Press-reliz

Markaziy Osiyo Qishloq xo'jaligi vazirlarining ikkinchi yig'ilishi

08 dekabr 2020

  • Markaziy Osiyo davlatlari Qishloq xo'jaligi vazirlarining ikkinchi yig'ilishi virtual formatda bo'lib o'tdi, unda raqamli qishloq xo'jaligining muammolari va imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) va Qozog'iston Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan tashkil etildi hamda unda BMT agentliklari va xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuv Markaziy Osiyodagi BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotiga a'zo davlatlarga "raqamli qishloq xo'jaligi" atamasi to'g'risida umumiy tushuncha berish, qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun strategiya ishlab chiqish hamda uni amalga oshirishda ko'maklashishga qaratildi. Shuningdek, qisqa muddatda raqamli texnologiyalarning innovatsion ilovalarini ishlab chiqish mumkin bo'lgan sohalarni aniqlash ham yig‘ilish maqsadlaridan birini tashkil etdi.

 

Rasm: © FAO Uzbekistan

O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xo'jayev o'z nutqida Qishloq xo'jaligi vazirligiraqamlashtirishning umumiy darajasini oshirish uchun yaxlit axborot tizimini yaratish ustidaish olib borayotganini hamda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlabchiqaruvchilarining raqamli texnologiyalarni joriy etish bo'yicha tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratayotganini ta'kidladi.

"Qishloq xo'jaligi sektorining rasmiy regulyatori sifatida bizning vazifamiz - tadbirkorliksubyektlarini raqamli formatga o'tishning muqarrar holatiga tayyorlashdir. Muhim vazifalardanyana biri agro markazlar va qishloq xo'jaligi bilimlarini tarqatish bo'yicha mintaqaviy tarmoqniyaratishdir. Ular axborot texnologiyalari orqali umumiy kompleksga birlashtiriladi", - dediJamshid Xo'jayev.

Shuningdek, O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vaziri BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti(FAO) ning butun jamoasiga oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi bo'yicha Xalqaro raqamlikengashni yaratish konsepsiyasini ishlab chiqqani uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi. Vazirning so'zlariga ko'ra, maksimal samaraga erishish uchun ushbu kengash o'z faoliyatinizamonaviy raqamli texnologiyalarni rivojlanayotgan mamlakatlar va kam daromadlifermerlarga keng tarqatishga qaratishi lozim.

COVID-19 inqirozi shuni ko'rsatdiki, hukumatlar va xususiy sektor inqirozdan chiqish yo'llarinitopish uchun mavjud texnologiyalar tarmog'ini kengaytirish va uni amalga oshirishimkoniyatiga ega. Mobil pul va elektron to'lovlar, elektron tijorat va axborot-maslahatxizmatlari kabi raqamli yechimlar agro va oziq-ovqat tizimining mustahkamligini hamdafermerlarga hayotiy yordam xizmatlari ko'rsatishni kuchaytirishi mumkin.

"Kelgusi 20 yil ichida qishloq xo'jaligi axborot texnologiyalarini barqaror ravishda faol qabulqiladi. Raqamli texnologiyalar yordamida qo'llab-quvvatlanadigan qishloq xo'jaligi nafaqatiqtisodiyot tiklanishiga, balki uning sifatini o'zgartirishga, ayniqsa, kichik fermer xo'jaliklari vaqishloq uy xo'jaliklariga ko'mak beradi. Bugungi uchrashuv Markaziy Osiyo qishloq xo'jaligiyetakchilari ishtirokidagi ikkinchi shunday tadbirdir hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligitashkiloti (FAO) bu uchrashuvlarning har ikkalasiga ham ko'maklasha olganidan mamnun. Biz ushbu yig'ilishni Markaziy Osiyoda qishloq xo'jaligining dinamik kelajaginishakllantiradigan juda muhim muloqot deb bilamiz", - dedi BMT Oziq-ovqat va qishloqxo'jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori yordamchisi va mintaqaviy vakili Vladimir Rahmanin.

Virtual uchrashuv ishtirokchi mamlakatlarga o'z yondashuvlari va tajribalari bilano'rtoqlashish, og'ir sharoitlarga qaramay raqamli qishloq xo'jaligiga alohida e’tiborberayotganliklarini tasdiqlash va uzoq muddatli qo'shma loyihalar uchun asos yaratishimkonini berdi.

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar