Press-reliz

BMT Qochoqlar bo'yicha tashkiloti dunyo davlatlarini 2024 ga qadar fuqaroligi yo'qlik muammosiga barham berishga chaqirmoqda

11 noyabr 2020

  • Birlashgan millatlar tashkilotining Qochoqlar bo'yicha Oliy Komissari Filippo Grandining so'zlariga ko'ra, COVID-19 dunyo bo'ylab fuqaroligi bo'lmagan millionlab odamlarning ahvolini yomonlashtirmoqda.

Tashkilotning 2024 yilga qadar fuqaroligi yo'qlikka barham berishga qaratilgan #IBelong kampaniyasi olti yilligini nishonlash doirasida, Grandi dunyo davlatlari rahbarlarini fuqaroligi yo'q shaxslarga fuqarolik berish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda bu muammoni hal qilishda dadil va tezkor harakatlarni amalga oshirishga chaqirdi.

Rasm: © UNHCR Office for Central Asia

"COVID-19 pandemiyasi fuqaroligi yo'qlik muammosini hal qilish naqadar zarur ekanligini yana bir bor ko’rsatib berdi. Pandemiya fuqaroligi bo'lganlar yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, deb ajratib o'tirmaydi. Odamlarning fuqaroliksiz qolishi va jamiyatda uchinchi shaxs sifatida ko’rilishi hech bir davlat yoki jamiyatga naf keltirmaydi", dedi Grandi.

"XXI asrda inson qadrini tushiradigan ushbu muammoni hal etish uchun harakatlarimizni ikki baravar oshirishimiz kerak".

Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston) fuqaroligi yo'qlikka barham berish borasida sezilarli yutuqlarga erishdi, 2014-2019 yillarda fuqaroligi bo'lmaganlik bilan bog'liq 78 mingdan ortiq holatlar ijobiy hal etildi. 2020 yilda O'zbekiston "Fuqarolik to'g'risida" gi qonunni qabul qildi, undan 50 mingdan ortiq fuqaroligi bo'lmagan shaxs foyda ko’rishi va fuqaroligi tan olinishi mumkin. 2020 yil 1 apreldan kuchga kirgan yangi qoidalarga ko’ra, 1995 yil 1 yanvargacha O'zbekistonda doimiy yashash huquqini olgan, ro'yxatdan o'tgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga fuqarolik beriladi.

Ko'plab qonuniy huquqlarga ega bo'lmagan va ko'pincha zarur xizmatlardan foydalana olmaydigan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar siyosiy va iqtisodiy jihatdan kamsitilish, ekspluatatsiya qilinish holatlariga duchor bo'ladilar. Ko'pgina mamlakatlarda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, shu jumladan qochoqlar, kasallik xavfini oshirishi mumkin bo'lgan past standart va sanitariya sharoitida yashaydilar.

Fuqaroligi bo'lmagan shaxslar davlatlarning aholisi sifatida ro'yxatga olinmaganidan ularning soni haqida aniq ma’lumot berishning imkoni bo’lmasada, BMT Qochoqlar bo'yicha tashkiloti ularning sonini dunyo bo'ylab tahminan 4.2 million atrofida deydi. Aslida esa bu raqam aytilganidan anchagina ko'p bo'lish ehtimoli yuqori.

Fuqaroligi yo'qlikka barham berishga qaratilgan #IBelong kampaniyasi 2014 yilda boshlangandan buyon sezilarli darajada katta yutuqlarga erishgan bo'lsada, koronavirus pandemiyasi fuqaroligi yo'q shaxslarning ahvolini yana og’irlashtirdi.

"Ko'plab fuqaroligi bo'lmagan shaxslar barcha uchun zarur sog'liqni saqlash va ijtimoiy ko'mak xizmatlaridan foydalana olmaydilar. Ushbu pandemiya qarshisida ham ular yana bir karra og'ir sinovga duchor bo'lishmoqda”, dedi Grandi.

Ayrim davlatlar, shunga qaramasdan, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni ham o'zlarining COVID-19 ga qarshi kurash dasturlariga kiritib, ularga test topshirish, da’volanish, oziq-ovqat, kiyim-kechak va niqoblar bilan ta’minlanish sharoitini yaratmoqda. Ba’zi mamlakatlar esa tug'ilishni ro'yxatga olish va boshqa zaruriy hujjatlarni qo'lga kiritishni osonlashtirish orqali pandemiya sharoitida ham odamlarning og'irini yengil qilishga, fuqaroligi yo’qlik bilan bog’liq holatlarni kamaytirishga unirmoqda.

"Fuqaroligi bo'lmaslikka barham berish – bu osongina hal etilishi mumkin bo'lgan masala aslida. Buning uchun shunchaki odamlarning hayotini yaxshi tomonga o'zgartirishga xohish va siyosiy iroda kerak. Joriy pandemiya sharoitida ularning ahvolini yaxshilashga bee’tibor bo’lish esa vaziyatni yanada og'irlashtiradi", deya ta’kidladi Grandi.

"Odamlarni muhofaza qilish va hayotini asrash uchun biz dunyo davlatlarini fuqaroligi yo'qlik muammosiga barham berishga, hech kimni jamiyatdan ajratib qo’ymaslikka chaqiramiz," qo’shimcha qildi u.

 

Yelena Sim

Yelena Sim

BMTQOK
Tashqi Aloqalar bo'yicha yordamchi

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

BMTQOK
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar Bo'yicha Oliy Komissari

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar