Press-reliz

FAO Buxoro viloyati aholisiga 20 ta kichik issiqxonani beg‘araz taqdim etdi

15 yanvar 2021

  • Buxoro tumanidagi tomorqa yer egalariga beg‘araz yordam sifatida 20 ta yangi issiqxonani topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Yordam O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan yaqindan hamkorlikda amalga oshirilayotgan FAO va Global ekologik jamg‘armasining «Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish» loyihasining global koronavirus inqiroziga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy choralar doirasida amalga oshirildi.

– Maqsadimiz qishloq aholisi daromadini oshirish. Issiqxonadan samarali foydalansa yiliga 10 dan 30 million so‘mgacha foyda olish mumkin. Hozir esa issiqxonalarda to‘g‘ri ishlarni yo‘lga qo‘yish kerak. Shuning uchun biz barcha issiqxona egalariga tashrif buyurdik va ularga sabzavot ekinlarini ekish bo‘yicha tavsiyalar berdik, - deydi qurg‘oqchilik xavfini boshqarish bo‘yicha FAO mutaxassisi Aziz Nurbekov.

Rasm: © FAO in Uzbekistan

– Imkoniyat uchun FAOdan minnatdorman. Ushbu issiqxona qurilishi tufayli men va oilam ish bilan ta'minlandi. Hozir rejalarimiz ko‘p. Sarimsoq, ismaloq, ukrop, kashnich, turp va yashil piyoz ekdik. Birinchi hosilni mart oyining o‘rtalarida o‘rib-yig‘ib olishni rejalashtirganmiz. Keyin daromad qilib, xo‘jalikni kengaytirish, qo‘shimcha issiqxona quramiz, - deydi Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi Sanjar Raximov.

2020 yilda karantin davrida ma'lum qiyinchiliklarga duch kelgan qishloq aholisini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 31 ta suv nasoslari, 10 ta moto-kultivator, shuningdek 30 ming dona pomidor, bodring, baqlajon, qalampir ko‘chatlari va 11 ton mineral o‘g‘itni Buxoro viloyatining Buxoro tumani hamda Qashqadaryo viloyatining aholisiga yetkazib berildi.

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti

Ushbu tashabbusda ishtirok etadigan boshqa tashkilotlar

GEF
Global Environmental Facility

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar