jaligida kasb-hunar ta'limi va o'qitish tizimini isloh qilishda donor tashkilotlarning tajribasi va texnik ko'magi juda foydali bo'lgan muhim o'lchovdir. Ushbu qo'shma dastur 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi ustuvor yo'nalishlariga, shuningdek, "Sifatli ta'lim", "Gender tengligiga erishish va barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish" kabi Barqaror rivojlanish maqsadlariga, munosib mehnat va iqtisodiy o'sish g‘oyasiga muvofiqlashtirilgan.
O'ylaymanki, sohada bandlik ko'nikmalarini oshirish borasidagi kuchli jihatlarni birlashtirgan Yevropa Ittifoqi va UNESCOning ushbu yangi dasturi, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi sabab bo'lgan bu qiyin paytlarda islohotlarni amalga oshirishga yordam beradi. Umid qilamizki, dastur, shuningdek, modernizatsiya qilingan qishloq xo'jaligida kasb-hunar ta'limi va o'qitish tizimining sifati va samaradorligini oshirishga hamda O'zbekiston hukumati tomonidan ta'lim sohasida boshlangan islohotlarga hissa qo'shadi”, - dedi Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyasi Hamkorlik departamenti boshlig'i Fransua Bejo.
Loyiha haqida
"O'zbekiston qishloqlarida ko'nikmalarni rivojlantirish" loyihasi ish o‘rinlarini yaxshilash orqali qishloqlarda turmush darajasini oshirishga qaratilgan. Maqsad - O'zbekistonda ayollar va erkaklarni qishloq xo'jaligi sohasini barqaror, diversifikatsiyalashgan va modernizatsiya qilish uchun tegishli ko'nikmalar bilan ta'minlash. Kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat: 1) kasb-hunar ta'limi siyosatini amalga oshirish, qishloq xo'jaligi va sug'orish tarmoqlarining rivojlanishiga moslashtirilgan mustahkam boshqaruv choralarini yaratish; 2) mehnat bozori, qishloq xo'jaligi sohasidagi ayollar va erkaklar, talabalar ehtiyojlarini qondirish uchun kasb-hunar ta'limi malakasi va metodologiyasini modernizatsiya qilish; 3) zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar va o'qitish usullaridan foydalana oladigan, malakali boshqaruv va o'qituvchilar tarkibiga ega samarali kasb-hunar kollejlarini yaratish.
UNESCO haqida
UNESCO 1945 yil 16-noyabrda Birlashgan millatlar tashkilotining ixtisoslashgan agentligi sifatida tashkil etilgan. U ta'lim, fan, madaniyat, aloqa va axborot orqali tinchlik o'rnatish, qashshoqlikni yo'q qilish, barqaror rivojlanish va madaniyatlararo muloqotga hissa qo'shadi. Uning O'zbekistondagi faoliyati UNESCOning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan UNESCO shtab-kvartirasi, Bangkok, Jakarta va Olmaotadagi mintaqaviy vakolatxonalari va O'zbekiston Respublikasining UNESCO bo'yicha milliy komissiyasi bilan yaqin hamkorlikda rejalashtiriladi va boshqariladi.
Yevropa Ittifoqi haqida
27 a'zo davlatdan tashkil topgan Yevropa Ittifoqi dunyodagi eng katta donor hisoblanadi. O'zbekiston undan 2014-2020 yillarda loyihalar uchun 168 million yevrolik ikki tomonlama yordam olmoqda. O'zbekiston, shuningdek, chegaralar dahlsizligini ta'minlash va giyohvand moddalar savdosiga barham berish, ta'lim, demokratiya va inson huquqlari, energetika, transport, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, tinchlik va barqarorlik, suv/atrof-muhit va yadro xavfsizligi kabi sohalarda mintaqaviy yordam oladi. Yevropa Ittifoqi O'zbekistonda 1996 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va har yili rivojlanish uchun 24 million yevroga yaqin mablag' ajratadi.